Kafedrasi anvarova dildora anvarovna


Fu­qarolik jamiyati ins­titutlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə119/126
tarix19.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#186136
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126
portal.guldu.uz-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi

Fu­qarolik jamiyati ins­titutlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin:
1. Iqtisodiy sohadagi manfaat­larni qanoatlan­tiruvchi tuzilma­lar: xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari; ijara asosida ishlovchi ja­moalar; hissadorlik jamiyatlari; moliyaviy jamg’arma hamda uyushmalar; ishlab chiqarish korporatsiya, kontsernlari va birlashmalari; tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va boshqalar.
2. Ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar: oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar; ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari); jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari; mustaqil OAV; diniy tashkilotlar; milliy-madaniy markazlar; ixtiyoriy ko’ngilli jamiyatlar; jamoatchilik fikrini aniqlash va o’rganish institutlari; turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va boshqalar.
3. Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar: siyosiy partiyalar; ijtimoiy-siyosiy harakatlar; siyosiy muxolifatning mavjudligi; inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va boshqalar.
O’z navbatida fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakat hayotidagi o’rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • aholini turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadi;

  • fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkam­lashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlarning ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim omil sanaladi;

  • ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning asosiy vositasi hisoblanadi;

  • milliy o’zlikni anglashda, jamiyat a’zolarining siyosiy-huquqiy madaniyati va milliy dunyoqarashini yuksaltirishda, milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishda ularning imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi;

  • butun jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hayotga tadbiq etishda ular davlatning teng huquqli ijtimoiy hamkori hisoblanadi;

  • nodavlat notijorat tashkilotlarning rivojlangan tizimi jamiyatda manfaatlar uyg’unligini qaror toptiradi va mustahkamlaydi.




Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin