Kafedrasi fanidan kurs ishi mavzu: Korxonalarda valyuta mablag‘lari tahlili



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/19
tarix19.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#100659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kafedrasi fanidan kurs ishi mavzu Korxonalarda valyuta mablag‘l

2. KORXONALARDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI

Har qanday korxonalarda takror ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnik asosi asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Yangi tashkil qilingan korxonalarda asosiy fondlarning shakllantirilishi nizom kapitalining bir qismi hisoblanuvchi asosiy vositalar hisobiga amalga oshiriladi. Asosiy fondlarni jalb qilish va korxonalar balansiga qabul qilish vaqtida asosiy vositalarning miqdori miqdor jihatidan asosiy fondlarning qiymatiga yuqori keladi. Keyinchalik asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi natijasida ularning qiymati 2 ga ajratiladi: bir qismi eskirishga teng bo’ladi, ikkinchi qismi amaldagi asosiy fondlarning qoldiq qiymatiga teng bo’ladi


Mahsulot ishlab chiqarish natijasida asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot realizatsiyasi natijasida tushadigan pul tushumlari taqsimlanishi jarayonidagi maxsus amortizatsiya fondlarida pul shaklida jamgarilib boradi. Mazkur fond har yillik amortizatsiya ajratmalari shaklida jamgarilib boradi va oddiy va qisman kengaytirilgan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishda foydalaniladi. Amortizatsiya ajratmalarini asosiy fondlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga yo’naltirilishi uni hisoblash va sarflanish xususiyatlariga bog’liqdir. Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondalring meyordagi xizmat muddatlari mobaynida ajratiladi va uning sarflanish zarurati asosiy fondlar chiqarib tashlangandan so’ng amalga oshiriladi. Shuning uchun chiqarib tashlanishi lozim bulgan asosiy fondlarni almashtirgunga qadar hisoblangan amortizatsiya vaqtincha bo’sh mablag’ hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda foydalanib turish mumkin bo’ladi.
Korxonada amortizatsiya hisoblash mexanizmi vositasida amortiatsiya siyosati amalga oshiriladi. Xo’jalik amaliyotida amortizatsiya fondini hisoblashning: chiziqli, regressiv va tezlashtirilgan turlari mavjuddir. Bunda amortizatsiya meyori asosiy fondlarning balans qiymatiga foizlarda yoki ishlab chiqilgan mahsulotning birligiga qat’iy summalarda o’rnatiladi.
Tezlashtirilgan amortizatsiqya vositasida korxona asosiy fondlarining doiraviy aylanishi tezlashtiriladi. Bu holat raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy tovarlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy fondlarni moliyaviy boshqarishda ularning takror ishlab chiqarishdagi doiraviy aylanishi jarayonida qiymatini shakllantirish mexanizmiga asoslanadi. Chunki hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi orqali aasosiy fondlarni to’liq qayta tiklanishiga olib keladi. U kapital quyilmalar orqali amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning moliyaviy ta’minoti amortizatsiya fondi, ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, o’z va jalb qilingan moliyaviy resurslar hisobiga moliyalashtirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy fondlarni jalb qilish va qayta qurollantirish uchun zaruriy moliyaviy resurslar investitsiyalar shaklida jalb qilinmoqda.
Albatta yangi asosiy fondlarni jalb qilish bo’yicha investitsion loyihalar kutiladigan daromadlarning prognoz ko’rsatkichlari asosida samarali yo’nalishlari vositasida aniqlanadi. Amaliyotda investitsion loyihalarda kutiladigan daromadlarni prognozlashtirish vak ularning samaradorligini aniqlashning qator usullari mavjuddir.
Quyidagi 1-jadvalda MCHJ “Mebel-servis”da moliyaviy resurslarning shakllanishi va ularning taqsimlanishining 2015 -2016 yillar holati keltirilgan. Ushbu jadval ma’lumotlariga ko’ra MCHJ moliyaviy resurslari 2016 yilda 484,4 milliard so’mga shakllangan bo’lib, bu miqdor 2015 yilga nisbatan 118,8 milliard so’mga oshgan. 2016 yilda moliyaviy resurslarning 1%i, ya’ni 4,9 mlrd.so’m ustav kapitali, 0,1 %i, ya’ni 430 mln. so’m qo’shilgan kapital, 53,8%i, ya’ni 260,4 mlrd. so’m rezerv kapitali, 41,7%i, ya’ni 201,9 mlrd. so’m taqsimlanmagan foyda, 3,5%i, ya’ni 16,8 mlrd. so’m jami joriy majburiyatlar hisobiga shakllangan. 2015 yilda moliyaviy resurslarning 1,3%i, ya’ni 4,9mlrd so’m ustav kapitali, 0,1 %i,
ya’ni 430 mln. so’m qo’shilgan kapital, 71,1%i, ya’ni 260,1 mlrd. so’m rezerv kapitali, 25,3%i, ya’ni 92,5 mlrd. so’m taqsimlanmagan foyda, 2,1%i, ya’ni 7,7 mlrd. so’m jami joriy majburiyatlar hisobiga shakllangan.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin