Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’at namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu ma’noda Respublikamiz hukumati tomonidan xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish maqsadida 1997 yili "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur" qabul qilindi. Unda "O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosatini, umuminsoniy qadriyatlar, xalqning tarixiy tajribasi, madaniyat va fan borasidagi ko‘p asrlik an’analar, jamiyatning istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda yurgiziladi" deyilgan.
Ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirish so‘zsiz uning sifati va samaradorligini oshirishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida, mamlakatimizni kelgusi besh yillikda rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini va umumta’lim tarbiya tizimini taraqqiy ettirsh borasida ham kompleks chora tadbirlar belgilangan. Bu chora tadbirlarni amalga oshirish borasida umumta’lim maktablari tasviriy san’at darslarida ulkamda navro‘z mavzusida kompozitsiya ishlash jarayonida o‘quvchilarni stilizassiya ko‘nikmasini rivojlantirish masalalari dolzarb muammolardan biri bo‘lib xisoblanadi. Ushbu masalalarni bartaraf etish uchun rejalashtirilgan barcha vazifalarni to‘la-to‘kis amalga oirish hamda xayotda samara berishi uchun albatta o‘quvchilarning badiiy ijodiy faoliyatini takomillashtirsh va estetik didini shakillantirish hamda yuksak ma’navitga ega bo‘lishida, tasviriy san’at darslari dekorativ natyurmort ishlash jarayonida o‘quvchilarni stilizassiya ko‘nikmasi ruyobga chiqadi.
"O‘zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha xarakatlar Strategiyasi to‘g‘risida", O‘zbskiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni.
Mavjud ta’lim–tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash - O”zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyagaetkazish to‘g‘risidagi farmoni va "Ta’lim to‘g‘risida" gi qonun va kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturning negizini tashkil qiladi.
Bu dolzarb vazifalar prezidentimiz vaxukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib, boshqa farmon va qarorlarda ham o‘z aksini topmoqda. Go‘zallikni his qilaolishni rivojlantirish, yuqori estetik didni shakllantirish, san’at asarlarini, tarixiy va me’morlik yodgorliklarini, ona tabiat go‘zalliklarini, boyligini tushunish va kadrlarni shakllantirish maqsadida har bir o‘quv fani imkoniyatidan, ayniqsa bilim doirasini kengaytirish uchun xizmat qiladigan va katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan adabiyot, musiqa. tasviriy san’at, estetika kabi fanlaridan umumiy foydalanish kerak.
Badiiy bezak ishlari fani tasviriy san’at, chizmachilik va amaliy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Badiiy bezak ishlari predmeti estetik didni shakllantiradi, san’at asarlarini tushunish va qadriga yetishni o‘rgatadi, mehnatga hurmat va muhabbatni tarbiyalaydi, mehnat ko‘nikmalarini egallashda yordam beradi. hozir badiiy bezak ishlariga, umuman ommaviy ko‘rgazmali axborat vositalariga mehnatkashlarni. Shu sababli mamlakatimizdagi korxona va muassasalarda, xususiy korxona, jamoa xo‘jaliklari, oliy o‘quv yurtlari va umumiy ta’lim maktablarida shakli hamda mazmuni jihatdan xilma–xil plakatlar, stendlar, devoriy gazetalar va hokazolarni ko‘rish mumkin. Ayni paytda bularning sifatiga qo‘yilayotgan talablar ham ortib borayotir. Bu talablar badiiy bezash ishlariga bevosita daxldor kishilarni mazkur ishlarning ta’sirchanligini oshiradigan yangi vositalarni, yangi kompozitsion yechimlarni topishga dav’at etmoqda. Ana shu boradagi ishlanishlar hozircha ma’lum bo‘lgan va badiiy bezash ishlarida muvaffaqiyatli qo‘llanayotgan nazariy asoslarni takomillashtirishda, yangi vositalardan oqilona foydalanishda o‘z aksini topmoqda.