"Alla prima" rangtasviri "Alla prima" tushunchasi lotin tilidagi "alla prima vizta" so`zidan olingan bo`lib, "bir qarashda" ma’nosini beradi va pastasimon bo`yoq bilan qisqa vaqtda ishlashni bildiradi. Bunda kartina bir seansdayoq tayyor bo`ladi. Buning uchun rassomning o`ziga ishonchi kuchli va bo`yoqlar bilan ishlashda tajriba bo`lishi kerak. Bo`yoqlar asosan palitrada aralashtiriladi, bunda yorqin va toza ranglarni topish mumkin.
Bu plener sharoitida ishlash uchun juda qulay uslub. Bo`yoqlar qattiq mo`yli mo`yqalamlar bilan qo`yiladi. Polotna sifatida ko`pol to`qilgan xolst yoki kartondan ham foydalanish mumkin.
"Alla prima" uslubida tipik kompaktli va relefsimon tarkibni yaratish mumkin. Uni chetlari yoki konturlarini bemalol sidirib olib, tekislash va qo`shib yuborish mumkin. Buning uchun sigir kilidan yasalgan quruq va yumshoq mo`yqalamlardan foydalanish mumkin.
Rang va konturlarning chetlarini shunday qilib yumshoq va yengil kirishib ketuvchi qilish mumkin. Bu usul shuningdek "sfumato" (yoyilgan kontur) deb yuritiladi.
Shpatel bilan ishlash texnikasi Shpatel bilan ishlash texnikasi "alla prima" rangtasvirining bir varianti hisoblanadi. Oldin monoxrom ranglar bilan kartinaning asosiy strukturasi qo`yiladi, keyin esa elastik mastixin yordamida pasta usuli bilan rang qo`yiladi. Oq releflardan farqli ravishda bu yerga bir oz qurigan yuzaga yorug`lik bliki qo`yiladi.
Shaffof, lessirovkalik xususiyatiga ega bo`lgan bo`yoqlar Ba’zi bo`yoqlar shaffof bo`yoqlar hisoblanadi. Bo`larga ulramarin, karmin-qizil, yorqin-yashil, asfalt va xakozolar kiradi. Bu bo`yoqlar yorug`likni o`tkazib yuboradi. Shuningdek ularni lessirovka bo`yoqlar va shaffofligiga qarab esa yarim lessirovkalik yoki yarim qoplovchi bo`yoqlar deyiladi.
Qoplovchi va yarim qoplovchi bo`yoqlarning texnik va rangtasvir imkoniyatlari ham shaffoflikni bera oladi.
1:1 yoki 1:2 miqdorda moy bo`yoqlarni yarim moyli eritgichlar bilan eritish. Bu bo`yoqlarni juda kam miqdorda va juda yupka qatlamda shaffof qilib berishga imkoniyat yaratadi.
Shaffof pastani moy bo`yoq ka aralashtirish.
Unda qo`shilgan massa bo`yoq hajmidan oshib ketmasligi kerak, chunki bunda bo`yoq qatlamning bog`lovchilik xususiyati pasayadi. Shaffof moy bo`yoqlar sigir kilidan tayyorlangan yumshoq mo`yqalamlar bilan qo`yiladi. Shunda "alla prima" rangtasvir texnikasiga o`xshash ko`pol tarkib paydo bo`lmaydi.
Shaffof bo`yoqlar bilan ishlangan kartina, lessirovka texnikasida bajarilgan ish hisoblanadi.