Bo`yoqlarning xiralashishi Bo`yoqlarning xiralashishi bo`yoq qatlamidagi o`zgarishlarga bog`liq bo`lib, unda rangtasvir o`z jilvasini yuqotib, xiralashib, qorayib qoladi.
Buning sababi-pigmentning o`z bog`lovchisini yo`qotganligidadir xiralashishiga quyidagilar ham sabab bo`ladi:
Gruntning moyli bog`lovchini surib ketishi;
Qattiq qurigan grunt yoki makro va mikroyoriqlar;
Bo`yoqni hali kurimagan qatlamga qo`yilishidan;
Bog`lovchida mum yoki suyultirgichning ko`pligidan;
Bo`yoqlarda moylarning kamligidan;
Rangtasvirning sekin qurishidan;
Moy va pigment orasidan bog`liqlikning yo`qligidan;
Xiralanishning oldini olish uchun bo`yoqni to`liq qurigan bo`yoq qatlamini ustiga qo`yish tavsiya qilinadi.Quruq bo`yoq qatlamini "Retush" laki bilan qayta ishlash yoki №1 va №2 moylarni qo`shish va suyultirgichni kamroq ishlatish kerak.Xiralashishning oldini olish uchun rangtasvirni №1 va №2 moy bilan, keyin retush lak bilan artish lozim.
Bo`yoqlarning sargayishi Kartinada bo`yoqlarning sargayishi yoki qorayishi bo`yoq qatlamidagi fizik-ximik o`zgarishlarga bog`liq bo`ladi.
Sargayish yoki qorayishning sababi:
Smolalangan pinenni qo`llaganda;bo`yoqda moyning ko`pligidan;moyli kopal lakini ko`p miqdorda qo`llashdan;o`zaro qo`shish mumkin bo`lmagan bo`yoqlarni aralashtirishdan: masalan qo`rg`oshin belilasi bilan ko`k kobalt yoki ultramarinni, kraplak qizil bilan oltinrang sariq "JX"ni aralashtirishdan; sulfat gazlari va vodorod sulfid ta’sirida:
Quruq-havoda, bo`yoq quriyotganda yorug`likni kamligidan.
Bu o`zgarishlarni qisman yo`qotish uchun №1 va №2 moylar keyin "Retush" lak bilan artish mumkin.
Krakelyur Krakelyur-rangtasvir qatlamida paydo buluvchi yoriq hisoblanadi. Krakelyurning kelib chiqishiga asosiy sabablar:
Uzoqvaqt saklangan grunt; kotmagan bo`yoq ustiga bo`yoq qo`yishdan;
Elim ko`p yoki kam qo`shilgan gruntdan;Gruntda yoriqlar bo`lsa;
Ko`p suyultirilgan bo`yoq sababli;Kartinani vaqtidan oldin lak bilan qoplash; havoning temperaturasi va namligi,xolstning mexaniq yemirilishi sabab bo`ladi.
Krakelyurni yo`qotish uchun ta’mirlovchi ish olib borishi zarur.
Yorilgan bo`yoq qatlamini yelimlash uchun osyotr yelimining 5-6%li eritmasi, ksilol yoki pinen qo`shilgan asaldan foydalaniladi.Bu aralashma 1:20 (1qism pinen va 20 qism ) nisbatda bo`ladi.