Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda


Lessirovka va rangtasvirning lessirovka texnikasi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə10/14
tarix26.09.2023
ölçüsü345,5 Kb.
#148715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda

Lessirovka va rangtasvirning lessirovka texnikasi
Lessirovka texnikasida ishlash jarayoni juda zerikarli bo`lib, u ko`p vaqt va chidamni talab etadi. Eng avvalo bunda tiniq tasavvur va yaratilajak tasvirning fikriy obrazi juda zarur bo`ladi. Kartina monoxrom usulida ko`riladi. Lessirovka texnikasida ishlangan rangtasvir, xuddi shaffof suvli kulning tubini ko`rgandek asosi va chuqurligigacha ko`rinadi.
Ishning birinchi bosqichi tugaganidan so`ng rasm lessirovka bo`yoqlari bilan qoplanadi.
Kartinaga keyingi qatlam ranglari, oldingi ranglar hech bo`lmaganda yarmigacha quriganidan so`ng qo`yilishi lozim.

Ko`p qatlamli rangtasvir
Rangtasvirda eng ko`p tarqalgan usullardan biri bu ko`p qatlamli rangtasvir hisoblanadi.
Ko`pincha kartinani bir seansdayoq tugatib bo`lmaydi. Kartina eskizga va tugamagan ishga o`xshab qoladi. Rassomda uni qaytadan ishlash istagi paydo bo`ladi. Shunday qilib, ishning bo`lak, turli bosqichlari paydo bo`ladi. Rassom ishni tugatmaydi va uni "ochiq" qoldiradi. Ko`pqatlamli rangtasvirda yuqorida aytib o`tilgan usul va kombinatsiyalarning barchasi qo`llaniladi.
Aniqroq qilib aytganda, kartinani boshlab, keyin uni tugatdim deyish noto`g`ri bo`ladi. Ko`pqatlamli rangtasvir texnikasining ish jarayonida juda ko`p yangi usullar paydo bo`lishi mumkin. Bunda xattoqi ishni tugatishga ko`ra ushbu texnikani qo`llashni o`zi ham juda muhim bo`lib qoladi.
Kartina ustida ishlash hamma vaqt "ochiq" bo`lib qolishi va "tugamagan" ish bo`lib tuyulmasligi kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda bajarilgan ishning amaliy tomonlariga emas, balki uning badiiy mezonlariga e’tibor berish lozim. 

Moybo`yoq rangtasvirining nuqsonlari va ularni tuzatish
Rangtasvir asarining koloritik imkoniyatlari va kartinaning uzoq vaqt saqlanishi faqatgina ishlatiladigan materiallarning sifatigagina bog`liq emas, balki rangtasvir texnologiyasining to`g`ri tanlanganiga ham bog`liq bo`ladi.
Rangtasvir asarlarida uchrab turadigan nuqsonlar ko`pincha rassomning rangtasvir texnikasini to`g`ri bilmasligidan yoki past sifatli gruntdan ham kelib chiqishi mumkin.
Rassomning kasbiy xatolari turli sabablarga ko`ra yuz beradi. Bo`lar ishni mohiyatini tushunmaslik va eksperiment qilish istagi, shuningdek rassomning shaxsiy xususiyatlariga (kuchli temperamentli) bog`liq bo`lishi mumkin. Shubxasiz harbir rassomda u yoki bu sabablarga ko`ra xatolar paydo bo`ladi.
Quyida biz ish jarayonida eng ko`p yuz beradigan xatolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish, zararni tugatish haqida to`xtalib o`tamiz. 

Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin