Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda


Bo`yoqlarning qatlam bo`lib ajralib ketishi



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə12/14
tarix26.09.2023
ölçüsü345,5 Kb.
#148715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda

Bo`yoqlarning qatlam bo`lib ajralib ketishi
Bo`yoqlarning qatlam bo`lib ajralib ketishining sabablari quyidagilar:
Bo`yoq ni eski rangtasvir ustiga yoki quruq sirtga qo`yishidan hosil bo`ladi.
Ya’ni adgeziyaning yo`qligi ham sabab bo`ladi (Adgeziya -bu yangi bo`yoq ning eski qatlamga qo`shilishi). Eski bo`yoq qatlamiga yangi qatlamni qo`shilib ketishi uchun uni oldindan g`adir-budirligini oshirish kerak,keyin "Retush" lak bilan qayta ishlanadi.Shuningdek kartinaning qatlamlarga ajralgan qismini tarkibida smola moylari bo`lgan bo`yoq bilan qayta ishlash lozim. Bu bo`yoqlar yaxshi yelimlash xususiyatiga ega.


Bo`yoqlarning to`kilib ketishi
Bu nuqson bo`yoq dagi bog`lovchining yetishmasligidan kelib chiqadi.
Shuningdek:
Grunt juda quruq bo`lsa;
Moy yoriqli gruntga surilib kesa:
Ostki qatlamning ustki qatlamga nisbatan moyi ko`p bo`lsa;
Bog`lovchilarni yomon ushlaydigan bo`yoqlar, masalasi: ruxli va qo`rg`oshinli belila kraplaklar, oltin simon-sariq "JX", yashil kobalt, ultramarin,umbra,siena va boshqalar sabab bo`ladi.
Bu nuqson paydo bo`lmasligi uchun rangtasvir laklari ishlatish va gruntni pinenda eritilgan dammar lak bilan yelimlash lozim.


Ajinlashish
Ajinlanish-bo`yoq qatlamining kisilishi. Bu nuqson bo`yoq ning hajmini qisqa muddatda kamayishdan hosil bo`ladi, uning sabablari:
Bo`yoqlar ko`p miqdordagi moy bilan eritilgan;
Sifatsiz moy ishlatilganda,kurimagan yuzaga bo`yoq qo`yilganda va temperaturaning o`ynashi va namligidan hosil bo`ladi.


Deformatsiya
Bu nuqson kartinaning yuzasida to`lqinsimon buklamlar hosil qiladi.
Bunga sabab:xolst yaxshi tortilmaganda, podramnik noto`g`ri yasalganda,xolst tortganda mixni noto`g`ri yoki siyrak ishlatishdan, temperaturaning birdaniga o`zgarib ketishidan va havoning namligidan bo`ladi.
Bu nuqsonni yo`qotish uchun kartina temperatura va namligi maromida bo`lgan xonaga qo`yiladi. (namligi 60-65%, temperatura +200) Deformatsiya yo`qolmasa xolst extiyotlik bilan tortiladi.
Xolstni ehtiyotlik bilan qayta yelimlash. Xolstning orqa tomonidan aerozol bilan suv sepish va quyosh nuri tik tushmasligi kerak. 


Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin