Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda


I-Bob.  Tasviriy san’at va rang tasvirda uyg‘unlik



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə4/14
tarix26.09.2023
ölçüsü345,5 Kb.
#148715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda

I-Bob. 

Tasviriy san’at va rang tasvirda uyg‘unlik. 

1.1 Tasviriy san’atning insonxayotidagio‘rni. 
Tasviriy san’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortdi, voqelikdagi go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo‘ldi. Tasviriy san’at esa o‘ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib, hukmron sinfning ideologiyasini targ‘ib etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go‘zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, xulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo‘lgan ana shunday san’at hayot go‘zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da’vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayot to‘g‘risidagi fikr-o‘ylarini aks ettiruvchi ko‘zgu hamdir. Jahon san’ati tarixini o‘rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‘tmish odamlarning his-tuyg‘u, hayotiy tajribalarini o‘rganish g‘oyaviy-yestetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz. Kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san’at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi.Rangtasvir tasviriy san’atning eng muhim turlaridan bo‘lib, maxsus polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san’at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o‘rin egallaydi.
Rangtasvir asarlari xarakteriga ko‘ra monumental, dekorativ, mo‘jaz, dastgohli turlarga bo‘linadi.
Monumental rangtasvir me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lib, ular uylarning devorlarini, shiftlarini bezashda qo‘llaniladi. Katta hajmda uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda ishlanadi, ranglar ham shartli ravishda olinadi.
San’at tabiat va jamiyatdagi voqea hodisalarning badiiy vositalarida ifodalanishidir. San’at o‘zida moddiy olamning umumiy holatini hamda rivojlanishini aks ettirish, odamlarga uni bildirishda muhim vosita bo‘lishi bilan birga insonni siyosiy axloqiy va badiiy jihatdan tarbiyalashning qudratli omili bo‘lib xazmat qiladi. San’at voqeylikni ifodalash uslubi, xarakteri, mazmuniga ko‘ra tasviriy san’at me’morchilik, adabiyot, musiqa, sirk, teatr, kino kabi turlarga bo‘linadi.
San’atning ijobiy va eng muhim xususiyati shundaki, u fandan farqli o‘laroq voqea hodisalarni tushunchalarda emas, balki sezgi va his bilan idrok qilinadigan shakllarda tirik badiiy obrazlarda ifodalanadi.
Har bir jamiyatda san’at erkinlik asosida vujudga kelsa bu san’at o‘zida insonparvarlik, vatanparvarlik va milliylik kabi ilg‘or g‘oyalarni ilgari suradi. San’at xalqning maqsadi, orzu-umidlarini aks ettiradi.
O‘zbek rassomlari o‘z asarlarida anna shu talab va prinsiplardan kelib chiqqan holda o‘zlarini qiziqtirgan, hayajonga solgan narsalar, voqeylikni milliylik asosida aks ettiradilar.
Mustaqil O‘zbekiston tasviriy san’atining milliyligi undan, avvalo realistik pozisiyada turishni moddiy olamni obektiv qonuniyatlarni e’tirof etgan holda tasvirlashni talab etadi. Bu esa rassomdan narsa va voqeylikni anio‘ o‘ziga o‘xshatib real holda ifodalashda va jamiyatning muhim jihatlarini aniq maqsad sari yo‘naltirilgan badiiy jihatdan yuksak talablarga javob beradigan san’at asarlari yaratishni talab qiladi.
Jahon realistik tasviriy san’at jahon xalqlarining o‘tmishi, hozirgi kun iva kelajagidagi hayotini ifoda etishi, shuningdek, tabiat va jamiyatni tasvirlovchi haqiqiy ko‘zgudir. Biz unda o‘tmishni, bugunni va kelajakni ko‘ramiz. Shu boisdan ham realistik tasviriy san’at ustalari o‘tmish tarixini ham yaxshi bilishlari kerak.
Rassomlar voqeani turli uslub, xarakter mazmunda ifodalaydilar yoki bir so‘z bilan aytganda V.T.Belinskiy ta’rifiga ko‘ra «San’at – obrazli tafakkurdir».
Tasviriy san’at dargohida atroflicha saboq olgan kadrlar ijod etishdi. Bular Leningrad Rassomchilik Akademiyasi (R.Ahmedov, M.Saidov), Moskva o‘quv yurtlarini bitirgan (Yu.Elizarov, V.Saidov, J.Umarbekov, N.Rahimboev va boshqalar).
Toshkent Teatr-rassomchilik oliygohi ochilgandan keyin yosh , jumladan, milliy rassomlar soni orta boshladi. Yoshlar murakkab badiiy muammolar yechimiga otlandilar. Ular san’atida zamonaviy va milliy urf-odatlarimizni ruhi ufirib turadi.
Ular davrimizning ilg‘or g‘oyalari va mavzularini aks ettirishda ijodiy izlanishlar olib boribgina qolmay, o‘z maqsadlarini bir qadar ta’sirchan o‘tkir ifoda vositalarida bayon qilishga intildilar.
Yoshlar ijodidagi harorat hayot tajribasiga boy keksa avlod vakillarining mahorati bilan qo‘shilishi natijasida ko‘p millatli o‘zbek madaniyatining xazinasini boyituvchi Yangi takrorlanmas o‘ziga xos qimmatli durdonalar paydo bo‘ldi.
Tasviriy san’atda barcha janr va turlarining mavzu doirasi kengaydi, mazmunan taraqqiylashdi.
Voqeaband – mavzuli kartina Yangi hayot mazmuni bilan boyidi, ta’sirchan obrazli vositalar izlash o‘z samarasini berdi.
Rangtasvir sohiblari o‘z zamondoshlarining yaratuvchi mehnatlari mavzusiga tobora ko‘proq murojaat qila boshladilar. Ular oddiy o‘zbek kishisining intellektual jihatdan mislsiz o‘sgani Yangi fazilatlarga ega bo‘layotganligini ifodalashga harakat qildilar. Buning uchun rassomlar mehnat mavzusi ko‘lamini kengaytiruvchi ijodkor yaratuvchi insonni ulug‘laydigan kompizision yorqin yechimlarni izlay boshladilar.
Musavvirlar mazmunan boy bo‘rttirish uchun rang tasvirning triptin formalariga murojaat etdilar. Bu mavzuda qator asarlar yaratdilar. Mazmunan va badiiy ifodalashish jihatidan turlicha yaratilgan.
B.Boboevning «Farg‘ona syujasi», V.Burmakinning «Paxta terimi», V.Kominning «Er yetildi», R.Ahmedovning «Xosilat», «Mehnatda ham soldat», L.Abdullaevning «Yo‘l o‘zlashtiruvchilar», N.Koshinaning «Zveno muvaffaqiyatli», M.Saidovning «Normani bajara olmadi» va boshqa ko‘plab kartinalar anna shunday asarlar jumlasidandir.
Rassomlarimiz o‘z ijodlarida davrimizning rang-barang bo‘yoqlarda ifoda etishiga intildilar.
Birlari qishloq hayotini, qishloq kishilarining yaratuvchanlik faoliyatini madh esalar (M.Saidov «Uzum terish», R.Ahmedov «Dala xirmonida», T.Oganesov «Cho‘ponlar», N.Kashina «Oltin mahsul») boshqalari ishchi sinfi mavzusida mo‘yqalam tebratdilar (V.Pravdnok «Sementchi ayol», T.Ulko «Mashaqqatli sahar»).
Musavvirlar xalq hayoti uning maishiy turmushiga ko‘proq e’tibor bilan qarayo boshlaydilar. Maishiy janrning mavzu chegaralari kengayibgina qolmay badiiy jihatdan ham boyidi. Rangtasvir davr kishisining fikr va tuyg‘ularining ochilishiga, uning Yangi maishiy turmushini har tomonlama aks ettirishga intildilar.
R.Ahmedovning «Tong», «Ona», M.Saidovning «Oila», N.Kashinaning «Quruq yerda», Z.Umarbekovning «Do‘stim», Z.Kavalevskiyning «Xalq san’at ustalari», G‘.Abduraxmonovning «To‘y», Yu.Taldikinning «Gilam bozori», R.Chorievning «Alla», Z.Inog‘amovning «Kolxoz oshpazi», «Choyxonachi», A.Perovning «Mehmonchilik» va boshqa ko‘plab kartinalari shunday asarlar jumlasidandir.



Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin