Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda


Moybo‘yoq bilan tasvirlarni ishlash



Yüklə 345,5 Kb.
səhifə8/14
tarix26.09.2023
ölçüsü345,5 Kb.
#148715
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Kafedrasi mavlonov asqar quvondiqovich rang tasvirda

2.2 Moybo‘yoq bilan tasvirlarni ishlash 
Moybo‘yoqda tasvirlarni ishlash rassom uchun ham, endi o‘rganayotgan talaba uchun ham juda qiziqarli mashg‘ulotdir. Ammo bu mashg‘ulotning jiddiy qiyinchiliklari ham mavjud bo‘lib, u moybo‘yoq rangtasvir texnologiyasi bilan ham bog‘liq. Chunki moybo‘yoq bilan ishlash ma’lum tayyorgarlikni talab etadi. Ularga bo‘yoqlarni tanlash, ish uchun sath (mato)ni tortib tayyorlash, uni qoplama (grunt) bilan yopish, mo‘yіalamlarni tanlash, eritgichlarni tanlab olish kabi zarur tadbirlarni kiritish mumkin. Moybo‘yoq tasvirlar ishlashni o‘rganish natyurmortlarni chizib mashq qilish orqali o‘zlashtirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Moybo‘yoqli natyurmort rangtasvirini ishlash jarayonining ayrim tomonlari akvarel texnikasiga o‘xshash. Chuki bunda ham avval qalamtasvir chizib olinadi. Agar suvbo‘yoqda ishlash uchun tasvir mukammalroq, mayda detallari bilan batafsil chizib olinsa, moybo‘yoqda ishlash uchun esa chizmatasvir umumlashtirilib eng asosiy narsalar aks ettiriladi. Buning sababi moybo‘yoqda ishlash jarayonida batafsillik mo‘yqalamda ishlanishi mumkinligidandir. Moybo‘yoqda biror rangni ochlashtirish uchun ungaoq rang kerakli darajada qo‘shiladi. Shunisi ham borki oq rang qo‘shilgach bo‘yoqning erkinligi ma’lum darajada kamayadi. Buni o‘quv mashqlarini bajarish jarayonidaalbatta hisobgaolish joiz. Akvarel texnikasi kabi jihatlardan biri ish jarayonini asosiy uzoq muddatli vazifani boshlashdan avval ranglavha, chizmalavhalar ishlab olinishidir. Shunda bo‘lajak rangtasvirning asosiy xususiyatlarini tajriba qilib ko‘rib o‘rganish asosiy ishda uni qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Moybo‘yoq tasvirlarini ishlash uchun maxsus ashyolardan foydalaniladi. Ular romga tortib tayyorlab, qoplama surtib olingan (gruntlangan) mato, moybo‘yoqlarning kerakli xillari, bo‘yoqtaxta (politra), mo‘yіalamlarning turlicha kattalikdagi xillari, mastixin va eritgichlardan iboratdir.
Romga tortilgan mato qanday tayyorlanganligi tasvir sifatini belgilaydigan omillardan biridir desak xato bo‘lmaydi. Uning qoplamasi (grunti) ikki xil tarzda tayyorlanishi mumkin. Biri moyli qoplama bo‘lib u quyidagichadir. 5 foizli yelim (jelatin, baliq yoki duradgorlik yelimi) aralashmasi shunga teng hajmdagi bo‘rga qo‘shiladi. U bilan mato sathi qoplanadi. Bir marta surtilgandan so‘ng qoplama bo‘yoq qatlami tayyorlab olinadi. U quyidagi tarkibda, ya’ni - maxsus oqartirilgan rangtasvir yog‘i quruq oq bo‘yoq kukunidan qo‘shib tayyorlangan aralashma bo‘ladi. Yog‘ va kukunning nisbati shunday bo‘lish kerakki u tayyor idishga solib chiіariladigan moybo‘yoqdan suyuq bo‘lmasin. Shunda uni bemalol mato sathiga mastixin bilan tekis qilib surtib chiqish mumkin bo‘ladi. 1-2 xafta quritilgach G‘adir-budir yerlari qumqog‘oz bilan yaxshilab tekislanadi va skipidar aralashtirilgan moyli qoplama yassi, katta mo‘yqalam (fleys) bilan tekis qilib bo‘yab chiqiladi. Bunday usulda tayyorlanadigan mato 2-3 oy mobaynida quritiladi. U saqlanadigan joy iliq va quruq bo‘lishi shart.
«Elimli qoplama» deb yuritiladigan qoplamaning ikkinchi xili quyidagicha tayyorlanadi. Suvda 50-60 gr. jelatin eritiladi va unga 15 gr. glitserin qo‘shiladi. U matoga 1-2 marta surtiladi. Birinchi marta surtilgani qurigach qumqog‘oz bilan mato usti tekislanib olinadi, so‘ng ikkinchisi surtiladi. Shundan so‘ng yelim aralashmasi bo‘r vaoq bo‘yoq kukuni bilan teng nisbatlarda 40 S darajali issiqda eritiladi. Agar uning tarkibi quyuq bo‘lib qolgudek bo‘lsa, o‘shaelim aralashmasidan qo‘shiladi. Bunday qoplama 2-3 marta qavatma-qavat qilib surtiladi. Ular oralig‘ida ko‘rishi uchun ma’lum vaqt bo‘lishi shart.
Qoplamalar yana ma’lum rang tusida ham tayyorlanishi mumkin. Ular ko‘proq ijodiy ishlarni bajarishda va kompozitsiya yaratish jarayonlarida qo‘l keladi. Moybo‘yoqda o‘quv-mashqlarni bajarishda rang xillaridan ham unumli foydalanish talab etiladi. Vazifalarni ishlaganda juda ko‘p rang xillaridan bilib-bilmay ishlatish yaxshi samara bermaydi.
Tabiatdaettitaasosiy rang (bo‘yoq) borligi ma’lum. Ular qizil, noranji, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha ranglardir. Bo‘yoq aralashtiriladigan taxtada (politrada) bo‘lishi juda zarur rang xillari esa qizil, sariq, ko‘k bo‘yoqdir. Chunki ular boshqa qolgan asosiy rang-tuslar vositasidaxosil bo‘lmaydi. Bularning aralashmasidan qolgan juda ko‘p ranglarni chiqarish, xosil qilish mumkin. Ulardan xatto qora rang tusini ham topish mumkinligi sir emas. Faqat qaysi rangni bir-biriga qancha miqdordaaralashtirishni bilish kifoya. Buning uchun esaalbatta tajriba vao‘quv bo‘lishi kerak.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki tabiatdaabsolyut oq vaabsolyut qora ranglar mavjud emas. Ularning barchasi qandaydir bir rang tovlanishida bo‘ladi. Masalan qoraning jigarrangga, ko‘kka, yashilga moyil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Oq rangning turli nozik tuslarga moyilligi ham tabiiy. Bunday rang va tuslarning hamda ularning to‘q-ochliklarini topib tasvirlash uchun moybo‘yoqda ishlash texnikasi juda qulaydir. Shu imkoniyatlarning kengligi bilan u boshqa bo‘yoq turlaridan ajralib turadi.
Moybo‘yoq texnikasida rangtasvirlar ishlashda mo‘yqalamlarning qanday turlari va o‘lchamlardagilarini ishlatish ham muhimdir. Ularni tanlay bilish ko‘p foyda keltiradi. Ma’lumki natyurmortlarni, katta ishlarni bajarishda yapaloq va dag‘al mo‘yqalamlarni qo‘llash ish sifatini, ta’sirchanligini ta’minlaydi.
Moybo‘yoqlarga suyultiruvchi, erituvchi vositalar qo‘shib ishlatiladi. Ular moyli, moyi kamaytirilgan bo‘lishi mumkin. Moylirog‘i bo‘yoqni sekin qurishi uchun yaxshi vosita bo‘lib, u bilan foydalanilgan paytda rangtasvir sekin quriydi. Shu sababli uzoq muddatda bajariladigan tasvirlarni ishlashda qulaylik yaratadi. Bunday eritgichlarga ba’zan lak ham aralashtirib ishlatilishi mumkin, shunday qilinganda ishning bo‘yoq qatlami tezroq quriydi va bo‘yoqning moyi matoga shimilib ketishining oldi olinadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, moybo‘yoq texnikasida rang qoriladigan maxsus taxtacha (politra)ning yuzasida bo‘yoqlarni qanday joylashtirish masalasi ham muhim. Unda bo‘yoіlar issiq-sovuq ranglargaajratib, shu bilan birga to‘q-ochligiga qarab ajratib joylashtirilishi mumkin. Oq bo‘yoq odatda o‘rtada yoki ranglar qatorining boshlanishida bo‘ladi. Agar har safar bir xil joylashtirilsa, rassom shunga o‘rganadi va kerakli bo‘yoqni darrov topib ishlatish imkoniyati qulay bo‘ladi.
Moybo‘yoqda tasvirlar ishlashning ko‘p o‘rganilishi kerak bo‘lgan tomonlari bor. Ularning barchasi ko‘p mashq qilish orqali o‘rganib olish imkonini beradi. Tajriba nazariy vaamaliy tomondan muntazam mashq qlish natijasidaoshadi. Bunda maxsus adabiyotlarni mutoala qilish ham zo‘r vositadir.
Mavzu asosida va illyustrativ rasm chizish jarayonida rangning roli benihoya kattadir. Rangtasvir mazmunini va g‘oyasining to‘la ochishiga uning emosional ta’sirini kengaytirishga, shuningdek, kompozisiyadagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
Rangning asosiy xususiyatlari uning yorqinligi, tusi va to‘yinganligi bilan belgilanadi. Mavzu asosida rasm chizish mashg‘ulotlarida bo‘yoqlar bilan ishlash murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Faqat ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi, ko‘rgazmali vositalar va metodik tavsiyalardan samarali hamda o‘rinli foydalanish natijasidagina rangshunoslik bo‘yicha zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga erishish mumkin.
Ma’lumki predmetlarning shakli va materiali naturadagi yorug‘-soya va rang tuslari orqali idrok etiladi. Har qanday predmet turli xil egriliklar yoki tekisliklar, yuzalar bilan chegaralangan bo‘lib, turli xildagi yorug‘lik sharoitida bo‘ladilar, ya’ni yorug‘lik nurlari predmetlarga turlicha tushib ularning yuzalarini turlicha yorug‘lantiradilar. Ba’zi yuzalar ko‘proq, boshqalari kamroq yorug‘lik oladilar. Predmetlar yuzasining yorug‘lanish darajasi avvalo, yorug‘lik manbaigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘lik manbai yuzadan qanchalik uzoqlikda bo‘lsa, predmet shuncha kuchsiz yorug‘lanadi va aksincha yorug‘lik manbai predmetga qancha yaqinda joylashsa u shunchalik kuchli yorug‘lanadi. Shuningdek, predmet yuzasining yorug‘lik darajsi predmetdan kuzatuvchigacha bo‘lgan masofaga ham bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni narsalar tusi kishi ko‘ziga yaqinlashgan sari ochroq, uzoqlashgan sari esa to‘qroq ko‘rinadi. Yuzalarning yorug‘lanish darajasi shu yuzaga tushayotgan yorug‘lik nurlarining tushish burchagiga ham bog‘liq bo‘ladi. Eng kuchli yorug‘likni yorug‘lik manbaiga tik qaragan yuza oladi. Tushayotgan yorug‘lik nurlarining burchagi qanchalik katta bo‘lsa narsalar yuzasiga tushayotgan nurlar shuncha bo‘ladi. 
Ishlatiladigan bo`yoqlar, quyuqlashmaguncha palitrada yotishi kerak.Judayam oz, kerak miqdordagi bog`lovchi vositalar, katta miqdordagi pigmentga aralashtirilib ishlanadi.
Bog`lovchi vositalarni qo`shish: bog`lovchi vositalarni quyultirish zarur. Bo`yoq ka moy qo`shiladi . Bo`yoq ni moy bilan aralashtirishda extiyot bulish lozim. Judayam ko`p bo`yoq qo`shib yubormaslik kerak. Aks holda xira, kir, bir hil bo`yoq hosil bo`ladi.
Pastasimon bo`yoqlar bilan ishlashda bo`yoq ni juda quyuq olmaslik kerak, chunki bunda rangni bir hil bo`lgan "bo`tqa" hosil bo`ladi. Buni keyin tuzatib bo`lmaydi. Mo`yqalamni esa tez-tez tozalab turish kerak. Bir-biriga yaqin tonlarni to`g`ri kartina sirtida arlashtirib topish mumkin. Lekin bunda ham shoshilmasdan va toza ishlash kerak. Pastasimon bo`yoqlar bilan ishlaganda bo`yoqlar "dog`" qilib qo`yiladi. Yorug`likni yoki qorong`ulikni ko`rsatishda to`g`ridan-to`g`ri oq yoki qora bo`yoq bilan ishlash mumkin. Lekin toza qo`rg`oshinli bo`yoq yoki qoplovchi oq bo`yoq ishlatilmaydi, ularning rangi xiralashadi.
Bo`yoqlarni to`qlashtirish, qorong`ulikni ko`rsatish uchun faqat qora bo`yoqlardagina emas, balki qo`shimcha ranglardan ham foydalanish mumkin. Masalan, ultramaringa oz miqdorda yashil xrom oqisi, kraplak yoki umbrani qo`shish mumkin. Shunday qilib, chuqur, rangli shu bilan birga aniq to`q rangli tonlar hosil bo`ladi.


Yüklə 345,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin