II-Bob. Moybo‘yoq bilan ishlash.
2.1 Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati
Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo‘lg‘usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit ta’sirida o‘zgarib ko‘rinishini, bo‘yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi.
O‘rta Osiyoda ranglar xaqidagi ta’limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik, devorlarga freska, panolar ishlash bilan bog‘liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etadi. Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishiga bog‘liq kimyoviy jarayonlarni o‘rgangan bo‘lish kerak.
Ranglarni tabiatda qanday xosil bo‘lishi va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg‘onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Mon Battista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning xususiyatlari haqida yozganlar.
Atoqli va mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar. Issak Nton qator tajribalar o‘tkazib, oq yorug‘likning ko‘p rangli ekanligini isbotlagan, ekranda spektor ranglarni hosil qilgan. Buning uchun Nyuton quyoshning oq yorug‘ligini derazadagi qora pardaning ingichka tirqishidan o‘tkazgan va yo‘liga uch qirrali prizma qo‘ygan, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng yorug‘lik dastasi ko‘rilgan. Oq yorug‘lik aslida murak kab bo‘lib, rangdorlik jihati dan shunchalik turli- tumanki, bir rangdan ikkinchisiga o‘tish da yana bir qator rang tuslari seziladi. Spektr ranglarni yomg‘ir yog‘ib o‘tgandan keyin osmonda paydo bo‘ladigan kamalakda, favvoralardan otilayotgan suv zarralarida kuzatish mumkin. Spektr ranglarni qayta bir joyga to‘plansa, oq yorug‘lik hosil bo‘ladi. Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o‘rgangan bo‘lsa, nemis shoiri va san’ashunos I.V.Gyotenni ko‘proq ranglarni kishi organizmiga ko‘rsatadigan ta’siri qiziqtirgan. Gyote «ranglar haqidagi ta’limot» nomli asarida ranglarni iliq va sovuq tuslarga ajratib, iliq (sarg‘ish-qizil) ranglar kishida kayfu-chog‘lik tuyg‘usini, sovuq (havorang-yashil) ranglar esa ma’yuslik tuyg‘usini uyg‘otishi haqida yozgan.
XIX asrda nemis tabiashunos olimi G.L.Gelmgals rangshunoslik nazariyasida muxim yangilik yaratgan. Ko‘p yillik tajribalari asosida xromatik ranglarni uchta asosiy alomati-rang toni (nomi), rangning och-to‘qligi va to‘yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko‘rsatgan.
Rang muammolarini o‘rganishga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir ham dunyoda yagona bo‘lgan Tokio rang institutida inson qalbiga ta’sir etadigan tabiat Hodisasi-rang atroflicha o‘rganiladi.
Ranglarning nomini ifodalovchi, ya’ni ularni birinchi qizil, ikkinchisini ko‘k, uchinchisini binafsha va hokazo deb atalishiga asos bo‘lgan belgisi rang toni deyiladi. Biroq xromatik rangga ozroq kulrang qo‘shsak, uning sho‘xchangligi pasayib, nursizlanadi. Bu hol rangning kam to‘yinganligi, ya’ni uning tarkibidan sof bo‘yoqning kamayganligidan darak beradi.
Demak, rangning to‘yinganligi deganda, uning kulrangga nisbatan rangdorlik darajasini , tozaligini tushunish kerak.
Yuqorida aytilganlardan ma’lum bo‘ladiki, xromatik ranglar bir-biridan uchta asosiy xossasi-rang toni (rangning o‘zi), rangni och-to‘qligi va to‘yinganligi bilan farq qilar ekan. Spektrni sinchiklab kuzasak, uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglar orasida o‘xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir-biriga qo‘shilsa, ularning oralig‘ida qirmizi ranglar hosil bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan rangni qizil rang bilan binafsha rangning o‘rtasida joylashtirib spektr tutashtirilsa, xalqa kelib chiqadi. Buni rangshunoslikda ranglar doirasi deb yuritiladi. Ranglar doirasidan qizil, qizg‘ish zarg‘aldoq, sariq, sarg‘ish yashil, yashiltab zangori havorang, ko‘kimtir havorang, ko‘k, ko‘kimtir binafsha, qirmizi ranglarning har xil tuslari ko‘rinadi.
Ba’zi musavvirlar o‘z ijodlarini hayvon va qushlarni tasvirlashga bag‘ishlaydilar. Ular animal janr asarlarini yaratadilar. Bu janrni odatda ozchilik rangtasvirchi rassomlar tanlashadi, biroq grafik va haykaltaroshlar turli hayvonlar, ularning bolalarini chizish va tasvirlashni juda yoqtiradilar.
Musavvirlarni tarixiy janrda ko‘p odamli kompozisiyalar real rang yig‘imi bo‘lgan asarlar yaratishga o‘tish voqealari din va xalqlar tarixi, doston va qissalarda kuylangan pahlavonlar davri ilhomlanadi.
T.Muhammedov, T.Qo‘ryazovlar o‘zbek doston eposlari qahramonlarni tasvirlashda katta ijodiy muvaffaqiyatlarga erishdilar.
J.Umarbekov tarixiy janrlarda «Inson aql-zakovati» va «Men insonman» asarlarini yaratdi. Musavvirlar o‘tmishdagi mutafakkirlar ajdodlar hayoti ular qoldirgan ma’naviy va madaniy merosi ilmiy kashfiyotlari va gumanistik ruhdagi fikrlarini o‘z asarida ifoda etganlar.
Bu kompozisiyalar yaxshilik, go‘zallik kabi qadriyatlarga mos ranglar uyg‘unligida yuksak mahorat bilan bajarilgan.
Matoda faqat muhim qahramona voqealarni tasvirlabgina qolmasdan, balki odamlarning kundalik yumishlari va oddiy turmushini ham yoritish mumkin. Bu kabi tasviriy asarlar maishiy janrga kiradi. Gohida ularni janrli rangtasvir deb ham ataydilar.
Tarixiy va maishiy janrlar ishtirokchilarining o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, obrazlar xarakteri odatda janrlar vositasida yechim topadi.
Biz avvalo, asar syujetini ko‘zdan kechirib, qanday narsa tasvirlangan, qahramoni Kim, bu voqea qachon bo‘lib o‘tganligiga qiziqamiz. Shundan so‘ng musavvirning uslubini u yoki bu narsani qanday tasvirlaganini, bo‘yoqni qanday qo‘ygani (surka byoki oqizib) va u tanlagan kaloritini kuzatamiz. Shunday ekan, tasvirdagi kayfiyat va uning hissiyotga ta’siri rang tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Tasvir kaloriti – quvonchli va qayg‘uli, beozor va tashvishli, jumboqli va oshkora bo‘lishi mumkin.
Qo‘lingizdagi kitobdan asar namunalarini kuzatib ular koloritini sezishga urinib ko‘ring. Musavvir fikri va asarning asosiy g‘oyasini tushunishga harakat qiling. Bilimdon tomoshabin bo‘lish oson ish emas, albatta. Rangtasvir tilini muttasil o‘rganish tafakkurni, estetik did va tuyg‘u-idrokni doimo rivojlantirib turishini aytish mumkin.
Siz tasviriy san’at janrlari bilan boshlang‘ich sinflarda tanishgansiz. Shuning uchun bu yerda ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agar shu vaqtda ko‘proq bilimga ega bo‘lishni istasangiz, qo‘lingizdagi qo‘llanma oxirida keltirilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Musavvir rangtasvir vositalari ko‘lamida betakror ijodiy asarlar yaratib, bizni hayratga soladi, dilimizga quvonch bag‘ishlaydi, turli kechinmalar orqali ruhimizni oziqlantiradi va o‘z mahorati bilan sirli fikrlariga oshno qiladi.
Rang tabiatda mavjud barcha narsalar shakllarini atrof muhit go‘zalligini, turli kayfiyat va his-tuyg‘ularni ifodalay oladi. Rangi turlicha idrok qilish mumkin, uning vositasida fikr yuritish, loyihalash, konstruksiyalar qurish imkoniyatlari mavjud. «Rang» va «Bo‘yoq» tushunchalarini farqlash uchun rangshunoslik asoslarini o‘rganmoq zarur. Rangtasvir uchun kerak bo‘lgan rangli palitrada bo‘yoqlarni bir-biriga qorishtirish yo‘li bilan tayyorlab olinadi. So‘ngra musavvir tekislik yuzasida ranglar majmuini uyg‘unlashtirgan holda kaloritni keltirib chiqaradi. Yagona «rang» so‘zi rangtasvir jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi va san’atning bu sohasida asos vazifasini bajaradi.
Etyut ishlashda katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan suvbo‘yoq surtmalaridan keng foydalanish mumkin.
Rang qalamlarining tabiiy notekisligi bo‘yoqning tasvir shakliga mos ravishda oqib yeiyilishi suvbo‘yoq go‘zalligini yanada ko‘proq namoyon qiladi. Quriy boshlagan rang qalami bo‘ylab «quruq» mo‘yqalam usulida chiziqlar yuritib shakl ma’nodorligini yanada oshirish mumkin. Etyutda fazoni bir bo‘yoq rangini ikkinchi ranga qo‘yib yuborish yo‘li bilan tasvirlash mumkin. Bunda ranglarning bir-birilari bilan nozik birikuvlari, uzluksiz tekis kirishuvlarni keltirib chiqaradi.
To‘q rang bilan yengil surkama jilolar yordamida etyutning rang yechimini keltirib chiqariladi. Agar etyut ma’nosi muhim mavzuga mo‘ljallangan bo‘lsa, tasvirni «quruq» mo‘yqalam yordamida aniqlashtirish, biror joyini konkretlashtirish, nimanidir kuchaytirish va nimadandir vos kechish mumkin.
Tasviriy san’atda tabiatni tasvirlash manzara janri deyiladi. Manzarachi musavvirlar o‘z asarlarida ifodalangan obrazlar orqali tabiatni sevishga, e’zozlashga va bu go‘zalliklardan zavqlanishga chorlaydilar. Manzara faqatgina tabiat go‘zalligini namoyish qilibgina qolmasdan turli g‘oya va fikrlarni ham ilgari suradi. Ijodkor musavvir har doim tabiatni sinchkovlik bilan o‘rganmog‘i va tafakkurni o‘stirib bormog‘i zarur.
Manzara ustida ish boshlar ekansiz, tasvirga olmoqchi bo‘lgan tabiatning o‘sha qismi holatini yaqqol his qilmoq zarur. Manzaraga tushayotgan yorug‘likning to‘g‘ri aks ettirilishi uni bir qadar jonlantirib ta’sirchanligini oshiradi.
Manzarada fazoni idrok qilishning bu xususiyatlari bois u planlar deb yuritiluvchi bo‘laklarga ajratiladi. Odatda, manzaraning uch plani belgilanadi, biroq u kompozisiyaning tuzilishiga qarab bundan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi ham mumkin.
Ranglar birinchi planda eng to‘q, ikkinchi planda ochroq ranga kirib, oqish tus oladi va uchinchi planda uzoqliklar havoranggacha aylana boradi. Havoning tumanli va bulutli paytlarida bu farqlar quyoshning charag‘on paytida nisbatan yanada sezilarliroq bo‘ladi.
Tabiat o‘zining boy rangi va poyonsiz tuslari bilan bizni lol qoldiradi. Bu rang-barangliklar manzaraga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan chandda umumlashadi va kaloritni belgilab beradi. Asar kaloriti inson his-tuyg‘ulariga zamin yaratib beradi.
Kalorit manzarada boshqa janr asarlariga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etib, kompozisiyani asosiy g‘oyasini yoritib beruvchi omillardan biridir.
Tabiat obrazi ta’sirchanligini oshirish uning aniq holatini ifoda etish maqsadida ishni kontrostli yoki Mayin, iliq yoki sovuq, ochroq yoki to‘qroq, yaqqol yoki umumlashgan tarzda bajarish mumkin. Jonli tabiatni his qilish, uning g‘oyasi ko‘rkamligini ilg‘ay olish, shuningdek, qiziquvchanlik har bir etyut yechimiga mezon bo‘ladi.
R.Temurovning «Zarafshon toshqini», O‘.Tansiqboevning «O‘zbekiston mart», «Jonajon o‘lkam», «Tog‘ oqshomi», «Sholikorlik kolxozida hosil yig‘imi» kabi kartinalarida O‘zbekistonga xos bo‘lgan tabiat bo‘yoqlarining rang-barangligini, bepoyon dalalarining maysa va gullarga burkanganligini o‘zbek xalqining tabiat qo‘ynidagi jo‘shqin hayotini hamda tabiat go‘zalligini mohirona ifodalashga erishganliklarini ko‘ramiz. Har qaysi musavvirning kartina yaratishdagi o‘z uslubiga ranglar garmoniyasiga ega ekanligini shohidi bo‘lamiz.
Ranglar doirasida rang tuslari juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘zlarimiz ularni 150 taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira bo‘ylab joylashish tartibi muayyan saqlanadi. Rang doirasi ikki teng bo‘lakka bo‘linsa, birinchi yarmida qizil, zarg‘aldoq, sarg‘ish yashil (pistoqi) ranglar, ikkinchi yarmida esa yashil havo rang, feruza, zangori ko‘k binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab-qizil, sariq ranglar olovni, qizigan temirni , cho‘g‘ni eslasa, xavo rang, zangori, yashil ko‘klar esa muzning, suvning rangini eslatadi. Bu farqlanish nisbiy bo‘lib, xar qanday iliq ham o‘ziga nisbatan iliqroq rang yonida sovuq bo‘lib ko‘rinishi va aksincha, sovuq rang o‘zidan sovuqroq rang yonida iliqroq tuyulishi mumkin.
Kimyo fani bo‘yoqlarning topilishiga, moddalarni kimyoviy usulda qo‘shib, bo‘yoqlarning reseptlarini aniqlashga yordam beradi. Buyoqlar asosan ikki xil yo‘l bilan tayyorlanadi. Buyoqlarning nomlari ko‘pincha, qazilmadan qazib olingan joyning nomi bilan ajralib kelinadi.
Masalan, buyoqlardan neopolitan sarig‘ini olsak, bu sarg‘ish malla rang bo‘yoq Italiyaning Neapol shaxri atrofidagi tog‘lardan vulqon bilan otilib chiqqan moddadan tayyorlanadi. Xalilovka oxrasi-oltin tusli bo‘yoq bo‘lib, Uralda Orenburg rayonida Xalilovka qishlog‘ida olinadi. Hind sarig‘i-to‘q sariq bo‘yoq, Hindistonning Bengaliya shtatida o‘sadigan xurmo daraxti yaprog‘idan tayyorlanadi. Yana ayrim yorqin qizil bo‘yoqlarni kichkina jonivorlardan-dub daraxtida yashovchi qo‘ng‘izcha (kattaligi 2-8 mm). Shimoliy Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi.
Tasviriy san’atda uning rangtasvir va grafika tushunchalari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan ishlanish yo‘llari hamda uslublari, tasviriy vositalari bilan farqlanib turadi. Rang inson hayotida muhim rol uynaydi. U turli vaziyatlarda odamga har xil ta’sir etadi. Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni “quvonchli” va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda etishi mumkin bo‘lgan “xira” deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq rangning ana shunday xususiyatlarini hisobga olib, o‘z faoliyatida unumli foydalanib kelganligi ma’lum. Ayniqsa, shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar. Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib, odamlar kayfiyatiga turlicha ta’sir etib fikrlar uyg‘otadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy san’atning juda ko‘p turlari va janrlarida rang hamda uni ishlata bilish juda katta ahamiyatga egadir. Ammo u qalamtasvirning muhim ekanligi bilan quvvatli ekanligi ma’lum haqiqatlardan eng asosiysi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvir chizishga rangtasvirning asosi sifatida karash shakllangan. Ammo rang hususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o‘rganuvchi uchun juda ahamiyatlidir.
Maktab fizika kursidan ma’lumki, ranglarning deyarli hammasi spektrning asosiy uch rangini qo‘shish orqali olinadi. Ular qizil, sariq, zargori ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi. Asosiy ranglarni qo‘shish orqali qo‘shimcha ranglar olinadi. Masalan ,qizil va zangorini qo‘shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo‘shish orqali zarg‘aldoq, sariq va zangorini qo‘shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin. Ranglar tabiattan ikki xil xususiyati: iliq va sovuq bo‘ladi. Iliq ranglar qatoriga qizil ,sariq zarg‘aldoq va ularga yashil ranglar, sovuq ranglar qatoriga yashil, zangori, binafsha va ularga yaqin bo‘lgan ranglar kiradi. Shuningdek axromatik ranglardir. Qolgan ranglarning hammasi xromatik ranglardir. Axromatik ranglar bir biridan faqat och-to‘qligi bilan farq qiladi . Masalan, oq, kul rang, qora, qoraroq, juda qora va boshqalar . Xromatik ranglar esa bir–biridan rang tusi ya’ni -qizil, sariq , ko‘k, yashil, jigar rang va hakozo . Och-to‘qligi ya’ni och qizil, to‘q sariq, to‘q qizil, och sariq va to‘yinganligi ya’ni yorqin, xiraligi bilan farq qiladi. Rang doirasida qarama-qarshi joylashgan ranglar “kontrast”ranglar deb ataladi. Kontrast ranglar bir-biridan keskin farq qilib, biri ikkinchisini yanada yorqin qilib ko‘rsatadi. Masalan, yashil rang fonida qizil rang juda yorqin bo‘lib ko‘rinadi va aksincha qizil rang fonida yashil rang ancha yorqinlashadi. Rang bilan ishlashda rang garmoniyasini, ya’ni ranglar uyg‘unligini, bilish katta ahamiyatga ega.
Narsa va hodisalarni tasvirlashda moy bo‘yoq, tempera, akvarel, guash kabi bo‘yoqlar ishlatiladi. Narsalarni bo‘yoq yordamida tasvirlash ancha murakkab jarayon bo‘lib, kishidan ranglarning xususiyatlarini va ularni samarali, o‘quvli tarzda ishlatish usullari texnikasini bilishni taqozo etadi Buyoqlar yordamida narsaning hajmi, fakturasi va fazoviy holatini tasvirlash rangtasvirlashning asosini tashkil etadi. Har bir narsani chizuvchi tasvirlar ekan u ranglarga jiddiy e’tiborini qaratish kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko‘rinishi farqli ekanligini bilib olish mumkin. Chunki narsaning rangi bizdan uzoq yaqinligiga qarab o‘zgarib ko‘rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-muhitning predmet ko‘rinishiga ta’siridandir. Qog‘oz sathida ranglar munosabatlarini to‘g‘ri nisbatlarda topib ishlatish rangtasvirning haqqoniy aks etishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan eng muhimi deb hisoblasak o‘rinlidir. Akvarel bo‘yog‘ida ishlash ham o‘z navbatida jiddiy o‘qib o‘rganishni, qattiq mashq qilishni talab etuvchi mashg‘ulotdir. Ishning nazariy qismi amaliyot bilan bir paytda puxta o‘rganib borishni taqozo etadi.Arxomatik ranglardan boshqa barcha ranglar, ya’ni biror rang tusiga ega bo‘lgan ranglar xromatik ranglarga kiradi.Quyosh spektirining barcha ranglari hamda ularning bir birlari bilan aralashtiruvidan hosil bo‘lgan xamma ranglar jumlasidandir. Shuningdek, oq rang bilan rang tuslari ham xromatik ranglar jumlasiga kiradi.
Xromatik ranglar axromatik ranglardan farqli o‘laroq, faqatgina yorug‘lik kuchlari bilan emas, balki nomlari, tuslari jihatidan xam ajralib turadi. Masalan, sariq rang qizil rangdan ham yorug‘lik kuchi bilan, ham rangining tusi bilan keskin farq qiladi. Har bir xromatik rang uchta xossaga rang tusiga , rang yorug‘ligiga (bunda kam yoki ko‘p yorqinlik ko‘zda tutiladi), rang to‘yinganligiga (bunda kam yoki ko‘p yorqinlik ko‘zda tutiladi ), rang to‘yinganligiga (rang quyuqlilgiga )ega bo‘ladi. Har bir xromatik rang ana shu uchta xossaga ko‘ra bir -biridan farqlanadi.
Rang tusi ranglarning to‘lqin uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu xossasiga ko‘ra biz ko‘z orqali qizil , sariq, zangori va boshqa spektral ranglarni ko‘ramiz hamda idrok kilamiz. Lekin rang tuslari ularga qo‘yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko‘pdir. Agar biror rangga tusining to‘lqinlar uzunligi o‘zgarmaydi. Chunki oq rang qo‘shilganda faqatgina rang yorqinligi o‘zgaradi va qaytarish kaeffisenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o‘lcham uchun fotometr degan asbobdan foydalaniladi. Rang tuslari spektor
ranglariga kanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi buladi.
Dostları ilə paylaş: |