Kafedrasi N. Ba



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə21/53
tarix27.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135394
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Kafedrasi N. Ba

«Qizil imperiya». 1917-1991 yillarda mavjud bo’lgan Sobiq Sovet Ittifoqi (SSSR) ga tarixchilar, badiiy ijod ahli va ilmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan atama. SHo’rolar davlatining bayrog’i qizil rangda bo’lganligi uchun shunday nomni olgan. g’arb ommaviy axborot vositalarida bu davllat «xalqlar turmasi» deb ta’riflangan bo’lsa, AQSH prezidenti R.Reygan (1980-1992) Sovet Ittifoqini «Yovuzlik imperiyasi» deb atagan edi. «Imperiya» so’zi lotincha so’z bo’lib, mutlaq hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini, mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.
Orol muommosi. XX-asr 60-yillaridan sovet hukumatining tashabbusi bilan O’zbekistonda paxta yetishtirish ko’rsatkichlarini yanada oshirish maqsadida yangi ekin maydonlarini ochish, irrigatsiya tarmoqlarini barpo etish kompaniyasi boshlandi. Bu rejani amalga oshirish maqsadida Amudaryo va Sirdaryoning suv resurslari paxta ekin maydonlarini sug’orish uchun sarflanib Orol dengiziga suv quyilishi umuman yo’q darajaga borib yetdi. Orol dengizining qurishi oqibatida yerlarning sho’rlanishi, tuproq unumdorligining keskin pasayib ketishi, atmosfera havosining ifloslanishi natijasida o’simlik va hayvonot dunyosining tabiiy muvozanati buzildi. Atrof muhitdagi ekologik o’zgarishlar bevosita inson salomatligiga ham jiddiy havf sola boshladi. Bu esa o’zbek xalqining ijtimoiy siyosiy hayotida orol muommosi kabi global muommoni yuzaga keltirdi. CHunki orol muommosi allaqachon O’zbekiston doirasidan chiqib yon-atrofdagi xududlar va butun mintaqaning tabiiy muvozanatini buzuvchi katta bir ekologik tahdidga aylanib qoldi. SHu ma’noda Orol muommosini sobik sovet tuzumi o’zbek xalqiga og’ir meros sifatida qoldirdi. Bugungi kunda bu muommo nafaqat mustaqil O’zbekiston davlati, balki butun xalqaro hamjamiyatning asosiy diqqat markazida turibdi.
«Tushunchalar tahlili» uslubidagi tarqatma metariallar.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin