Portfolio bo’yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio» materiallari puxta o’ylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo’yicha muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo’lishi zarur. U talabaning ushbu fan bo’yicha olgan bilimlari, bo’sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to’liq mazmunini ko’rsatishi lozim.
Mustaqil ta’lim portfoliosi bo’yicha talabalar bilimini baholash mezonlari Talaba fan bo’yicha topshiriqlarni bajargandan so’ng, uni fan o’qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda kafedrada sirtqi bo’lim talabalari mustaqil ta’lim topshiriqlarini qayd etish daftarida qayddan o’tkazadi. Fan o’qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o’qituvchisi mavzular bo’yicha navbatdagi topshiriqlar va ko’rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o’quv mashg’ulotlarini o’tkazishi mumkin.
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o’quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o’quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni yuqorida belgilangan tartiblarda himoya qiladi. Talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ta’lim portfolio 5 ballik tizimda baholanadi va oraliq baho sifatida qayd etiladi. Fan bo’yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan bo’yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi.
3-ilova (1.1.)
Ekspert varaq Vazifa
Qisqacha esse yozing-mashhur rus tarixchisi V.D. Klyuchevskiyning “Tarix shundayki, uni o’qimaydiganlarni xam o’qitadi, ularni nodonliklari uchun o’qitadi” degan fikrlarini ma’nolarini izohlab bering.