Kafedrasi N. Ba


Mustaqil ish uchun vazifalar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə24/53
tarix27.06.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#135394
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
Kafedrasi N. Ba

Mustaqil ish uchun vazifalar:
1. «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimizdir» mavzusida tarixiy insho yozish.
2. O’tilgan mavzu yuzasidan test savollari tuzish va ishlab kelish.
3. Ma’ruza matni asosida keyingi darsga tayyorlanib kelish.


5-MAVZU: O’zbekistonda demokratik, fuqorolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.



Prezidentlik hokimyati vakolatlari

Oliy Majlis vakolatlari

Siyosiy partiyalarning prezidentlik va parlament saylovlaridagi ishtiroki






















Guruhlarga bo’lib bajarish uchun topshiriq
Jadvalni to’ldiring.
1-masala.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga bir qator deputatlar guruhi tomonidan Qonunchilik palatasi Reglamentiga o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi kiritildi. Mazkur loyihaga muvofiq Qonunchilik palatasi kengashiga mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib yangi qo‘mitalar tashkil etish, vaqtinchalik komissiyalar tuzish hamda quyi palata qo‘mitalariga ayrim masalalar bo‘yicha quyi palata nomidan qaror qabul qilish vakolati berilishi nazarda tutilgan. Qaror loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, mazkur amaliyot bir qator xorijiy mamlakatlar parlamentida keng qo‘llanilayotgan bo‘lib, quyi palata faoliyatini optimallashtirish va samaradorligini oshirishga, uning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotiga ta’sirini ortishiga xizmat qiladi.
Savol:
Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida tahlil qilib, vaziyatga huquqiy baho bering.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tarkibiy tuzilmalarining shakllanish tartibi, vakolatlari va faoliyatining yo‘nalishlarini ko‘rsating.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda deputatlikka nomzod ko‘rsatish tartibini yoriting.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarga qo‘yilgan talablar va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini aniqlang.
2-masala.
Mamlakatimizga yirik miqdorda kredit ajratish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Osiyo Taraqqiyot Banki bilan olib borilgan muzokaralar jarayonida Bank ajratilgan kreditlarni tasarruf qilinishini nazoratini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining maxsus komissiyasini tashkil etish xususida o‘z taklifini bayon qildi.
SHundan so‘ng, ajratilayotgan kredit resurslari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda o‘ta muhim ahamiyat kasb etishini e’tiborga olib, moliya vazirligi maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga murojaat etdi va komissiya tarkibi bo‘yicha takliflarini bayon etdi. Komissiya tarkibiga nafaqat O‘zbekiston Respublikasi vakillari, balki Bankning ham vakillari kiritilishi nazarda tutildi.
Mazkur masala bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan rad javobi berildi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin