Ichki omillar- bu axborotni poydo bo’lish turlari, xosalari, axborotlar bilan turli
amallarni bajarish, uni jamlash uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnika – uskunaviy vositalari
orqali axborot bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot
texnologiyalari
jamiyat
axborot
resurslaridan
oqilona
foydalanishning yeng muhim omillaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir
necha bosqichlarni bosib o’tdi.
1 – bosqich. XIX asirning 2 – yarmigacha davom yetgan. Bu bosqichda «qo’llik»
axborot texnologiyalari taraqqiy yetgan. Uning vositasi pero, siyoxdon, kitob.
Kommunikatsiya ya’ni aloqa odamdan – odamga yoki pochta orqali xat vositasida
amalga oshirilgan.
2 - bosqich. XIX asirning oxiri, unda «mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning
asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3 – bosqich. XX asirning boshlariga mansub bo’lib, «yelektromexanik»
texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositasi sifatida telegraf va
telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham
o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan uning mazmunini
shakllantirishga ko’chiliriladi.
4 – bosqich. XX asir o’rtalariga to’g’ri kelib, «elektron» texnologiyalar
qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyaning asosiy vositasi EHM lar va
ularning asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va
axborot izlash tizimlaridir.
5 – bosqich. XX asirning oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda kompyuter
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga
mo’ljallangan turli dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik
vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila
boshlandi.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishiga bir tomondan ularning
texnik va dasturiy yechimlarida yangidan yangi g‘oyalar bo‘lsa, boshqa tomondan
foydalanuvchilarga ularning ma’qul kelishi sabab bo‘lmoqda. Masalan, mobil
aloqa. Hozirgi kunda mobil aloqa vositalari ekranga va virtual klaviaturaga ega
bo‘lib, kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini
bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda, ularning imkoniyatlari
kundan-kunga kengaymoqda, mobil aloqa vositalariga xizmat qiluvchi tizimlar
jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Mobil aloqa vositalalari rivojlanishi bilan
birga mobil aloqa muhiti ham rivojlanib bormoqda.