Kalit so’zlar: Axborot, axborot texnologiyasi, texnologiya, axborotli muxit, ehm, zamonaviy kompyuter texnikalari, ichki va tashqi omillar, mobil aloqa muhiti, mobil aloqa xizmati operatorlari, smartfon, iPhone, elektron hujjat


O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini



Yüklə 460,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.04.2023
ölçüsü460,4 Kb.
#94549
1   2   3   4   5   6
1-maruza

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 
rivojlantirishdagi davlat siyosati 
O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi bajarilishi 
lozim bo‘lgan vazifalar quyidagilardan iborat: 
 Me’yoriy-me’yoriy hujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish; 
 Telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish; 
 AKT va internet tarmog‘ida milliy segmentini rivojlantirish; 
 AKTni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni ko‘paytirish; 
 AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasinin oshirish; 
 Qishloq va chekka xududlarda AKTni rivojlantirish istiqbollari. 
Ko‘rishimiz mumkinki, birinchi navbatda AKT sohasida me’yoriy-
me’yoriy hujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat 
birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga 
daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish 
imkoniyatini yaratib berishi lozim. 
Hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini 
tartibga soluvchi quyidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud: 
• 
O‘zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni; 
• 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta FarMa’lumotlar 
bazasini; 
• 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid 
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. 
Quyidagi jadvalda axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar keltirilgan:
Qonunlar 
Prezident farmonlari va qarorlari 
Hukumat qarorlari 


O‘zbekiston Respublikasi Prezedentining «Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish 
va 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini 
joriy 
etish 
to‘g‘risidagi» 2002 yil 30 maydagi PF–3080 sonli farmoni e’lon qilindi. Bu farmon 
iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot 
texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy 
kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit 
yaratib berishda asosiy qadam bo‘ldi.
Bu farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikasiya texnologiyalari 
sohasida strategik ustivor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-
tadbirlarni 
ta’minlash 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
mahkamasining 2002 yil 6-iyunda qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda 2002-2010 
yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi 
ishlab chiqildi va ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, XTVdagi umumta’lim 
maktablar kompyuter bilan ta’minlandi, darsliklar chiqarildi, malaka oshirish 
mutaxassislarining har 3 yilda axborot-kommunikasiya bo‘yicha malaka oshirishi 
ta’minlandi. Bundan tashqari ushbu hujjat asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi: 
Axborotlashtirish 
to‘g‘risida (2003y.) 
Telekommunikasiyalar sohasida 
boshqaruvni takomillashtirishga doir 
chora-tadbirlar to‘g‘risida (2000y.) 
Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish 
va axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida (2002y.) 
Elektron raqamli 
imzo to‘g‘risida 
(2003y.) 
Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy 
etish to‘g‘risida (2002y.) 
Axborotlashtirish sohasida normativ-
huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida 
(2005y.) 
Elektron hujjat 
aylanishi to‘g‘risida 
(2004y.) 
Axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini yanada 
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida (2005y.) 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, Mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikasiya texnologiyalaridan 
foydalangan holda yuridik va jismoniy 
shaxslar bilan o‘zaro aloqadorligini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
(2007y.) 
Elektron tijorat 
to‘g‘risida 
(2004y.) 
O‘zbekiston Respublikasining jamoat 
ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish 
to‘g‘risida (2005y.) 
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumat portalini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
(2007y.) 
Elektron to‘lovlar 
to‘g‘risida 
(2005y.) 
Respublika aholisini axborot-
kutubxona bilan ta’minlashni tashkil 
etish to‘g‘risida (2006y.) 
Internet tarmog‘ida O‘zbekiston 
Respublikasining Hukumat portaliga 
axborotlarni taqdim etish va joylashtirish 
tartibi to‘g‘risida (2009y.) 


- AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilandi; 
- O‘zbekiston
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi 
Kengash tashkil etildi; 
-Sohada tashkiliy o‘zgartirishlar amalga oshirildi (O‘zAAA, AKTni 
rivojlantirish Jamg‘armasi, TATU tashkil etildi. 
O‘zbekiston
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
«Internet 
tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son qaroriga asosan 
Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 
rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan 
axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega 
ekanligi belgilab berilgan. 
O‘tgan vaqt moynida Portal yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib 
borildi. 
Portalning 
funksional 
imkoniyatlarni 
mukammallashtirish, 
foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor 
ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi «Ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ–1041–sonli qaroriga asosan «Qo‘shimcha modullar 
(G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi yangi Hukumat portalini ishga 
tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1- oktyabrdagi 
Internet tarmog‘ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda 
axborot kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’lim tizimiga horijiy 
ilg‘or tajribalarni, texnologiyalarni jalb etish va ulardan amalda foydalanish ta’lim 
sohasining muhim vazifalardan biri deb sanaladi. Masalan, Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti va uning filiallariga videokonferensiya aloqa 
terminallarining o‘rnatilishi yuqori malakali professor-o‘qituvchilarining 
ma’ruzalarini tinglash, unda filial talabalarining virtual tarzda ishtirok etishini 
ta’minlash, amaliy mashg‘ulotlarni birgalikda bajarish, ilmiy-amaliy konferensiya, 
semenar, treninglar, vertual ko‘rgazmalarni hamkorlikda o‘tkazish imkonini berdi. 
Ayni vaqtda filial professor-o‘qituvchilari va talabalari VPN tarmog‘i orqali 
xohlagan axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ta’limga juda katta ahamiyat berib 
kelinmoqda. Darhaqiqat, har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy 
omil – kadrlar deb hisoblanadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo‘la 
oladi. O‘sib kelayotgan barkamol, har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega 
bo‘lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish 
maqsadida chet tillarni o‘qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor vazifalaridan 
deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi 1875-sonli
“Chet tillarni o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” 
to‘g‘risidagi farmoni ushbu yo‘nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan,
yuqori malakali chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash, ta’limida axborot va media-
texnologiyalaridan keng foydalanish, darsda interfaol metodlarni qo‘llash kabi 
vazifalar shular sirasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-
sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston davlat tillari universitetiga chet 
tillari 
o‘qitishning 
Zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot-kommunikasiya
texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun chet tillari bo‘yicha yuqori malakali 
o‘qituvchilarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. “Axborot texnologiyalari til 
o‘qitishda” fanining maqsadi aynan mana shu ustivor vazifalarni amalga oshirishga 
qaratilgan. 
Xorijiy tillarni samarali o‘qitishda axborot texnologiyalarining 
imkoniyatlari juda katta va shuning uchun pedagog kadrlarni tayyorlashda uning 
o‘rni alohida. Xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari, 
texnik va dasturiy vositalarni bilish bilan birga xorijiy tillarni o‘qitishda 
multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy elektron 
ta’lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha elektron o‘quv 
kurslarini loyihalashtirish, o‘quvchilar bilimini baholash tizimlari, xorijiy tillarni 
o‘qitishda internet texnologiyalari, masofaviy o‘qitish texnologiyalari va uni 
tashkil qilish usullaridan foydalanish, video konferensiya, ommaviy on-line ochiq 
kurslar (Coursera, edX, Khan Academy, MIT Open Course Ware)ni tashkil etish 
kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 460,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin