- Elektron hujjat
- elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo
bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikasiya qilish (tanib olish)
imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo‘lgan axborot.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan
hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va
saqlanadi. Bunda bir tomondan maxsus amaliy dasturlar qo‘l keladigan bo‘lsa,
boshqa tomondan internetda axborot tizimlarining o‘zida bunday imkoniyatlar
mavjud. Bunga Google dagi masalan test yaratish va ishlatish imkoniyatlari va
unga o‘xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo‘la oladi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni
idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga
binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Dostları ilə paylaş: