Kalit so’zlar: ta'lim, sifat, tizim, maktabgacha ta'lim, psixologik-pedagogik


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 242,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.05.2023
ölçüsü242,93 Kb.
#109181
1   2   3   4   5
mamlakatimizda-va-xorijiy-davlatlarda-maktabgacha-talim-yonalishidagi-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqot-ishlari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Barcha tarbiyachilar maktabgacha ta'lim sifatini faqatgina uning psixologik-
pedagogik jihatlari nuqtai nazardan ko'rib chiqishganligini qayd etish qiyin emaski, 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 869 www.ares.uz 
bu u haqdagi tushunchani yaxshi shakllantirish uchun yetarli emas. Bunga nafaqat 
psixologiya va pedagogika, balki, falsafa, sotsiologiya, boshqaruv fanlariga oid 
bilimlarning integratsiyalashuviga asoslangan fanlararo yondashuv sharoitidagina 
erishish mumkin. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi bozor munosabatlari sharoitida sifatni 
ta'minlovchi ta'lim tashkiloti sifatida namoyon bo'lishi ham o'rganilmoqda. Shunday 
vaqtda o'ziga xos xususiyatlarini bilmasdan bunday sharoitda ta'lim sifatini 
takomillashtirish konsepsiyasini yaratish mumkin emas. 
Maktabgacha ta'lim tizimini uning sifatiga muvofiq modernizatsiyalashning 
tahlili quyidagilar o'rtasidagi bir qator ziddiyatlarni namoyon qildi: 

maktabgacha ta'lim muassasalarining ijtimoiy belgilangan maqsadlarga 
erishish usul va vositalarini tanlash doirasidagi bir talay huquq va vakolatlari hamda 
ularni amalga oshirishning ilmiy- asoslangan mexanizmi mavjud emasligi; 

maktabgacha ta'lim muassasasida shaxs va jamiyatning sifatli ta'lim olishga 
ehtiyoji va kutayotgan natijasi, talablarini qondirish uchun sharoit yaratishga 
qo'yiladigan talablar hamda real amaliyotning haqiqiy holati; 

ta'lim sifatini boshqarishga ijodiy yondashuvdan foydalanish zaruriyati 
hamda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlarida sifatni boshqarish obyektini 
tizimli ko'ra bilish mayjud emasligi tufayli ta'lim jarayonining alohida tomonlariga 
lokal ta'sir amaliyoti; 

maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim sifatining zarur darajasini 
ta'minlash maqsadida faoliyat va rivojlanish jarayonlarining o'zaro aloqalarini 
o'rnatish zaruriyati hamda maktabgacha ta'lim pedagogik tizimlarini asosan ular ega 
bo'lgan potensialni qo'llab-quvvatlash va erishilgan natijalarni saqlab qolishga 
yo'naltirish; 

ta'lim sifatini obyektiv baholash zaruriyati hamda tegishli baholash 
texnologiyalarning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi. 
Insoniyat o'z taraqqiyoti mobaynida har biri o'z alohida xususiyatlariga ega 
bo'lgan bir necha davrlarni bosib o'tdi. Sivilizatsiya taraqqiyotining u yoki bu 
davrining o'ziga xosligini belgilovchi ustuvor .belgi sifatida "inson - inson" va "inson 
- tabiat" tizimlaridagi munosabatlar maydonga chiqadi. 
Tadqiqot yo'nalishidagi mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilgan 
ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahlili sifatga yo'naltirilgan maktabgacha ta'limning 
maqsadli funksiyalari quyidagilardan iborat ekanligini e'tirof etish imkonini berdi: 



Yüklə 242,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin