Kalit so’zlar: ta'lim, sifat, tizim, maktabgacha ta'lim, psixologik-pedagogik


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 242,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.05.2023
ölçüsü242,93 Kb.
#109181
1   2   3   4   5
mamlakatimizda-va-xorijiy-davlatlarda-maktabgacha-talim-yonalishidagi-olib-borilgan-ilmiy-tadqiqot-ishlari

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-868-872 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 871 www.ares.uz 
o'zgarishlarni payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o'z ichiga 
oladi; 

intellektual malaka, o'z maqsadiga erishish uchun bolaga yangi xatti- 
harakatlarini ijro etishga va ularni bajarishga yordam beruvchi umumiy intellektual 
faoliyatni shakllanganligini nazarda tutadi; 

jismoniy malaka, bolaning o'z yosh darajasiga mos keluvchi turli harakat 
turlarini egallaganligini ko'rsatadi; 

ixtiyorivlik. bola tomonidan qoidalar va me'yorlarga muvofiq o'z xatti-
harakatini boshqarish ko'nikmasida namoyon bo'ladi; 

mustaqillik. kundalik hayotda va ishda paydo bo'ladigan turli vazifalarni 
bola tomonidan kattalarning yordamisiz mustaqil kun tartibiga qo'yish va hal qilishni 
ta'minlaydi; 

mas'uliyat. "mumkin" va "mumkin emas", "yaxshi" va "yomon", 
"xohlayman" va "kerak" o'rtasida tanlov vaziyatida paydo bo'ladi; 

tashabbuskorlik. bolaning o'z istaklariga javob beruvchi o'yinlarni, samarali 
faoliyat turlarini tashkil etishga urinishda va ularga o'z tengdoshlarini jalb qilish 
mahoratida ifodalanadi; 

ijodkorlik. ish jarayonida paydo bo'ladigan hamda o'z originalligi va 
variativligi bilan ajralib turnvchi yangi mahsulot yaratishda namoyon bo'ladigan turli 
muammolarni ijodiy hal qilishga bolaning layoqatini ko'rsatadi; 

xatti-harakat erkinligi. bolaning ijtimoiy qabul qilingan qoidalar va 
taqiqlarga rioya qilishini taqozo etuvchi harakat va faoliyat yo'nalishi, ular o'rtasida 
quyidagi to'rttasi eng muhim hisoblanadi: o'zgaga, o'zingga, tabiatga, boshqa odamlar 
yasagan narsalarga ziyon yetkazma; 

xavfsizlik. bolada o'z xatti-harakatlarining oqibatlarini his qilish va ko'ra 
bilish layoqati borligi bilan tavsiflanadi, bu unda me'yor, ehtiyotkorlik tuyg'ularining 
shakllanishi bilan bog'liq; 
O'z-o'zini anglash va o'zini baholashga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak, u 
bolada o'z timsolini shakllantirishda, kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarda o'z 
o'rnini anglashda, o'z imkoniyatlarini baholashda, hali ko'p o'qish keraklgini 
tushunishda namoyon bo'ladi. Bu shaxsning asosiy tavsiflari tizimi - maktab 
yoshigacha bolaning asosiy rivojlanish dasturi konsepsiyasida taqdim etilgan. 
Maktabgacha ta'lim sifatiga ta'sir qiluvchi tashqi muhit omillariga ijtimoiy buyurtmali 
maqsadlardan tashqari maktabgacha ta'limga davlat me'yorlari (talablari), 



Yüklə 242,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin