3-5 qavatgacha bo‘lgan uylar o‘rta qavatli Turar-joy binolari turiga kiradi. Bu xildagi uylarda xonadonlar liftsiz, faqat umumiy zinapoya orqali bog‘lanadi. Ularning qurilmalari oddiy bo‘lib, zavodda tayyorlangan industrial tayyor qurilmalardan foydalaniladi. Bu xildagi Turar-joy qurilishi zich qurilish bo‘lib, shahar maydonidan foydalanishda iqtisod qilish imkonini beradi. Hamma zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lib, qurilishda iqtisodiy jihatidan tejamlidir. Hozirgi vaqtda bunday uylar asosidagi Turar-joy qurilishi shaharlarni tashkil etadi. Sekin asta bunday uylar qishloqlarga ham tarqalmoqda.
Keyingi paytda katta Turar-joy dahalarini rivojlanishi natijasida Toshkentda va boshqa O‘zbekiston shaharlarida keng miqyosdagi 4-5 qavatli Turar-joy binolari qad ko‘tara boshladi, shundan so‘ng temir-beton konstruksiya zavodi ko‘rinishida material-texnik qurilish bazasi tashkil etildi, ya’ni katta panellli uy qurilishi, uy qurilish kombinatlari ishga tushirildi. Bir qancha anzdozali g‘isht, panel, sinch- panelli binolar seriyalari ishlab chiqarildi. Qurilish jarayonida bulardan keng ko‘lamda foydalanildi.