Kam qavatli turar-joy binolari



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə4/6
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#172819
1   2   3   4   5   6
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

4.9-rasm. Mansard tipidagi to‘rt xonali Turar-joy uyi garaji bilan.
Arxitektor I.N.Shishkov.

Ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan uy tomi bir nishabli va ikki nishabli bo‘lishi mumkin. Aralash tomli uyning birinchi qavatida ko‘pincha umumiy xona joylashtirilib, u juda baland shiftli bo‘ladi. 2 qavatli uylarda hovli bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘lanish ularni ikki yarusga joylashtirish hisobiga erishiladi. Ikki qavatli uylar bir qavatli uylardan afzalligi bilan farq qiladi, chunki ular yer sathini, tom


sathini, poydevor va stokol hamda uy hajmining ikki marta qisqarishiga olib keladi va shu bilan ularning narxi arzonroq bo‘lishiga sabab bo‘ladi (4.10-rasm).




4.10-rasm. Besh xonali ikkinchi qavati to‘liq bo‘lmagan ikki qavatli uy.
2-qavat tarhi (chapdan), 1-qavat tarhi (o‘ngdan).

2 qavatli Turar-joy uylari tomorqali uylardan tubdan farq qilmaydi, farqi shundaki, bu uylarda faqat 2 qarama - qarshi tomonga yorug‘lik (tomorqali uylarda esa 3-4 tomoni ochiq yorug‘likni xohlagan tomondan) berish mumkin. Xonadonga kirish asosan ko‘cha tomondan tashkil etilgan bo‘lib, yo‘lak bilan umumiy xona va oshxonadan hovliga chiqishga qulay sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Yozgi xona


/ayvon/ asosan hovli tomonga joylashgan bo‘lib, umumiy xona va oshxona bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi shart.
Bu uylar ko‘cha tomondan "qizil chiziqdan" 6 metr masofa tashlab quriladi. Uy oldiga panjarali gulxona, kirish va chiqish uchun darvoza yoki eshik o‘rnatiladi. Tomorqaning orqa tomoni esa tor xo‘jalik ko‘chasiga qaratilgan bo‘lib, uning xo‘jalik xonalari shu tomonda joylashtirilgan bo‘ladi.
Uy atrofiga gulzorlar, hovuzlar, yozgi oshxona, soyabonlar va daraxtlar o‘tkaziladi. Undan qolgan yer sathi sabzavotlar va mevali daraxtlar, uzumzorlar uchun ishlatiladi. Garaj uchun ham qulay joy tanlash zarur. U uy ichida ham bo‘lishi mumkin. Uylarni qulay joylashtirish uchun ularni birlashtirish, ya’ni bitta tom tagida joylashtirish mumkin.
Kam qavatli uylarni har tomondan yorug‘likka ega bo‘lishi (oriyentatsiyasi) ko‘p qavatli binolarga qaraganda uncha katta ahamiyatga ega emas, chunki past qavatli binoni daraxt va butalar bilan o‘rab ularni quyoshdan saqlash mumkin. Shuning uchun binoni g‘arbga qarab qurish mumkin. Bunday uylarda faqat yotoqxonalarni shimol tomonga qaratishdan saqlanish lozim, u yerda yaxshi sanitar- gigiyena sharoitini yaratish lozim. Vannaxona va hojatxonalarni tabiiy yoritish tavsiya etiladi, chunki bunday binolarda bunga imkoniyat bor (4.11-rasm). Kir yuvish asosan vannaxonada bajariladi. Vannaxonaning 2-qavatda joylashishi noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun eng qulayi oshxona yoniga maxsus kir yuvadigan xonaga kir yuvish mashinasi, suv ketadigan joy, dazmollash va kiyimlarni taxlaydigan joy, quritish shkafini joylashtirishdir.
Ikki xonadonli (juft) uy bir umumiy devorga ega bo‘lgan ikkita bir xonadonli xonadonlar birlashuvidir. Bunda ikki xonadonli uy tashqi devorlari perimetri har bir xonadon uchun kichik bo‘ladi, bu tashqi devorlar uchun materiallarni va isitish uchun harajatlarni kamaytirib, iqtisodga olib keladi. Bundan tashqari, ikki xonadonli uylarni qurish yer maydoni kengligini kamaytirishga imkon beradi, bu o‘z navbatida, ko‘chalar va barcha kommunikatsiyalarning umumiy uzunligini qisqartiradi. Natijada, bir xonadonga to‘g‘ri keluvchi, ko‘chalar va muhandislik kommunikatsiyalari, xuddi shunday maydonli bir xonadonli uylar qurilishi bilan taqqoslaganda, taxminan 25-30% ga qisqartiradi.




Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin