Kam qavatli turar-joy binolari



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə3/6
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#172819
1   2   3   4   5   6
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

4.6-rasm. Uch xonali bir qavatli uyning hajmiy-tarhiy tuzilmasi:
1-umumiy xona; 2-yotoqxonalar; 3-xo‘jalik hududi; 4- sanitar tugunlari.


Ikki qavatli uylar. Umumiy maydoni 90m2 dan ko‘p bo‘lgan bir xonadonli uylarni ikki qavatli qilib loyihalash maqsadga muvofiqdir. Bunday uylar kottej tipli uylar deb nomlanadi. Birinchi qavatda odatda tamburli kirish yo‘lagi, umumiy xona, yotoqxonalardan biri, oshxona, xo‘jalik xonalari joylashadi.
Ikkinchi qavatda odatda yotoqxonalar joylashadi. Yotoqxonalar soniga qarab, ikkinchi qavat qisman yoki to‘liq band qilingan bo‘lishi mumkin. Ikki qavatli(sathli) uylarning bir necha turlari mavjud: mansardli uy, ya’ni 2-qavati to‘liq emas, pol sathi qo‘zg‘aluvchi uy, bunda uyning bir qismi bir qavatli bo‘ladi (4.7, 4.8-rasmlar).




4.7-rasm. Turar uylarning ikki sathli (qavatli) qilib yechish usuli:
a- mansardli uy; b-xonadonning bir qismi ikkinchi qavatda joylashgan (chordoqsiz yoki chordog‘ bilan); c-xonadonning xamma qismi ikki qavatda joylashgan (chordoqsiz yoki chordog‘i bilan); d-qiyalikda joylashgan uy; e-mansardli uyning qirqim qismidan fragment.



4.8-rasm. Har xil sathli besh xonali turar-joy xonadoni.
Mansardli uyda yuqori qavat xonalari chordoq chegarasida joylashadi. Tom nishabi 45º dan kam bo‘lmasligi kerak. Tom nishabining burchagi bundan kam bo‘lsa, mansardli qavatni o‘rnatish mumkin emas. Chordoqdan to‘liq foydalanish uchun, yuqori qavat xonalari shifti kesilgan burchakli bo‘ladi. Kesilgan qismlar devorlari balandligi 1,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Murakkab shaklli tomni o‘rnatishda, nishablar kesikli bo‘lganda, cherdak fazosidan to‘liq foydalaniladi – shiftlar gorizontal bo‘lib, devorlar bir balandlikka ega bo‘ladi (4.9-rasm).


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin