3. Jahon tarixi fani mavzularini o‘tishda o‘qituvchining kreativ yondashuviga
oid mulohazalar
Hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik innovasiyalarni keng
ko‘lamda qo‘llash jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Pedagogik
innovasiyalar ko‘lamining ortib borishi, mamlakatda modernizasiya jarayoni tez
sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni davrda ta’lim sohasiga yangiliklarni tizimli
ravishda kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ammo ko‘plab pedagogik
innovasiyalarning yaratilayotganiga qaramay, ta’lim jarayonlariga o‘qitishning
yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini tatbiq etish bo‘yicha pedagogik
tadqiqotlarni joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda Jahon tarixi fani
o‘qituvchisining o‘z faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid yangiliklarni
muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish
mahoratiga ega bo‘lishi bugungi kunning muhim talabidir.
Shuningdek, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha tarixchi-pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ko‘tarishda talabalarni
ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Bugun fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o‘quv dasturlari
mazmuniga tez kiritish talab etiladi va bu orqali, zamonaviy bilimlarni
shakllantirishga zamin hozirlanadi. Bundan tashqari zamonaviy o‘qitish
texnologiyalari, ular bilan bog‘liq metodik yondashuvlar bo‘lajak o‘qituvchilarda
zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko‘plab fundamental tushunchalarni nisbatan
yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
Bo‘lajak tarix o‘qituvchisining chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish
mahoratiga ega bo‘lishi ma’lum fan asoslari borasida unda yetarli nazariy hamda
amaliy bilimlarning, ta’lim jarayonida yangiliklardan unumli foydalanish
malakasining qanchalik shakllanganligiga bog‘liqdir.
Ma’lumki, bugun barcha davlatlar ta’limga imkon qadar ko‘p yangilik
kiritishga intilmoqda. Bugungi yangiliklar ularga uyushgan, rejali, ommaviy
yondashuvni talab etadi. Yangiliklar kelajak uchun uzoq muddatli investisiyalardir.
Novatorlikka qiziqish uyg‘otish, yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash
uchun ta’limning o‘zi yangiliklarga boy bo‘lishi, unda ijodkorlik ruhi va muhiti
hukm surishi lozim. Ana shunday dolzarblikdan kelib chiqqan holda, bugungi kunda
pedagogikaning mustaqil sohasi - pedagogik innovatika jadallik bilan rivojlanib
bormoqda.
Ayniqsa, Jahon tarixi fani o‘qituvchisi novator bo‘lishi shart. Novatorlik va
yangilik - madaniyat, ta’lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati.
An’analar
va
yangiliklarning
xilma-xil
munosabatlariga
tayanib,
madaniyatshunoslar jamiyatni an’anaviy va zamonaviyga ajratib ko‘rsatishadi.
An’anaviy jamiyatda an’ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy
jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi.
Yigirmanchi asrning so‘nggi yillarida jahon miqyosida ta’lim sohasida
yuzaga kelgan quyidagi “inqiroz”li holatlar “qo‘llab-quvvatlovchi” ta’limning
muqobili sifatida “innovasion” ta’limni rivojlanishining asosiy sabablaridan biri
bo‘ldi. Turli davlatlarda uning xilma-xil shaklda namoyon bo‘lishida quyidagi
umumiy jihatlar yorqin namoyon bo‘lmoqda:
1)
ijtimoiy amaliyot rivojlanishi ehtiyojlari va oliy ta’lim bitiruvchilarining
real tayyorgarlik darajasining o‘zaro mosligini ta’minlash;
2)
Respublikamiz ta’lim tizimida tarix faniga yangi maqsadlarning qo‘yilishi
hamda darsning tashkiliy tuzilishi va shakllarining o‘zgarishi;
3)
ta’lim jarayoniga o‘quvchilarning qiziqish va imkoniyatlarining ortishi.
Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi fanining kirish imtihonlariga majburiy fan sifatida
kiritilishi bu jihatdan ahamiyatlidir.
1979 yilda “Rim klubi” a’zolari “o‘zining asosida avval ma’lum,
takrorlanuvchi vaziyatlarga tuzatish kiritish uchun taqdim etilgan metod va
qoidalarni ifoda etuvchi” ta’lim tizimini “qo‘llab-quvvatlovchi” ta’lim deb
nomlashdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uning muqobili sifatida “innovasion
ta’lim” tushunchasi ham qo‘llanila boshlandi.
Ilm-fan va ishlab chiqapishning jadal rivojlanishi jamiyatni iqticodiy tapaqqiy
ettirish bilan bir qatopda ijtimoiy munosabatlar mazmunida ham tub
o‘zgapishlapning po‘y berishiga zamin yapatmoqda. Shuningdek, iqtisodiy sohada
bo‘lgani singari ijtimoiy, shu jumladan, ta’lim sohasida ham texnologik yondashuvni
tatbiq etishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki,
pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar bilan
yangi o‘zlashtiriladigan bilimlar oracida muctahkam bog‘lanishlarning yuzaga
kelishi bilan belgilanadi.
Mazkur jarayonda Jahon tarixi fani o‘qituvchisi quyidagi qoidalarga amal
qilish talab etiladi:
-
teng qiymatli (ekvivalent) amaliyot qoidaci: ta’lim oluvchilarning ta’lim
jarayonidagi xatti-hapakatlari test o‘tkazish yoki imtihon davrida ta’lim oluvchi
tomonidan tashkil etilishi kutiladigan xatti-harakatlarga to‘la mos keladi;
-
o‘xshash amaliyot qoidaci: ta’lim oluvchilar codir etilishi kutilayotgan xatti-
harakatlarini tashkil etish majburiyatiga ega bo‘lmay, balki mohiyatan shunday
bo‘lgan sharoitlarda mashq qilish imkoniga ega bo‘ladilar;
-
natijalarni aniqlash qoidaci: ta’lim oluvchining har bir xatti-harakatining
mazmunini baholash natijalari bo‘yicha ma’lumot berish, mazkup shartga akcariyat
hollarda joriy nazoratni tashkil qilish jarayonida rioya etiladi;
Real ta’lim amaliyoti ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy
etish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishini to‘liq tasdiqlamoqda. Biroq ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni oliy ta’lim jarayoniga qo‘llash bilan bog‘liq bir qator
muammolar ham ko‘zga yaqqol tashlanmoqdaki, ularni e’tiborga olish va hal etish
ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday dolzarb muammolar sirasiga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) ta’lim tizimida Jahon tarixi fanlari bo‘yicha qo‘llash uchun mo‘ljallangan
interfaol metodlar tasnifi va ularning mazmun-mohiyatini yoritib beruvchi o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarning yetarli emasligi. Garchi respublikamizda pedagogik
texnologiyaga doir qator o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan,
mazkur o‘quv qo‘llanmalar asosan interfaol metodlarga faqat ta’rif berish, mazmuni
va qo‘llash bo‘yicha umumiy xarakterga ega. Ularda alohida fan va uning
mavzulariga doir metodik ko‘rsatmalar aniq o‘z ifodasini topmagan. Mazkur holat
oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining interfaol metodlarni qo‘llashga doir
ma’lumotlardan to‘la xabardor bo‘lmasligiga olib kelmoqda. Ta’lim jarayonini
kuzatish professor-o‘qituvchilar keng qo‘llaydigan interfaol metodlar juda
kamchilikni tashkil etishini ko‘rsatadi.
2) Jahon tarixi fanlaridan dars olib borayotgan professor-o‘qituvchilar
interfaol metodlarni qo‘llashda metodik qoidalarga to‘liq rioya etishlari lozim.
Boshqacha aytganda, interfaol metodlar fanning o‘ziga xos xususiyati, mavzuning
maqsad va vazifalari, talabalarning yosh xususiyatlari, mashg‘ulot shakli,
auditoriyada maqbul shart-sharoitning mavjudligi kabi jihatlarni aniq hisobga olgan
holda qo‘llash lozim. Oddiy bir misol: o‘qituvchilar, ayniqsa, yosh o‘qituvchilar
deyarli har bir mashg‘ulotida klaster metodini qo‘llaydi. Eng qizig‘i, mazkur metod
orqali o‘quv maqsadiga erishish mumkin yoki mumkin emasligidan qat’iy nazar
undan foydalanish holati ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, uch-to‘rt doirani chizish
orqali tarmoqlar hosil qilish ham mumkin emas. Mazkur metod talabalarning
ma’lum bir narsa-hodisa, jarayon yoki tushunchaga oid fikrlarini umumlashtirish,
ularni tizimlashtirish maqsadida qo‘llaniladi. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda,
klaster metodidan o‘tilgan materialni mustahkamlash bosqichidagina foydalanish
mumkin. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, interfaol metoddan noo‘rin
foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga emas, aksinchi mashg‘ulot sifatini
pasaytirishga olib keladi;
Tarix ta’limi jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish an’anaviy
o‘qitish tizimining muqobili sifatida xizmat qilishi lozim. Chunki barcha auditoriya
mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llashga zaruriyat yo‘q. Eng asosiysi,
texnologik yondashuv asosida o‘quv mashg‘ulotida kutilgan natijaga erishilishi
lozim. Mazkur jarayonda maqsadga erishishga imkon beruvchi istalgan maqbul
metodlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning
texnologik yondashuvni noto‘g‘ri talqin etgan holda, ma’ruza mashg‘ulotlarini
talabalarning o‘zlari tomonidan o‘tib berilishini talab qilishlari ham maqsadga
muvofiq emas. Ma’ruza mashg‘ulotiga nisbatan bunday yondashuv uning
samaradorligini ta’minlashga to‘liq xizmat qilmaydi. Tarix o‘qitishning asosiy
shakli sifatida ma’ruzaga qo‘yiladigan metodik, shu jumladan, ma’ruzachiga
qo‘yiladigan talablar mavjud. Mazkur talablarning to‘liq bajarilishi tarix fani
o‘qituvchisi orqaligina samarali amalga oshishi mumkin. Faqat anjuman-ma’ruza
mashg‘ulotlarini talabalarning ma’ruzalari asosida tashkil etish imkoniyati mavjud
va bu sohada respublikamizda katta tajriba to‘plangan. Bunda ham anjuman-
ma’ruzani tashkil etish va o‘tkazish talablariga rioya qilinishi lozim.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim tizimida pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi metodik
vazifalarni muvafaqqiyatli hal etish lozim:
1) Jahon tarixi fani o‘qituvchisi “interfaol metod”, “strategiya”, “texnologiya”
kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini aniq tushunib olishlari lozim. Mazkur
tushunchalarning mohiyatini to‘g‘ri anglay olmaslik ularni qo‘llashda ko‘plab
metodik qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oliy ta’limda asosiy e’tibor o‘qitish
jarayonini loyihalash (texnologik model) va rejalashtirish (texnologik xarita)ga,
ya’ni texnologizasiyaga qaratilishi kerak;
2) Jahon tarixi fanlarini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan
foydalanishda metodik qoidalar va ko‘rsatmalarga rioya qilinishi kerak. Aniq
metodik ko‘rsatmalarga rioya etish orqali intferfaol metodlarni samarali qo‘llash
imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa ta’lim sifatining oshishiga xizmat qiladi;
3) fanlar bo‘yicha ta’lim texnologiyalarini yaratishda xilma-xillik, ijodiylik,
innovasion yondashuvlarga asoslanish, bir qolipga tushib qolishdan saqlanish
maqsadga muvofiq. Mazkur jarayonda fanlarning, mashg‘ulot shakllari,
mavzularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish o‘rinli
bo‘ladi;
Bugungi kunda Jahon tarixi fani o‘qituvchisiga qo‘yiladigan muhim talablar
quyidagilar deb hisoblaymiz:
1.
Tarixni o‘tmishda va hozirda kechayotgan shunchaki dalil va raqamlar hamda
voqeliklar jarayonigina deb qarash emas, balki ma’naviy meros, hayot va
yashash, istiqbol poydevori sifatida idrok etish salohiyatiga ega bo‘lish.
2.
O‘zbekiston va Jahon tarixi voqeliklarini teran kuzatib borish, O‘zbekiston
tarixi umumjahon tarixining ajralmas bir qismi ekanligi, shuningdek, o‘ziga
xos taraqqiyot xususiyatlariga egaligini ham nazardan qochirmaslik.
3.
O‘z bilim va ko‘nikmalarini doimo takomillashtirib borish, har bir o‘tiladigan
Jahon tarixi mavzusini “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” bilan bog‘lab
o‘quvchi va talabalar ongiga singdirish uslubini qo‘llash.
4.
O‘qituvchi ilm-fan va texnologiya sohasida yuz berayotgan intensiv
o‘zgarishlarni ilg‘ay olishi, ommaviy-axborot vositalari, internet
ma’lumotlarini, innovasiyalarni o‘tiladigan Jahon tarixidan har bir dars
jarayoniga olib kirishi, ta’limni samarali bo‘lishi uchun zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishi kerak.
5.
O‘quvchi va talabalarni O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo mintaqasida hamda
jahonda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlardan
mutassil xabardor qilib turish uchun Jahon tarixi fani o‘qituvchisi doimiy
o‘zini-o‘zi takomillashtirishga e’tibor qaratishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |