2. Jahon tarixining "1918-1939 yillarda Turkiya" mavzusi bo‘yicha
innovasiyalar va interfaol metodlarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar
2.1. “1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusining dolzarbligi va umumiy tavsifi
2.2.“1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusiga oid qo‘shimcha manbaviy
materiallarning amaliy ahamiyati
2.3. Mavzu yuzasidan interfaol metodlarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar
2.1.
“
1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusining dolzarbligi va umumiy tavsifi
Tarixiy bilim va tushunchalarni egallashda dunyo mamlakatlarida
kechayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy jarayonlardan xabardor
bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, dunyo ko‘p qutbli bo‘lgan hozirgi davrda
tinchlik va xalqaro hamjihatlikning roli oshib borayotganligi isbot talab qilmaydi.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqib, Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi
talabalariga, shuningdek, o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
o‘quvchilariga o‘quv rejasiga asosan o‘tilayotgan “Jahon tarixi” fanini chuqur va
mukammal o‘rgatish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Jahon tarixi”
fani o‘quv dasturi
1
da va o‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-
1
Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2017 йил 28 августдаги 607-
сонли буйруғи билан тасдиқланган “Жаҳон тарихи” фан дастури. –Тошкент. 2017. -45 бет
hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun “Jahon tarixi (1918-1991 yillar)”
nomli darsligi
2
da Turkiya tarixiga salmoqli sahifalar ajratilgan.
Demak, tarix fani o‘qituvchisi “1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusidagi
dars mashg‘ulotlari (ma’ruza, seminar, aralash dars)ni o‘z kompitentsiyasi va
zamonaviy metodologiyasi asosida ta’limiy, tarbiyaviy, innovasion keng qamrovli
tashkil etishga mas’ul hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi darsliklardan tashqari
qo‘shimcha innovasion materiallardan foydalanishi juda zarurdir. Mazkur metodik
qo‘llanma tarix fani o‘qituvchilariga yuqoridagi talablarni amalga oshirishlari uchun
xizmat qiladi.
Tarixiy ilm va tushunchalarni egallashda ikki jahon urushi oralig‘ida dunyo
mamlakatlarida kechgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy jarayonlardan
xabardor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, dunyo ko‘p qutbli bo‘lgan
hozirgi davrda tinchlik va xalqaro hamjihatlikning roli oshib borayotganligi isbot
talab qilmaydi. 1918-1939 yillarda Turkiya mavzusini chuqur va mukammal
o‘rganish dolzarblik kasb etadi.
Ikkinchidan, XX asrning 20-yillarida BXSR-Turkiya o‘rtasidagi aloqalarning
yo‘nalishlari hamda tarixiy tajribasidan xulosalar chiqarish ham muhimdir.
Jahon tarixi fanidan “1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusini atroflicha va
keng qamrovli o‘rganish uchun 1917-1930 yillarda Turkistonda chop etilgan davriy
matbuot materiallari, mavzuga oid qo‘shimcha boy ma’lumotlar beradi. Jumladan,
1920-1929 yillarda Buxoroda dunyo yuzini ko‘rgan, Buxoro mahalliy matbuot
organlari- “Buxoro axbori” va “Ozod Buxoro” gazetalari
3
da Turkiyaning urushdan
keyingi o‘n yilliklaridagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy ahvoliga oid ko‘pgina
ma’lumotlar keltirilgan. Turkiyadagi siyosiy ahvol, uning birinchi rahbari Mustafo
Kamolning faoliyati to‘g‘risida ko‘p voqeliklardan voqif bo‘linadi. Ayniqsa,
Turkiya - BXSR o‘zaro diplomatik aloqalari tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar
mahalliy matbuot sahifalarida keltirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha adabiyotlar
sirasiga taqdir taqozosi bilan Turkiyaga muhojirlikka ketishga majbur bo‘lgan
vatandoshlarimiz haqidagi istiqlol yillarida yaratilgan kitob va maqolalardan ham
foydalanish ma’lumotlar doirasini kengaytiradi.
2
Жаҳон тарихи [Матн]: ўрта таълим муассасаларининг 10-синфи ва ўрта махсус, касб-ҳунар
таълими муассасаларининг ўқувчилари учун “Жаҳон тарихи (1918-1991 йиллар)” дарслиги
/Ш.Эргашев, Б.Ходжаев, Ж.Абдуллаев. –Тошкент: “Турон-Иқбол”. 2017.-144 б.
3
“Бухоро ахбори” газетаси БХСР Марказий Ижроия Қўмитаси матбуот органи бўлиб, 1920 йил 9
сентябрдан 1923 йил октябргача чоп этилган. Газета ўзбек тилида, ислоҳ қилинган араб имлосида,
сарғиш рангли ўртача сифатдаги қоғозда, ҳафтада 1-2 марта, 1500-2000 нусхада чиқарилган. 1923
йил 16 октябрдан “Озод Бухоро”номида газета нашр қилина бошланган. Бу газета 1930 йил октябр
ойигача чиқиб турган.
Газеталарнинг тўлиқ тахламлари бугунги кунда Ўзбекистон Республикаси Марказий Давлат
архиви (Ўзбекистон МДА) ва Абу Али Ибн Сино номидаги Бухоро вилояти марказий
кутубхонасида сақланмоқда.
Dars jarayonida o‘qituvchi o‘tgan mavzuni mustahkamlash bosqichini
yakunlab, darsning yangi mavzu bo‘limida mavzuni umumiy tavsiflaydi (1-reja
bayoni orqali) va qo‘shimcha manbalar orqali o‘quvchilarga mavzuni tushuntirish
uchun mavjud materiallarni ikki guruhga ajratib oladi. Birinchidan, “Buxoro axbori”
va “Ozod Buxoro” gazetalarida Turkiya milliy mustaqilligini to‘la ta’minlash
yo‘lida har qanday qurbonlar berishga tayyor ekanligi, xalqaro anjumanlarda o‘z
izzat-nafsini himoya qilayotganligi bilan bog‘liq fikr-mulohazalarga boy maqolalar
e’lon qilinganligini, Turkiyaning siyosiy, iktisodiy, madaniy hayoti bilan bog‘liq
xabarlarga salmoqli o‘rin ajratilgan bo‘lib, «Sharq dunyosida Turkiya: Millat
Majlisiga kimlar saylandi?», «Turkiya-Polsha shartnomasi», «Turkiyada Albaniya
hay’ati», «Turkiyada yangi Amerika shirkati», «Turkiyada Milliy Majlis ochildi»,
«Turkiya hukumatining Shimoliy Amerika Jumhuriyatiga murojaati», «Turkiya-
Armaniston munosabatlari», «Istambul bo‘shatildi», «Turkiyaga mutaxassislarni
jalb qilish», «Turkiya urushga qaror bergan»
4
, kabi o‘nlab xabar va maqolalar gazeta
sahifalarida mavjudligini qayd etadi.
Ikkinchidan, «Buxoro axbori»da Turkiya Respublikasinning birinchi
prezidenti, kamolchilar inqilobining tashkilotchisi va rahbari, yirik davlat arbobi,
XX asr buyuk shaxslari qatoridan munosib o‘rin olgan Mustafo Kamol posho (1881-
1938, 1923-1938) shaxsiyati hamda faoliyatiga bog‘liq bir qator maqolalar chop
etilganligini, (hatto, «Ozod Buxoro» gazetasining 11(224)-sonida Mustafo
Kamolning kiyofasi aks ettirilgan) gazetalarda «Inqilobiy turk askarlarining
boshlig‘i qahramon - Kamol posho», «Mustafo Kamol-Millat Majlisi raisi»,
«Mustafo Kamol posho- Jumhurrais», «Mustafo Kamol posho va sovet rahbarlari»
5
,
kabi yirik maqolalar bosilganligini, bularda uning hayot yo‘li, siyosiy faoliyati,
harbiy qo‘mondonlik mahorati, Turkistonga munosabati atroflicha bayon
qilinganligi aytiladi.
Tarix fani o‘qituvchisiga dars mashg‘ulotining yangi mavzuni
mustahkamlash qismi uchun bir necha interfaol usullardan foydalanishga tavsiya
beriladi.
Usmoniylar imperiyasi Germaniya va uning ittifoqchilari safida turib Birinchi
jahon urushida qatnashdi va mag‘lubiyatga uchradi. Imperiya hududi okkupasiya
qilindi. Antanta mamlakatlari Usmoniylar imperiyasiga qarashli yerlarni bo‘lib olish
rejasini tuza boshladilar. Imperiyaning o‘z hududidan tashqaridagi barcha yerlari
anneksiya qilindi va 1919 yili Parij konferensiyasi qaroriga ko‘ra Millatlar
Ligasining mandati ostiga o‘tdi. Gʻarb davlatlari Turkiyaning hududiga ko‘z tika
boshladi. 1920 yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiya hududi bir guruh Yevropa
4
«Бухоро ахбори» 1923 йил 2 август.185-сон, 7 август 187-сон, 11 август 188-сон, 15 август 190-сон,
29 август 195-сон, 5 октябр 210-сон, 10 октябр 212-сон, 12 октябр 213-сон.
5
Ўша газеталар. 106-сон, 1922 йил 29 октябр. 193-сон 1923 йил 24 август.
davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda tutildi. Ularning surbetlarcha harakati turk
xalqining g‘azabini oshirdi. Mamlakatda qarshilik harakati boshlandi. Harakatga
Dostları ilə paylaş: |