2.3. Mavzu yuzasidan interfaol metodlarni tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar Mazkur mavzuni o‘tishda o‘qituvchi yuqorida keltirilgan qo‘shimcha
materiallarni yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quv mashg‘ulotiga
joriylantirsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, tarix fani
o‘qituvchisiga “1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusidagi darsni mustahkamlash
qismida qo‘yidagi interfaol usullardan foydalanishga tavsiya beriladi.
“Konseptual jadval” dasturi orqali “1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusidagi
muammoli voqeliklarning sabab va omillari, uning yechimi, tegishli yakuniy
xulosalar asosida amalga oshiriladi. “Venn texnologiyasi” asosidagi qiyoslash uslubi
orqali “Turkiya” va “Eron” davlatlariga xos bo‘lgan umumiy belgilar tahlil etilishi,
“T-chizma” usuli bilan M.Kamol hukumati olib borgan siyosatning ijobiy yoki
salbiy tomonlari izohlanishi, “Klaster” usuliga “Yevropacha islohotlar”
tushunchasini kengroq mulohaza qilinishi, shuningdek, o‘yinli pedagogik
texnologiyalar hisoblangan “5 daqiqa”, “Pochta”, “Kichik guruhlarda ishlash”,
“Aqliy hujum”, “Qarorlar shajarasi”, “Moʻjizalar maydoni”, “Zakovat” kabilarni
dars jarayonida samarali qo‘llasa o‘quvchilar faolligi yanada oshadi.
Interfaol usullardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar: O‘quvchilar 4 guruhga ajratiladi. Har bir guruhga alohida topshiriqlar beriladi
1-guruh uchun topshiriq : “Konseptual jadval” orqali muammoli
voqeliklarning sabab va omillari, uning echimini izohlanishi kerak. Tegishli yakuniy
xulosalar esa o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Muammoning
mazmuni
Sabab va omillari
Muammoning
yechimi
Xulosa
1. Qanday
omillarga
asoslanib,
Turkiya
davlat
sifatida parchalanib ketmadi?