Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish



Yüklə 364,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix24.12.2023
ölçüsü364,13 Kb.
#193681
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82

general Mustafo
Kamol posho 
rahbarlik qildi. 
Gʻarb davlatlari tomonidan qo‘llab-quvatlangan Gresiya armiyasi Turkiya 
hududiga kiritildi. Shu tariqa Turkiya-Gresiya urushi boshlandi. Uzoq davom etgan 
janglardan so‘ng 
1922 yil oktabrga 
kelib, M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya 
hududini ozod qildi. 
1922 yil 1 noyabr 
kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi sulton 
hokimiyatini bekor qilish to‘g‘risida 
qaror qabul qildi. Sulton Mexmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi. 
1923 yili Lozannada
Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan 
M. Kamol hukumati imzolagan yakuniy shartnomaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereniteti 
va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi. 
1923 yil 29 oktabrda 
Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M. Kamol 
respublika prezidenti etib saylandi. Mamlakatda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan 
islohotlar boshlandi. 
Islohotlarning bosh maqsadi – mamlakatni modernizasiya qilish deb e’lon 
qilindi. Bu Yevropa sivilizasiyasining barcha taraqqiyparvar jihat- larini qabul qilish 
va ularni Turkiya sharoitiga moslashtirishni anglatar edi. Islohotlarning birinchi 
tamoyili dunyoviylik, dinni davlatdan ajratish bo‘ldi. Arab alifbosidan voz kechib, 
lotin alifbosi joriy qilindi. Yevropacha nasab (familiya) kiritilib, Buyuk millat 
majlisi M. Kamolga rasman 
«Otaturk» 
(turklar otasi) degan nasabni berdi. 


1920 yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiyaning taqsimlanishi. 
1920 yillari iqtisodiy siyosatning asosiy yo‘nalishini chet ellik mulkdorlardan 
sanoat korxonalari, infratuzilma obektlari, temir yo‘llarni sotib olish, milliy sanoatni 
yaratish tashkil qildi. 
Otaturk tashqi siyosatining asosiy vazifasi Turkiyaning xalqaro obro‘sini 
oshirishga qaratildi. 
1932 yili 
Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan Turkiya barcha 
davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga harakat qildi. 
M. Kamol Germaniya bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi. Turkiya 
tashqi savdosining katta qismi Germaniya hissasiga to‘g‘ri 
kelardi. 
1941 yili 
Germaniya bilan do‘stlik shartnomasi imzolandi. Turkiya Ikkinchi 
jahon urushida rasman betaraf qolgan bo‘lsa-da, hukmron doiralarning katta qismi 
Germaniyaga xayrixoh edi
6


Yüklə 364,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin