kuchaydi va so‘l kuchlar quvg‘in ostiga olindi. Mamlakatda harbiylar, ayniqsa,
«Yosh ofiserlar» deb ataluvchi radikal kayfiyatdagi guruhlar ta’siri keskin kuchaydi.
Ular ko‘ppartiyali parlament tizimidan voz kechishni, mamlakatda diktatura
o‘rnatishni, tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytirishni talab qildilar. Hukumat
boshlig‘i
general Giiti Tanaka
ham ular tomonida bo‘ldi va bu 1920-yillar oxiri
1930-yillar boshlarida «Yosh ofiserlar» tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga
oshirilishiga va, hatto,
1932 yil mayda
isyon ko‘tarilishiga olib keldi. Isyon
muvaffaqiyat qozonmadi, ammo Yaponiya «Yosh ofiserlar» ta’siri ostida
bosqinchilik yo‘lidan jadal ketdi. Yaponiyada shakllangan totalitar tizim o‘ziga xos
avtoritar-monarxistik shaklga ega edi. Osiyoda hukmronlik qilish uchun keng
miqyosli urush sharoitida bu avtoritar-monarxistik rejim yangi jihatlar kasb etdi.
Mamlakatning hukmron doiralari yangi siyosiy va iqtisodiy tizim yaratish siyosatini
e’lon qildilar.
«Yangi siyosiy tizim»
deganda, jamiyat ustidan harbiy-davlat
byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati tushunilar edi. Shu tariqa, Yaponiyadagi
hukmron rejim asta-sekin totalitar xarakter
kasb etib bordi: parlament demokratiyasi belgilari bekor qilindi, iqtisod to‘liq davlat
nazorati ostiga o‘tdi, yapon millatining buyukligi to‘g‘risidagi g‘oyalar rejimning
mafkuraviy tayanchi bo‘lib xizmat qildi, aholining qo‘llab-quvvatlashini ta’minladi.
Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning tajovuzkor tashqi
siyosatini belgilab berdi. Bu siyosat
1931-yili
Xitoyning Manchjuriya
provinsiyasining bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan Manchjou-Go
qo‘g‘irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. Millatlar Ligasi bu qo‘pol
bosqinchilikka keskin qarshi chiqqanligi uchun Yaponiya 1933-yili bu tashkilotdan
chiqdi.
Dostları ilə paylaş: