1936-yil noyabrda
Yaponiya va Germaniya
antikomintern
pakti
deb ataluvchi hujjatni imzoladi va 1937-yili unga Italiya ham qo‘shildi. Shu
tariqa
«Berlin – Rim – Tokio»
uchburchagi deb ataluvchi tajovuzkor davlatlar
ittifoqi vujudga keldi. 1937-yil yozida yaponlar Xitoyga qarshi keng miqyosdagi
urush harakatlarini boshlab yubordi.
1938-yili
general Fumimaro Konoye hukumati
mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o‘rnatish ekanligini e’lon qildi.
1938-yil iyul – avgust
oylarida SSSRning Uzoq Sharqdagi Hasan ko‘li
atrofida sovet-yapon chegara mojarosi keng ko‘lamli urush harakatlariga aylanib
ketdi. Shiddatli janglardan so‘ng yaponlar SSSR hududidan quvib chiqarildi. 1939-
yil mayda yaponlar Xalxin-Gol daryosi yonida Mo‘g‘uliston hududiga bostirib kirdi.
Sovet qo‘shinlari qo‘shni mo‘g‘ullarga yordamga keldi. 1939-yil sentabrgacha
davom etgan urush miqyosi bo‘yicha Hasan ko‘li atrofi dagi janglardan ancha yirik
edi. Bu urush ham yaponlarning mag‘lubiyati bilan tugadi. Shundan so‘ng,
1941-yil
5-aprelda
Yaponiya SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi
25
.
2.
“1918-1939 yillarda Yaponiya” mavzusini o‘rganishga oid qo‘shimcha
materiallar
Sovet hukumati yillarida oynai-jahon orqali va ko‘chma lentalarda namoyish
qilinadigan badiiy va hujjatli filmlar asosan mustabid mafkura manfatlariga xizmat qilar
edi. Mintaqamiz halqlariga namoyish qilinadigan kinofilmlarning aksariyati
«bosmachilik» harakati va ikkinchi jahon urushi yillaridagi voqealar tafsilotini bayon
qilar, film boshida og‘ir ahvol hamda qiyin vaziyatda qolgan sovetlar, uning so‘ngida
muvaffaqiyat va g‘alaba nashidasini surardi. Ko‘p hollarda esa tarixiy haqiqat buzib
talqin qilinardi. Respublikamiz istiqloli tufayli O‘zbekiston jahonga, jahon
O‘zbekistonga yuz burdi. Bir paytlar Buyuk ipak yo‘li orqali o‘zaro mustahkam
bog‘langan Sharq mamlakatlari bilan asriy an’anaviy aloqalarimiz yangidan buloq
ko‘zini ochdi. Nafaqat urf-odatlarimizda balki musiqa va ohanglarimizda, kundalik
turmush tarzimizda, madaniyatimizni barcha jihatlari hamohanglik mavjud bo‘lgan
Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar bilan hamkorligimizning yangi zarhal harflar
bilan bitilgan sahifalari ochilmoqda.
Istiqlol yillarida xorijiy mamlakatlarning respublikamiz oynai-jahonida o‘nlab
teleseriallar namoyish qilindi. Filmlar orqali biz yer yuzi turli mintaqalarida istiqomat
qilayotgan xalqlarning hayoti, iqtisodiyoti, urf-odati, madaniyati, o‘ziga xos psixologik
xususiyatlari kabilardan xabardor bo‘lyapmiz. Bugungi kunga qadar namoyish qilingan
xorijiy filmlardan birortasi Yaponiyaning «Oshin» hamda Janubiy Koreyaning «Qish
sanatasi» kabi teleseriallaridek hammani qalbidan mustahkam o‘rin ololmagani sir
emas.
«Oshin» teleseriallarida Sharq xalqlariga xos irodalilik va o‘ta bosiqlik, odob va
axloq, kelajakka umid va ishonch, jur’at va jasorat, samimiylik va mag‘rurlik oilani va
muhabbatni muqaddas deb bilish, yosh avlodga o‘z hayotiy tajribasini singdirish kabi
fazilatlar uning qahramonlar orqali mohirona talqin etilgan. Bir osham halol luqmani
o‘zining peshona teri bilan mehnat qilib topish, kelin va qaynona o‘rtasidagi
munosabatlarda kichkina jussasi bilan tog‘ni ko‘tara olishdek bardoshlilik Oshinning
oliyjanobligini yanada bezatdi. Teleserialdagi voqealarning asosiy qismi XX asrning
birinchi yarmida bo‘lib o‘tadi. «Moʻjizalar mamlakati», «Motorellalar mamlakati»,
«Sharqcha ma’naviyat va Gʻarbcha moddiyat sivilizasiyasini o‘zida mujassamlashtirgan
birdan-bir davlat», «Oltin asr davrida yashayotgan yurt» kabi fazilatlarga ega bo‘lish
25
Жаҳон тарихи [Матн]: ўрта таълим муассасаларининг 10-синфи ва ўрта махсус, касб-ҳунар
таълими муассасаларининг ўқувчилари учун “Жаҳон тарихи (1918-1991 йиллар)” дарслиги
/Ш.Эргашев, Б.Ходжаев, Ж.Абдуллаев. –Тошкент: “Турон-Иқбол”. 2017. -Б. 57-59.
uchun Yaponiya, ya’ni kunchiqar mamlakati o‘z boshidan juda ko‘p og‘ir kunlarni,
yillarni kechirdi.
«Oshin» teleserialidagi mamlakat poytaxti Tokio va boshqa bir qator yirik
shaharlarda ro‘y bergan dahshatli zilzila tafsilotlari bilan bog‘liq voqealarni ko‘rgandan
so‘ng bizda quyidagi bayon qilinajak fikrlarini yozish istagi tug‘ildi. 1923 yil 1
sentyabrda Yaponiya tarixida yuz bergan bu zilzila yapon xalqlari boshiga tushgan
birinchi musibat emasdi, albatta. Bir qadar Yaponiyaning yangi davr tarixiga nazar
solsak fikrimizni isbotlovchi ko‘plab dalillarga ega bo‘lamiz. 1724-1853 yillarda (130
yil ichida) Yaponiyada 22 marta dahshatli ocharchilik bo‘lgan. Ochlik hukm surgan
yillarda bir yillik aholining ko‘payishi 0,01 foizni tashkil etgan ekan. Demak, o‘sha
yillarda mamlakat nufuzi keskin kamaygan. Mamlakatning 4 mingga yaqin kattayu
kichik orollarida har kuni o‘rtacha 3-4 marta zilzila bo‘lib turgan. Yapon xalqining
asosiy iste’moli gurunch hisoblanadi. Hosilsizlik yillari ham o‘tgan tarixiy davrda 50
marta qaytarilgan.
1923 yil kuzi boshidagi zilzila dahshati «Oshin» teleserialida tarixiy haqiqat
mezonida talqin qilingan. Zilziladan Yaponiya ko‘rgan moddiy zarar 5,5 mld. iyenni
tashkil etgan.
Sevimli ro‘znomamiz «Buxoronoma»ning o‘tmishdoshi bo‘lgan «Buxoro axbori»
gazetasining 1923 yil sentyabr sonlarini varaqlar ekanmiz, Yaponiyadagi misli
ko‘rilmagan zilzila dahshati tafsilotlaridan guvoh bo‘lamiz. Zilzila tufayli «Tokio,
Yakogama va boshqa shaharlar xarob bo‘ldi. Tokio yonadur. Temir yo‘l, radio, telegraf
buzilg‘on. Poytaxtdagi podsho saroyi, teatr, polisiya binosi, dorilfunun, quro-yarog‘
zavodi, dori ombori, gazeta idoralari va 20 ming qadar uy yemirildi. Shaharga quruqlik
orqali boriladigan yo‘l kesildi... Sumigava daryosi teskari qarab oqmoqqa boshladi»,-
deb yoziladi gazetaning 1923 yil 9 sentyabrda chop etilgan 199-sonida. Yaponiyada
uylar 1920 yillarga qadar cho‘p qoziqlar ustida mustahkam qilib yog‘och va taxtadan
bir qavatli qilib qurilgan. O‘sha paytda endigina 3-4 qavatli uylar qurish rasm bo‘lgan
edi. Yer silkinishi shu qadar yuqori ball bo‘lganki, unga bir qvatli uylar ham bardosh
bera olmagan. 2 million aholili poytaxt fuqarolari boshpanasiz qolgan.
Kelajakda orzu-umidlar bilan yashayotgan Oshin va Rizo Tanakuraning barcha
sa’y-harakatlari bir kunda sarobga aylanadi. Ular mashaqqatlar bilan qurgan zavod
vayron bo‘ladi. Uy-joylari ham qulab kultepaga aylanadi, sadoqatli Jeremon yong‘inda,
tom ostida qolib halok bo‘ladi. Rizo Tanakura, Oshin va ularning o‘g‘li Takeshi
ko‘chada boshpanasiz, hech vaqosiz qoladi.
Teleserialda namoyish qilinganidek, Tokioni yong‘in qamrab olgan, «poytaxtda
zilzila tufayli kelib chiqqan yong‘in 200 chaqirim uzoqdan ko‘rinadur, harbiylar
yong‘in bilan natijasiz kurashadur»-deb yozilgandi «Buxoro axbori»da. Dengiz suvi
ko‘tarilib, suv toshqini kelib chiqqanligi ham ayni tarixiy haqiqat. O‘sha paytda Tokio
«lemani» (poroxod va kemalar to‘xtaydigan joy)da 200 ming aholi yashagan. Dengiz
toshqinining o‘zi 120 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Filmda tasvirlangan voqealardan biri: Tanakuralar xonadoni dengiz portidan suv
yo‘li orqali Sagoyaga jo‘nab ketganligi quruqlik yo‘llari yopilganligidan edi.
Tokio, Yakogama, Osaka-zilzila yuz bergan asosiy shahar va viloyatlar bo‘lib, bu
hududlarda aholi zich yashagan. Zilzila oqibatida millionlab yaponlar sarson-
sargardorlikda, qashshoqlik va notavonlikda uzoq yillar ko‘chib yashashga majbur
bo‘ldilar.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 1923 yil 1-2 sentyabrda Yaponiya hududida 1 ming
29 marta yer qimirlagan. Poytaxtdagi markaziy davlat idoralari Yakogava shahriga
ko‘chirilgan. Tartibsizliklar ham kelib chiqib, ba’zan aholi bilan polisiya o‘rtasida
to‘qnashuvlar yuz bergan.
Ma’lumki, 1920 yillarda Sovet Rossiyasining Uzoq Sharq hududida Chor
Rossiyasi zobitlari bolsheviklarga qarshi kurash olib borgan edi. Jumladan, admiral
Kolchak, ataman Semyonov kabilar harbiy harakatlardagi mag‘lubiyatlardan keyin o‘n
minglab safdoshlari bilan Xitoy va Yaponiyada 100-150 ming sonli «oq muhojirlar»
yashashi bilan bog‘liq ma’lumotlar beriladi. «Yakogamada zilzila bo‘lg‘on vaqtda rus
muhojirlaridan ataman Semyonov butun tarafdorlari bilan halok bo‘lgan. Merkulov ham
halok bo‘lg‘ondur, deb gumon qilinadur. Yakogamada Rossiya telegraf agenturasi
o‘ltirg‘on bino ham vayron bo‘lg‘on» deb yozadi «Buxoro axbori» o‘zining 1923 yil 14
sentyabrdagi 201-sonida.
Yaponiyada ofatdan zarar ko‘rganlarga jahon xalqlari ma’naviy va moddiy
darddoshlik ko‘rsatdi. Jumladan, Buxoro xalqi ham bu xayrli, mehr-muruvvati chetda
turgan emas. O‘sha davr matbuot organlarini varaqlar ekanmiz fikrimizni isbotlovchi
dalillar guvohi bo‘lamiz. Buxoro respublikasida Yaponiya mehnatkashlariga yordam
berish uchun «iona to‘lash komissiyasi» tuzildi. Komissiya a’zolari bir yil davomida
faol ish olib bordilar. Xabarlardan birida; «23 sentyabr Zirabod qishloq yachykasi bilan
dehqonlar ittifoqi a’zolarining qo‘shma majlisida Kaydani Og‘ayev o‘rtoqlarining
hozirgi baynalminal ahvol va Yaponiyadagi falokat to‘g‘risidagi ma’ruzalari
eshittirilgandan so‘ng majlisda ishtirok qilgan 70 kishi bir og‘izdan Yaponiya
mehnatkashlariga yordam bermakni qaror berdilar»-deb yozilgandi. («Buxoro axbori»,
1923 yil 30 oktyar 209-son). 1923 yil sentyabr zilzila dahshatini boshidan kechirgan
Oshin va Rizo Tanakura kabi katta yoshli aholining asosiy qismi olamdan o‘tgan. Lekin
ularning farzandi va nabiralari bugungi kunda Yaponiyani jahon shoh supasidagi
karvonboshchilik darajasiga olib chiqdilar. Ajdodlarimiz o‘rtasigi madaniy va iqtisodiy
aloqalar, bir-birini qo‘llab-qvvatlay, og‘ir damlarda darddosh bo‘lish bizga azaldan
meros bo‘lib qoldi.
Ortda qolgan XX asrda ko‘plab mashaqqatli voqealarni
boshidan kechirgan Yaponiya bugungi kunda iqtisodiy qudrati bilan barchani lol
qoldirmoqda. Mamlakatda har yili 12 mln dona avtomabil ishlab chiqariladi, 11 mln
tonna baliq ovlanadi. 372,2 ming kv km, 46 prefektura va hokkydo gubernatorligidan
iborat hududda 160 mln ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mamlakatning eng yirik
orollaridan Hokkaydo, Xonsyu, Kyusyu kabilarning gavanlarida o‘nlab xorijiy
mamlakatlarning yuzlab savdo kemalari langar tashlaydi.
Mustaqil
O‘zbekiston ham moddiy va madaniy taraqqiyot pillapoyalaridan jadal ko‘tarilib
kelayotganligi bizni quvontiradi, kezi kelganda ayrim yo‘nalishlarni taqqoslashni lozim
topdik, Yaponiya hududi 372,2 ming kv km bo‘lib, nufuzi 160 millionga yaqin.
O‘zbekistonda 447,4 ming kv. km. li maydonda 26 millionli aholi istiqomat qiladi.
Yurtimiz yer osti boyliklariga boy, Yaponiyadagi tabiiy boyliklar bizga nisbatan 5 foizni
tashkil qiladi. Muhojir vatandoshlarimizdan biri ta’kidlaganidek, mamlakatimizdagi yer
usti ne’matlaridan oqilona foydalanilsa, 120 million kishini boqish mumkin ekan.
Yaponiyalik, fitratshunos olim Xisau Kumasu: «Sizda paxta, pilla, tilla, gaz, shirin-
sharbat mevalar, qovun, tarvuz bisyor, xalqingiz mehnatsiz turolmaydi, shuning uchun
yurtingiz kelajagi porloq», degandi.
Bugungi kunda ekin ekiladigan yerlar Yaponiyada 5,5 million gektar bo‘lsa,
O‘zbekistonda 4,7 million gektar atrofida.
Aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishdagi ko‘rsatkichlar jamiyat a’zolari
farovonligining barometri hisoblanadi.
Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilishda o‘zaro farqlarimiz unchalik
katta emas. Jumladan, go‘sht iste’moli ikkala mamlakatda ham har bir kishiga 30
kilogramdan to‘g‘ri keladi. Shakar-23,9 kg-21,8 kg; non-127 kg-164 kg; sut-75 kg-180
kg; yog‘-12 kg-12,5 kg; sabzavot-129 kg-124 kg; baliq-34 kg-4,5 kg. yuqoridagi
raqamlarning mahsulot nomidan keyingi birinchisi Yaponiya, ikkinchisi esa,
O‘zbekiston uchun tegishlidir. O‘zbekiston Yaponiya bilan iqtisodiy, seysmologik,
ilmiy-texnologik sohalarda keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ishlab chiqarishning
zamonaviy texnologik talablar asosida yo‘lga qo‘yish uchun o‘nlab yapon firmalari
bilan hamkorlik qilinmoqda. Yapon kinorejissyorlarining «Oshin» singari tarixiy
haqiqat ila uyg‘unlashgan teleseriallari esa xalqimiz ma’naviyatini yanada boyitishga
xizmat qilishiga shubha yo‘q. «Oshin» teleserialidagi ijobiy qahramonlar singari mehr-
oqibatli va muruvvatli bo‘lish esa bizning azaliy odatimiz ekanligini hech qachon
unutmaylik.
Tarix fani o‘qituvchisi mazkur mavzuni o‘tish jarayonida o‘quvchilarga
yuqoridagi ma’lumotlarni bayon etib bersa, darsning ta’limiy va tarbiyaviy
samaradorligi yanada oshadi.
Dostları ilə paylaş: |