Kamol Rahmonov jahon tarixi fanini o‘qitishda innovasiya va interfaol metodlarni tadbiq etish


“1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusiga oid qo‘shimcha manbaviy



Yüklə 364,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix24.12.2023
ölçüsü364,13 Kb.
#193681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
12570 1 AB6BBB1FBE976C83EFCC4B03D4E58904CF236E82

2.2.“1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusiga oid qo‘shimcha manbaviy 
materiallarning amaliy ahamiyati
Birinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Sharq dunyosida milliy ozodlik va 
mustaqillik uchun kurashlar avj oldi. Ma’lumki, Turkiya (Usmoniylar saltanati) 
Germaniya tomonidan urush harakatlariga kirib, Uchlar ittifoqi yengilganidan so‘ng 
o‘z milliy birligini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Hatto, mamlakat poytaxti Istanbulni 
Angliya egallab oldi. 1918 yilning oxiridan Turkiyadagi ozodlik kurashiga turkiy 
xalqlarning buyuk farzandi Mustafo Kamol Posho boshchilik qilib, 1920-1923 
yillarda u tuzgan «Anqara muvaqqat hukumati» mustamlakachilarni (asosan 
Angliya va Italiya harbiy kuchlari) ona-Vatani tuprog‘idan haydab chiqarishda 
yo‘lboshchilik qildi.
Turkiyada siyosiy voqealar keskin kechayotgan bir davrda BXSR (1920-
1924) o‘zining faol ichki va tashqi siyosatini yuritayotgan edi. Buxoro 
Respublikasining istiqbolli rejasida xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona diplomatik, 
iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalasiga alohida 
e’tibor qaratildi. Avvalo, uzoq asrlik an’anaviy hamkorlik aloqalarida bo‘lgan 
Turkiya bilan qizg‘in munosabatlarga kirishildi. Umuman XX asr boshlarida 
Turkiyadagi “yosh turklar” bilan Buxoro jadidlari - “yosh buxoroliklar” o‘rtasida 
do‘stona, ma’rifiy-madaniy aloqalar o‘rnatilgandi. Buxorolik jadidlar Turkiyada 
nashr qilingan “Siratul mustaqim” (To‘g‘ri yo‘l) jurnalini katta qiziqish bilan o‘qib 
borishgan. Uzoq vaqt Yevropa mamlakatlari va Turkiyada yashagan, asli ota-bobosi 
buxorolik, keyinchalik taqdir taqozosi bilan sibirlik o‘zbek bo‘lib qolgan 
Abdurashid Abdurahim jadidchilik harakatida birinchi marta milliy, madaniy, 
siyosiy mustaqillik masalalarini kun tartibiga qo‘ygandi. 
6
Жаҳон тарихи [Матн]: ўрта таълим муассасаларининг 10-синфи ва ўрта махсус, касб-ҳунар 
таълими муассасаларининг ўқувчилари учун “Жаҳон тарихи (1918-1991 йиллар)” дарслиги
/Ш.Эргашев, Б.Ходжаев, Ж.Абдуллаев. –Тошкент: “Турон-Иқбол”. 2017. -Б. 57-59.


Buxoro jadidlaridan Abdurauf Fitrat, Abdulvohid Munzim, Hamidxo‘ja 
Mehri, Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayevlar 1908-1910 yillarda Turkiyaga tahsil olish 
uchun borgan edilar. 
1910 yil Turkiyada Abdurauf Fitratning (1886-1938) “Sayha” she’riy 
to‘plami, “Munozara” va “Hind sayyohi” kabi falsafiy asarlari yozilgandi. 
“Muxtasari tarixi islom” (Islomning qisqacha tarixi) kitobi ham ushbu mamlakatda 
dunyo yuzini ko‘rgandi. Abdurauf Fitrat asarlarining asosiy g‘oyasi: Turkiston hozir 
turg‘unlikda, Ovro‘paga ergashib iqtisodiy islohotlar o‘tkazishi uchun Turkiyadan 
namuna olishi kerak. 
“Turkistonliklar birinchi jahon urushi yillari arafasida va urush yillarida 
Turkiyaga qardoshlik yordamini ko‘rsatish maqsadida mablag‘ ham to‘plaganlar.. 
1913 yil 13 aprelda 28000 so‘m miqdorida Turkiya uchun “Xayriya” to‘plandi”,-
deb yoziladi manbalardan birida. 
Yangi tarixiy vaziyatda, haqiqatdan ham BXSR tashkil topgan 1920 yilda 
Turkiya siyosiy hayotida istiqlol uchun kurash avj olgandi. Turkiy xalqlarning asl 
vatani bo‘lgan Turkistonda Turkiyadagi tarixiy jarayonlarni o‘ta sinchkovlik bilan 
kuzatib borish, turklarni imkon qadar ma’naviy-moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash 
yo‘lini tanlanishi o‘z-o‘zidan ayon edi. Yuqorida qayd qilinganidek, Birinchi jahon 
urushidan mag‘lub bo‘lib chiqqan Turkiya 1920 yil 10 avgustda Parij yaqinidagi 
Sevr shaharchasida Antanta davlatlari bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, amalda 
yarim mustamlakaga aylantirildi. Fransiya va Angliya o‘rtasida taqsimlangan 
Usmoniylar saltanati faqatgina Kichik Osiyo yarim oroli hamda Istanbul bilan 
cheklanishga majbur bo‘ldi. Istanbul ingliz istilochilari tomonidan egallanib, 
progressiv kuchlar Anqarada Mustafo Kamol raisligida “Yangi Anqara muvaqqat 
hukumati”ni tuzib, ozodlik va mustaqillik uchun kurash maydoniga kiradilar. 
Antanta davlatlari, ayniqsa, Angliyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan yunonlar “Buyuk 
Gresiya” davlatini tuzish bayrog‘i ostida turklar shahri Izmirni istilo qiladilar. 
Hayot – mamot jangiga kirgan “Anqara muvaqqat xukumati” va uning 
yo‘lboshchisi Mustafo Kamol haqida “Buxoro axbori” gazetasi: “1921 yil 16 iyulda 
turklar Mustafo Kamol posho boshchiligida butun front bo‘ylab yunonlarga qarshi 
qat’iy va umumiy harakatlar boshlag‘onlar. Shul vaqtda turklar dushmonning 3-4 
barobar ko‘p bo‘lg‘on kuchlariga qarshi qat’iyat bilan kurashib, ular hujumini 
to‘xtaturlar. Yashasin o‘zlarining qahramonlik va g‘ayratlari orqasinda Yevropa 
tahlikasiga (Yunoniston va Angliyaga) qarshi turib harb maydonida umumiy g‘alaba 
qozonib, o‘z vatanlarini mudofaa qilg‘on turk askarlari!”
7
- deb yozgandi.
Turkiya va yunon urushlari ikki yil (1920-1922) davom etib, 1922 yil 9 
sentyabr Muddaniya jangida turklar hal qiluvchi g‘alabaga erishdi va Izmirdan 
7
Зиё Усмоний. Туркия ҳамда юнон муҳорабаси // Бухоро ахбори, 50-сон, 1921 йил 25 сентябр.


yunonlarni haydab chiqardi. “Anqara muvaqqat hukumati” qo‘shinlari Mustafo 
Kamol posho rahbarligida turk shaharlari hisoblangan Bursa, Ardaxon, Ig‘dir, 
Eskishaharlarni ham egalladilar. 
Turklarning adolatli urushdagi muvaffaqiyati haqida: “Nihoyat turklar o‘z 
ozodliklari yo‘lida harakat qilib, zarba berdilar. O‘zlarining ozodligi uchun butun 
islom dunyosi Angliya va uning mamlakatlari bilan muqaddas urushga kirishdilar. 
Turklar ozodlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z istiqlollarini qo‘lga kiritmishlar”
8
, - 
deb yozilgandi ma’lumotlardan birida. 
“Anqara muvaqqat hukumati”ning ozodlik uchun kurashi Buxoro xalqining 
muhim diqqat markazda bo‘lgan. Turkiya hukumati 1921 yil 16 martida RSFSR 
bilan diplomatik va hamkorlik shartnomasini imzolaydi. Sovet hukumatining 
mutassadilari Lenin, Chicherin, Karaxanlardan Mustafo Kamol poshoning 
Moskvadagi vakili Bekir Semibey moliyaviy yordam so‘raydi. Sovet davri tarixiy 
adabiyotlarida 1920 yil sentyabrdan 1922 yil may oyiga qadar sovet hukumati uchun 
og‘ir va mashaqqatli yillar bo‘lib, Mustafo Kamol hukumatiga BXSR hukumatida 
avval moliya noziri, keyin esa Markaziy Ijroiya Qo‘mita raisi lavozimida ishlagan 
Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev (1878-1968) Buxoro hukumati xazinasidan 100 mln. 
oltin so‘m mablag‘ bilan moddiy yordam ko‘rsatgan. Ushbu mablag‘ning asosiy 
qismi Moskvada saqlab qolinib, 10/1 ulushigina Onado‘li (Turkiyaga)ga yuborilgan. 
Turk tarixchi olimlaridan Mehmet Saray 1990 yilda Istanbulda chop ettirgan 
“Otaturkning sovet siyosati” nomli kitobida: “Sovetlarning Turkiyaga yordami 
to‘liq bo‘lmasada, ammo o‘sha paytda milliy ozodlik harakati g‘alabasida muhim 
rol o‘ynagandi”,-deb yozgandi. Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev muhojirlikka 
ketganidan so‘ng 1922-1923 yillarda Mustafo Kamol posho bilan muloqotda 
bo‘lgan. Turkiyaning bo‘lajak prezidenti unga o‘z hukumati organlarida ishlashni 
taklif etgan. Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jayev unga Turkiston tarixi, madaniyati 
qo‘lyozma asarlarini tadqiq qilish masalalari bilan shug‘ullanishini aytgan. Shundan 
keyin Turkiya hukumati tomonidan vatandoshimizga Mustafo Kamol bo‘yrug‘i 
bilan umrining oxirigacha katta miqdorda nafaqa tayinlanadi. Usmon Xo‘ja 
Po‘latxo‘jayev vafotidan keyin bu nafaqa turmush o‘rtog‘i hisobiga o‘tkazilgan. 
Buxoro xalqi turk-yunon urushi maydonida turklar qo‘li baland kelganligi 
munosabatila shodlik va xursandchilik bilan 1922 yil 12 oktyabrda miting va 
namoyishlar o‘tkazgan. Ularda davlat rahbarlari, islom ulamolari, oddiy mehnatkash 
aholi, maktab o‘quvchilari va madrasa talabalari ishtirok qilishgan. Turk 
shahidlarining ruhig Qur’oni karim tilovat qilinib, motam kuylari chalingan. Bu 
tadbirlarda BXSR Xalk Nozirlar Sho‘rosi muvaqqat raisi Ato Xo‘ja, BXSR 
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisining birinchi muovini Aminov, maorif noziri Qori 
8
Г.Хасаний. Туркларнинг ғалабаси муносабатила // Бухоро ахбори, 101-сон, 1922 йил 28 сентябр.


Yo‘ldosh Po‘latov, hatto, Rossiyaning Buxorodagi vakili Fonshteyn ham nutq 
so‘zlagan. O‘sha kuni miting kechgacha davom etgan. Buxoro xalqidan Turkiya 
hukumati nomiga tabrik telegrammasi tayyorlangan. Mazkur telegrammadan: 
“Dushmonni tor-mor qilib buyuk maydon muhorabadagi Turkiyaning matlubini hal 
etib, ushbu porloq tarixiy g‘alabangizni, uch million nufuzinda bo‘lg‘on va ikki 
yildan buyon sizni jahongir sarmoyadorlarni yengishingizni tilog‘on Buxoro xalqi 
nomidan samimiylikdan tabrik etadur, olqishlarla ushbu shodligingizga sherik 
bo‘lamiz. Sizning g‘alabangiz munosabatila butun Buxoro aholisi va inqilobiy 
sho‘rolar hukumati 12 oktyabrda o‘zining ma’murlari, ziyolilari, talabalari bilan 
buyuk bir miting tartibila o‘tkazdi. Aholimizning ruhli shodligi maqsadi ila 
Buxoroning “Masjidi Kaloni”da xatmi Qur’on o‘qilib, shahidlarning ruhiga hadya 
etdi. BXSHJ hukumati turklarning porloq natijalarini, Istanbul hukumati 
qat’iyatingizni butun hayajon va intizor etmakdadur. 
Yashasin turklarning g‘alabasi! 
Qahr o‘lsun, mag‘lub o‘lsun, g‘arbning sarvatdor jahongirlari!”
9
- kabi 
satrlarni o‘qiymiz.
Ikki hukumat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar esa ancha oldinroq, 1920 yilning 
qishidayoq boshlangan edi. Bu yo‘nalishda tashabbus “Anqara muvaqqat 
hukumati” tomonidan boshlanib, 1920 yil BXSR hukumati tashkil topganidan 4 
oy o‘tar-o‘tmas Mustafo Kamolning hukumati BXSRga birinchi bo‘lib o‘zining 
elchilarini yubordi. Buxoroda birinchi bo‘lib xorijiy mamlakatlardan Turkiya 
elchixonasi ish boshlaydi. Mustafo Kamol yuborgan Turkiya elchilari guruhiga 
Gʻolib posho boshchilik qilgan. Anqara hukumatining Buxoro Respublikasidagi 
elchixonasi birinchi kotibi, taniqli turk yozuvchisi Rushen Ashraf bo‘lgandi.
1922 yilning mart oyida Buxoro Respublikasidan Mustafo Kamol posho 
hukumatini rasmiy suratda tanish va o‘zaro munosabatlar o‘rnatish uchun 
Mahmud Nazar xamda Mahmud Rajab afandilar boshchiligida buxorolik vakillar 
Anqaraga tashrif buyurishdi. Buxoro hay’atini rasmiy ravishda “Muvaqqat 
Anqara hukumati” tashqi ishlar vazirining muovini Ziyodbek hamda xorijiy ishlar 
vakili Yusuf Kamolbeklar kutib oladilar. Turk tarixchisi Mehmet Sarayning 
ma’lumoticha, Mahmud Nazar hamda Mahmud Rajablar bir paytlar Istanbulda 
tahsil olishgan. Mehmet Sarayning yozishicha, ular elchilik vazifasini uddalab, 
ortga qaytganlarida rus ayg‘oqchilari (bolsheviklar) tomonidan xoinona 
o‘ldirilganlar. Ushbu tafsilotlar tarixiy dalillar orqali isbotlanish zarur. 
9
Туркларнинг ғалабаси муносабатила Бухорода байрам //Бухоро ахбори, 103-сон, 1922 йил 19 
октябр.


BXSRning favqulotda siyosiy vakillari sharafiga ziyofat uyushtirilib, unda 
Mustafo Kamol posho ham shaxsan ishtirok etgan. “Buxoro axbori” gazetasida 
Turkiya hukumati boshlig‘i Mustafo Kamol hamda Buxoro vakili Maxmud Nazar 
afandi nutqlari to‘la holda keltirilgan. Mustafo Kamol nutqida: “Dindosh va 
qondosh Buxoro xalqining orzusini yuzaga chiqarishi uchun bu qardosh millatga 
o‘zimning fotihamni beraman”
10
,-degan fikri bayon qilingan. 
Buxoro hay’ati vakillari Mustafo Kamol poshoga hurmat va ehtirom ramzi 
sifatida yurtimizdan olib borilgan oltin dastali qilich, Amir Temur zamonida 
ko‘chirilgan Qur’oni Karimning nodir nusxalaridan birini hamda Turkiya xalq 
askarlari uchun Buxoro tasviri tushirilgan nishonlar taqdim etishdi.
Turkiyada ozodlik yo‘lida turk zobit va askarlarigina emas, xotin-qizlar, 
bolalar ham bosqinchilarga qarshi qahramonona kurash olib borayotganligi, 
mustaqillik oliy ne’mat ekanligi Buxoro xalqi tomonidan chuqur idrok qilingan. 
Muhimi shuki, o‘z mustaqilligi yo‘lida kurash olib borayotgan Buxoro 
Respublikasi harbiy va moddiy jihatdan Turkiyaga yordam berolmasa ham, uning 
ozodligini butun vujudi bilan qo‘llab-quvvatlayotganligi aniq edi.
Turkiyaga olib borilgan sovg‘alar orasida yuqorida qayd qilingan, shaxsan 
Mustafo Kamol poshoga atalgan oltin dastali qilich bilan birga bir sira ko‘rk 
(buxorocha sarupo) va yana ikki qilichning topshirilishi yuqoridagi fikrimiz 
to‘g‘riligini to‘la isbotlaydi. Mustafo Kamolga va uning shonli g‘oziy (g‘olib) 
armiyasiga atalgan qilichlar jasoratga chorlab, porloq g‘alabaga qadar ruhan tetik 
bo‘lishga da’vat qilishi o‘z-o‘zidan ayon edi. Ikki qilichdan biri qahramon Ismat 
poshoga hadya etilgan. Yunonlar istilo qilgan Izmirni ozod qilishda alohida jasorat 
ko‘rsatgan va shaharga dushman mudofaasini birinchi bo‘lib yorib kirgan otliq 
qo‘shin zobiti Sherifbeyga Buxorodan yuborilgan uchinchi qilich nasib etgandi. Uni 
Mustafo Kamolning o‘zi Sherifbey beliga taqib qo‘ygan
11
. Mustafo Kamol ushbu 
sovg‘alarni Buxoro vakillaridan qabul qilib olar ekan, ajdodlari yurti Turkistonga 
e’tiqodi yuksakligini o‘z nutqida oshkor etib minnatdorchilik tuyg‘ularini bayon 
qildi. Ehtimolki, o‘sha og‘ir damlarda besh million aholili buxoroliklarning 
ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi Mustafo Kamolni Turkiya ozodligi kurashi yo‘lida 
qat’iyatli bo‘lishida bir qadar madad bergandir. Zeroki, u ajdodlar yurti Turkistonga, 
ya’ni ildizga umid ko‘zlari bilan qaragan. Chunki ildiz ko‘kartuvchi, yashnatuvchi 
va yuksaklikka eltuvchi, ilhom beruvchi omildir. Bejiz bu ulug‘ inson “biz ham 
Turkistonning jujuqlarimiz (bolalarimiz)” demagandir.
“Buxoro axbori” gazetasi o‘z sahifalarida “Sharq dunyosi” rukni ostida 
Turkiyaning istiqlol yo‘lidagi g‘alabalaridan ilhomlanganligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
10
Бухоро хайъати Мустафо Камол пошо хузурида //Бухоро ахбори, 77-сон, 1922 йил 4 апрел.
11
Mehmet Saray. Milli Mucadele Villarinda Buhara Cumhuriyetinin Turkieye Vardimi. Turkistonda 
Venilik Hareketleri ve ihtilaller: 1900-1924. Haarlem. 2001: 341, 342. 


maqolalar e’lon qilib bordi. Maqolalardan birida: «Yevropa jahongirlarining 
harakatiga mahkum etilganligi uchun Eron, Afg‘oniston, Usmonli (Turkiya), 
Arabiston, Turkiston, Buxoro, Xorazm va islom o‘lkalari bir-birlari bilan hamsoya 
bo‘lg‘onlari holda mustaqil bir ittihod (ittifoq) vujudga keltirib, o‘zlarining 
istiqloliyatlarini muhofaza qilib biladurlar. Agarda bu hukumatlar orasinda ittifoq 
vujudga kelsa, ul vaqtda faqat islom olamining emas, balki butun Sharq millatining 
Gʻarbiy Yevropa zanjiri asoratidan xalos bo‘lishi muqarrar»
12
,-kabi satrlarni 
o‘qiymiz. 
Turkiyaning Angliya singari qudratli davlatlarga qarshi Vatan mustaqilligi va 
himoyasi uchun kurashi gazetada jasorat barobar baholanib, unga ma’naviy va 
moddiy yordam berishga da’vat qiluvchi talaygina maqolalar bor. 1921-1922 
yillarda Buxoro hukumati kamolchilar inqilobi g‘alabasi uchun ham moddiy, ham 
ma’naviy yordam berganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar mavjud.
Muhojir o‘zbeklar bilan shaxsiy muloqotlarda Istanbul inglizlar qo‘liga o‘tgan 
bir davrda (1920 yil) yurtdoshlarimiz Anqaraga, ya’ni Mustafo Kamol hukumati va 
harbiy qismlari uchun bu shahar orqali yashirin ravishda moddiy va harbiy madad 
sifatida oziq-ovqat va qurol-yarog‘ yuborib, Turkiya istiqloliga munosib hissa 
qo‘shganliklari ham bizga ma’lum. 
«Buxoro axbori»da: «Inqilobiy Turkiyaga yordam kerak» maqolasi bosilib: 
«Biz Turkiyani ozodlik yo‘lida kurash maydoniga kirib, 200-300 kishilik askariy 
firqalarda qo‘mondonlik qilgan turk xotinlarini ham muhorabada ko‘rdik... Turkiya 
xalqining bizdan boshqa do‘stlari va xayrihohlari yo‘qdur, Turkiyaga yordam 
ko‘rsatmak va shuning bilan turk xalqiga ruh bermak bizning qarzimizdur»
13
, - deb 
yozilgandi.
«Buxoro axbori»da Turkiya Respublikasinning birinchi prezidenti, 
kamolchilar inqilobining tashkilotchisi va rahbari, yirik davlat arbobi, XX asr buyuk 
shaxslari qatoridan munosib o‘rin olgan Mustafo Kamol posho (1881-1938, 1923-
1938) shaxsiyati hamda faoliyatiga bog‘liq bir qator maqolalar chop etilgan. Hatto 
«Ozod Buxoro» gazetasining 11(224)-sonida Mustafo Kamolning qiyofasi aks 
ettirilgan. Gazeta bilan tanishar ekanmiz, «Inqilobiy turk askarlarining boshlig‘i 
qahramon - Kamol posho», «Mustafo Kamol-Millat Majlisi raisi», «Mustafo Kamol 
posho- Jumhurrais», «Mustafo Kamol posho va sovet rahbarlari»
14
kabi yirik 
maqolalarda bu shaxsning hayot yo‘li, siyosiy faoliyati, harbiy qo‘mondonlik 
mahorati, Turkistonga munosabati atroflicha bayon qilinadi. Bu esa Turkiyadagi 
12
Туркия-Афғонистон-Эрон орасинда бошланган шартномалар муносабатила Шарқ матбуоти 
//Бухоро ахбори, 131-сон, 1923 йил 5 феврал. 
13
С.Қосимов. Инқилобий Туркияга ёрдам керак //Бухоро ахбори, 121-сон, 1922 йил 28 декабр.
14
Ўша газеталар. 106-сон, 1922 йил 29 октябр. 193-сон 1923 йил 24 август.


ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning Buxoro Respublikasi matbuoti orqali batafsil 
yoritilishi bilan bog‘liq. 
«Hozirda, -deyiladi gazetada, - Kamol posho turk xalqi tarafidan e’tirof 
etilgan boshliq va Turkiya xalqining qimmatli rahbaridur... Shuni ham aytmoq 
kerakdurkim, asrlar bo‘yicha bir-biriga katta dushmon bo‘lib yashag‘on Rusiya va 
Turkiya munosabatlari hozirda Kamol posho siyosati soyasinda ijobiydur».
15
Bu o‘rinda Rossiya va Turkiyaning XVII-XIX asrlarda o‘zaro dushmanlik 
kayfiyatidagi munosabatlaridagi asriy qarama-qarshiliklar, hududiy mojarolarni 
bartaraf qila olgan, o‘z mamlakati manfaati yo‘lida raqib bilan ham til topisha 
oladigan diplomat, davlat arbobi sifatida Mustafo Kamolga yuqori baho 
berilganligini idrok qilish qiyin emas. 
Gazeta maqolalaridan birida: «Mustafo Kamol posho nasl jihatidan bir mayda 
hunarmandning bolasi bo‘lib, yoshi 52 tegrasindadur (atrofidadir)»
16
,-deb yozilgan 
ma’lumotni o‘qiymiz. Aslida bu haqiqatdan yiroqroq bo‘lib, Mustafo Kamol 1881 
yil 10 noyabrda Yunonistonning Salonika shahrida tavallud topgan. Otasi Ali Rizo 
Afandi o‘rmon mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan, keyinchalik bojxona 
chinovnigi lavozimida ishlagan. Onasi Zubaydaxonim Fayzulloh Oqa kizi ham 
badavlat oilaning farzandi bo‘lgan. Mustafo Kamolning asl ismi Mustafo bo‘lib, 
Kamol degan nomni o‘ta qobiliyatli bo‘lganligi uchun unga 14 yoshida maktabdagi 
matematika o‘qituvchisi bergan.
17
Demak, Mustafo Kamol birinchidan, hunarmand 
oilasida dunyoga kelgan emas, ikkinchidan esa, gazetada ta’kidlanganidek, 1922 
yilda 52 yoshda emas, balki 41 yoshda bo‘lgan. Xolbuki, Mustafo Kamol Otaturk 
vafot etganida, ya’ni 1938 yilda 57 yoshida bo‘lgan
18
.
Mustafo Kamol Otaturk jasur va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan shaxs 
edi. U Turkiya istiqlolini yarim yo‘lda qolishini istamagan, harbiylarga xos qat’iyatli 
kishi bo‘lganligi ham manbalarda qayta-qayta ta’kidlangandi. «Biz ortiq qurbonlar 
bera olmaymiz, imtiyozli muzokaralarning davom etishi bizning milliy sha’nimizga 
nuqson keltiradur. Turkiya asoratga qaraganda urushni ortiq ko‘radur hamda shuni 
davom ettirmoq uchun Turkiya so‘nggi qoniga qadar urushga qaror qildi», deb 
yozilgandi «Mustafo Kamolning bayonoti»da.
19
Bu o‘rinda tokim Lozanna 
konferensiyasi (Shveysariya, 1923 yil 24 iyul)ga qadar Turkiya mustaqilligini to‘la 
15
Инкилобий турк аскарларининг бошлиғи қахрамони Камол пошо //Бухоро ахбори, 106-сон, 1922 
йил 29 октябр.
16
Ўша газета. 106-сон, 1922 йил 29 октябр.
17
Қаранг. Эргашев Ф. Янги Туркиянинг отаси //Жахон адабиёти, 8-сон, 1998 йил; Абдураҳмон 
Зохидий. Мустафо Камол Отатурк //Фан ва турмуш, 1-сон, 2001 йил.
18
Мустафо Камол Отатурк узок давом этган жигар хасталиги туфайли 1938 йил 10 ноябр пайшанба 
куни эрталаб соат 9.05 да Анкарадаги Дулмабоғча саройида вафот этган. 
19
Туркия уришишга карор берган. Мустафо Камол пошо баёноти //Бухоро ахбори, 129-сон., 1923 
йил 28 январ.


tan olmaslik uchun harakat qilayotgan Angliya, Fransiya vakillariga vatanparvar 
rahbarning munosib javobining guvohi bo‘lamiz. 
Tarix guvohligicha, faqatgina Lozanna konferensiyasida Antanta davlatlari 
Turkiyaning mustaqilligini tan olib, noteng shartnomalarni bekor qilishga majbur 
bo‘lishgan edi. 
Turkiyaning munosib yo‘lboshchisi va davlat rahbari Mustafo Kamol Otaturk 
shaxsiyati «Buxoro axbori»da faoliyat olib borgan ijodkor muxbirlarning ham 
diqqatini tortgan. Gazetaning 1922 yil 19 oktyabridagi 103-sonida Mustafo Kamol 
poshoni olqishlab «Minglar yasha!» g‘azali bosilgan. Mazkur g‘azalning muallifi 
X.Olmosh bo‘lib, uning g‘azalidan:
«Ey, fidoiy Kamol posho
Rahbarisan mazlumlarning
Najotkori sharqlilarning
Askaringla minglar yasha-minglar yasha!»
20
kabi satrlarni o‘qiymiz.
«Buxoro axbori» gazetasi Turkiya va Buxoro o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, 
qardoshlik aloqalari XX asr 20-yillarida rivojlanganligi, aytish mumkinki, yuqori 
pog‘onaga ko‘tarilganligi haqida ma’lumot beruvchi qimmatli manbalardan biridir. 
U haqiqatdan ham «Sharq dunyosi va Buxoro Respublikasi» tarixiy tadqiqot 
muammosini kelajakda hal qilish manbalaridan biri bo‘la oladi. Kamol posho 
shaxsiyati masalasiga kelsak, ayni uning hayotligida turkiy xalqlar orasidagi hurmat-
ehtiromi qanday bo‘lsa, hozirda ham undan balanddir. 
Mustafo Kamol boshchiligida turk xalqi g‘alabaga erishdi. Sharq dunyosida 
birinchi bo‘lib Turkiyada respublika tartibi o‘rnatildi. Kamolchilar ta’limoti o‘zini 
oqladi va haqli suratda 1934 yildan e’tiboran turk xalqi o‘z yo‘lboshchisiga Otaturk 
(Turklar otasi) unvonini berdi.
XX asr buyuk shaxslari qatoridan Mustafo Kamol nomi mustahkam o‘rin oldi. 
Mustafo Kamol Otaturk bilan Buxoro Respublikasi vakillari uchrashgan tarixiy 
sanadan ham yuz yillikning 4-choragi o‘tib bormoqda. Turkiya xalqi Otaturk nomini 
abadiylashtirish uchun uning jasadi qo‘yilgan poytaxt Anqarada etnografiya 
muzeyini tashkil qilishgan. Muzeyda Mustafo Kamol Otaturk hayot yo‘li va faoliyati 
bilan bog‘lik yuzlab asori-atiqalar, buyumlar, kitob va nashrlar, harbiy kiyim, qurol-
yarog‘ kabilar qo‘yilgan. Ular orasida buxoroliklar tomonidan Turkiya rahbariga 
hadya qilingan nishonlar va buyumlar ham bor. Bu esa xalqlarimiz o‘rtasidagi 
sinovdan o‘tgan mustahkam qavm-qarindoshchilik, oltin singari zanglamas do‘stona 
aloqalarning umrboqiyligidan dalolatdir.
Respublikamiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlarda Mustafo Kamol 
vasiyatiga sodiq bo‘lgan kamolchilikning 6-bosqichida rivojlanish yo‘lidan 
20
Х.Олмош. Минглар яша! //Бухоро ахбори, 103-сон, 1922 йил 19 октябр.


ketayotgan Turkiya va uning marhum prezidenti Turg‘ut Ozal yurtimiz kelajagiga 
ishonch bilan qaradi va bizni 1991 yil 16 dekabrda rasmiy jihatdan birinchi bo‘lib 
tan olgan davlat ham Turkiya Respublikasi bo‘ldi.
Turkiya Respublikasi shakllanmagan, «Anqara hukumati» mavjud bo‘lgan 
yillarda bu yurt mustaqil bo‘lishiga ishonch bilan qaragan Buxoro hukumati 
ko‘rsatgan qat’iyat va ishonchni salkam bir asrcha vaqt o‘tganidan so‘ng Turkiya 
ham O‘zbekiston kelajagi oldida mas’ulligini anglashi tabiiy edi.
Hozirda xalqaro munosabatlar ziddiyatli, murakkabliklarga to‘la, xullas, 
qanday bo‘lishidan qat’iy nazar O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni, mavqei 
va salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakatdir. 
Turklar yo‘lboshchisi va rahnamosi shaxsi bilan bog‘liq masalaga baho 
berganda esa O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimovning «Mustafo 
Kamol Otaturk nafaqat qardosh turk xalqining, balki barcha turkiy xalqlarning 
buyuk farzandi va iftixoridir»,-degan fikrlari ayni haqiqatdir. 

Yüklə 364,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin