4-guruh uchun topshiriq:
o‘quvchilar
“Venn diagrammasi” orqali Turkiya,
Eron, Afg‘oniston mustamlaka-tobelik tizimiga xos umumiy belgilarni qiyosiy tahlil
qiladilar. Qo‘yilgan masalaning o‘zaro bog‘liqligini xulosalash o‘qituvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
1)* Turkiya 2)* Eron 3)* Afg‘oniston
A)*
B)*
Mavzu bo‘yicha xulosalar shundan iboratki,
o‘quvchilarga “1918-1939
yillarda Turkiya” mavzusi yuzasidan bilim va ko‘nikmalar hosil qilish bilan birga,
ularga
yangi bilimlar beriladi, ilmiy tushuncha va tasavvurlari kengaytiriladi.
Mazkur mavzuni o‘qitish orqali o‘quvchilarni tinchlik va uning qadr-qimmatini
teran anglash, har qanday yot unsur va g‘oyalarga qarshi turish, mustaqillik uchun
kurash ruhida tarbiyalash nazarda tutiladi. Bugungi avlodda
mafkuraviy immunitet,
qat’iy iroda va kelajakka ishonch ruhini tarbiyalash maqsadi ko‘zlanganligi ham
mavzuning tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Ikki jahon urushi oralig‘ida Turkiya tarixini o‘rganish uchun mahalliy matbuot
materiallaridan foydalanishning amaliy ahamiyati quyidagicha:
Birinchidan, Turkiya tarixi (1918-1939 yillar)ni o‘rganishga qaratilgan
qo‘shimcha
adabiyotlar doirasi keng, ulardan tanqidiy va ijodiy tahlil asosida
foydalanish albatta, o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq hisoblanadi.
Ikkinchidan, darsning samaradorligini
oshirishda Turkiya iqtisodiy, siyosiy,
madaniy-ma’rifiy hayotiga oid ma’lumotlarni o‘quvchilarga yosh xususiyatlarini
hisobga olib, tarixiy izchillikda va tizimli ravishda dars jarayoniga joriy qilish kerak
bo‘ladi.
Uchinchidan, “1918-1939 yillarda Turkiya” mavzusi
haqidagi bilimlar bilan
bog‘liq jihatlarini qayd etish, o‘quvchilar ongiga singdirish orqali turk-o‘zbek
do‘stligi tarixining ildizlari haqida ularda kengroq tasavvur hosil qilish zarurdir.
To‘rtinchidan, mazkur mavzuni o‘tishda
innovasiya, yangi pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash
imkoniyatlari keng, bularni dars jarayoniga olib kirish
o‘qituvchidan ijodkorlik va pedagogik mahorat talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: