Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanlari bir biri bilan uzviy bog’langan bo`lib, bulardan birinchisi ommaviy (ya’ni) tasodifiy hodisalarni extimoliy qonuniyatlarini o‘rgansa, ikkinchisi ya’ni matematik statistika fani esa ana shu tasodifiy hodisalar bo‘ysunadigan qonuniyatlarni tajriba yo‘li bilan aniqlash maqsadida statistik ma’lumotlarni to‘playdi va o‘rganadi. Matematik statistikaning birinchi vazifasi statistik ma’lumotlarni to‘plash va gruhalash usulini ko‘rsatish bo‘lsa, uning ikkinchi vazifasi - statistik mahlumotlarni tahlil qilish metodlarini ishlab chiqish dan iboratdir.
Shunday qilib, matematik statistikaning vazifasi ilmiy va nazariy xulosalar xosil qilish maqsadida statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni ishlab chiqish metodlarini yaratishdan iboratdir.
Matematik statistika elementlari
Aytaylik bir jinsli ob’ektlar to`’lamini uning sifat yoki son belgisiga ko`ra o`rganish talab etilgan bo`lsin. Masalan, fermer yoki shirkatlar uyushmasida yetishtirilgan ‘axta xosilini sifat belgisi, uning navi (sorti), son belgisi bo`lib uning xajmi esa (ogirligi), xosildorligi xizmat qiladi.
1-ta’rif. Tahlil qilish uchun ajratilgan yoki keltirilgan bir jinsli ob’ektlar to‘plamini bosh to‘plam deyiladi.
Masalan, xo‘jalikni yetishtirgan k/x maxsulotlari to‘plami, Qo‘qon shahrida ta’lim olayotgan talabalar to‘plami, kabi misollar bosh to‘plamga misol bo‘ladi.
Ko‘pincha to‘plamni o‘rganish maqsadida undagi barcha ob’ektlar tekshiriladi. Ammo to‘plamga tegishli barcha ob’ektlarni (ularni soni juda katta bo‘lsa) tekshirish iqtisodiy va jismonan mumkin bo‘lmaydi. Bunday hollarda bosh to‘plamga tegishli ma’lum bir qism ob’ektlar to‘plami tekshiriladi.
Matematik statistika elementlari
2-ta’rif. Bosh to‘plamdan o‘rganish uchun tasodifiy ravishda tanlab olingan ma’lum bir qism ob’ektlar to‘plamiga tanlanma to‘plam yoki tanlanma deyiladi.
Bosh to‘plam Qo‘qon universitetida ta’lim olayotgan talabalar to‘plami bo‘lsa, hususan iqtisod kulliyotining EK-4 guruh talabalari tanlanma to‘plamni tashkil etadi.
Bosh to‘plam yoki tanlanma to‘plamning hajmi deb shu to‘plamdagi ob’yektlar soniga aytiladi. Masalan 1000ta elektr chirog‘idan tekshirish uchun 50 ta chiroq tanlab olingan bo‘lsa, u holda bosh to‘plamni hajmi Nk =1000 ga, tanlanmaning xajmi esa nk = 50 ga teng bo‘ladi.