Ta'rif. Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning o‘z o‘qlaridan biri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan sirt ikkinchi tartibli aylanish sirtlari deyiladi.
2-rasmda tasvirlangan sfera ustidagi A nuqtaning A" frontal va V nuqtaning V ' gorizontal proyeksiyalari berilgan. A nuqtaning A1' va A2' gorizontal proyeksiyalarini yasash uchun u orqali 0A"1" radiusli parallel o'tkaziladi. A nuqtaning gorizontal proyeksiyalari ana shu parallelning gorizontli proyeksiyasida yotadi. A nuqta sferaning oldingi yoki yarmida joylashgan bo'lishi mumkin .Shuning uchun uning gorizontal proyeksiyalari A1' va A2' nuqtalar parallelning gorizontal proyeksiyasida topiladi. V nuqta sfera ekvatorida yotganligi uchun uning V" frontal proyeksiyasi ekvatorning frontal proyeksiyasida topiladi.
Aylanma sirtlar va ularning tenglamalari
Ellipsoid
Ta'rif. Ellipsning o'z o'qlaridan biri atrofida aylanishidan hosil bo'lgan sirt aylanma ellipsoid deyiladi. Bunda m (m', m") – ellips va i (i', i") aylanish o’qi bilan ustma-ust tushadi. Ellipsning kichik o'qi atrofida aylanishidan siqiq aylanma ellipsoid (3-rasm), katta o'qi atrofida aylanishidan cho'ziq aylanma ellipsoid hosil bo'ladi (4-rasm). 3- va 4-rasmlarda ellipsoidlar ustida berilgan A va V nuqtalarning bitta proyeksiyasi bo'yicha ularning yetishmaydigan proyeksiyalarini yasash ko'rsatilgan. Yetishmaydigan proyeksiyalar parallel, meridian va proyeksion bog'lanish chiziqlari yordamida aniqlangan.
Ta’rif. Parabolaning o'z o'qi atrofida aylanishidan hosil bo'lgan sirt aylanma paraboloid deyiladi.
5-rasmda m(m',m") parabolani i(i',i") o'qi atrofida aylanishidan hosil bo'lgan paraboloidning proyeksiyalari berilgan va uning ustida nuqta tanlash ko'rsatilgan.
Aylanma sirtlar va ularning tenglamalari
Giperboloid
Ta'rif. Giperbolaning o'z mavhum yoki haqiqiy o'qi atrofida aylanishidan hosil bo'lgan sirt aylanma giperboloid deyiladi. Giperbolaning mavhum o'q atrofida aylanishidan bir pallali aylanma giperboloid hosil bo'ladi (6-rasm). Giperbolaning o'z haqiqiy o'qi atrofida aylanishidan ikki pallali aylanma giperboloid hosil bo'ladi.