Ob’yekt bosh to‘plamdan tanlanib, uning ustida kuzatish o‘tqazilgandan so‘ng, u bosh to‘plamga qaytarilsa, u holda bunday tanlanma takror tanlanma deyiladi.
Agar tekshirish uchun olingan ob’yekt bosh to‘plamga qaytarilmasa, unday tanlanmani notakror tanlanma deyiladi. Amaliyotda odatda qaytarilmaydigan tasodifiy tanlashdan foydalaniladi.
Tanlanmadagi ma’lumotlar bo‘yicha bosh to‘plamning bizni qiziqtirgan belgisi haqida to‘g‘ri hulosa qilish uchun tanlanmaning shunday amalga oshirish kerakki, u bosh to‘plamni muhim harakterli xususiyatlarini o‘zida to‘liq saqlasin. Buni qisqacha tanlanmaning re’rezentativligi deyiladi. Tanlanma re’rezentativ bo‘lishligi uchun tanlash tasodifiy ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi, ya’ni bosh to‘plam barcha ob’ektlarning tanlanmaga tushish extimollari bir xil bo‘lishi kerak.
Matematik statistika elementlari
Tanlash usullari.
Amaliyotda tanlashning turli usullari qo‘llanilib, ular asosan ikki turga bo‘linadi:
1. Bosh to‘plamni qismlariga ajratmasdan tanlash, unga quyidagilar kiradi:
a) oddiy qaytarilmaydigan tasodifiy tanlash;
b) oddiy qaytariladigan tasodifiy tanlash.
2. Bosh to‘plamni qismlarga ajratgandan so‘ng tanlash, unga quyidagilar kiradi: a) taktik tanlash; b) mexanik tanlash; v) seriyali tanlash.
Bosh to‘plamni elementlari bittalab olinadigan tanlash oddiy tasodifiy tanlash deyiladi.
Matematik statistika elementlari
Taktik tanlash deb, shunday tanlashga aytiladiki, bunday ob’yektlar butun bosh to‘plamdan emas, balki uning «taktik» qismlaridan olinadi. Masalan, detallar bir necha stanokda tayyorlanayotgan bo‘lsa, u holda tanlash barcha detallar to‘plamidan emas, balki har bir stanok maxsulotidan ayrim olinadi.
Mexanik tanlash deb, shunday tanlashga aytiladiki, bunda bosh to‘plam tanlanmaga nechta ob’yekt kirish lozim bo‘lsa, shuncha guruhga mexanik ravishda ajratiladi va har bir gruhda bittadan ob’yekt olinadi. Masalan, stanokda tayyorlangan detallarning besh foizini ajratish lozim bo‘lsa, u holda har yigirmanchi detal olinadi.
Seriyali tanlash deb, shunday tanlash aytiladiki, bunda ob’yektlar bosh to‘plamdan bittalab emas, balki «seriyalab» olinadi va ular yaxshisiga tekshiriladi. Masalan, buyumlar katta sondagi stanoklar tomonidan tayyorlanayotgan bo‘lsa, u holda fakat bir nechta stanokning buyumlari yaxshisiga tekshiriladi.