Approksimasiya. Matematikada approksimasiyani murakkab yoki noma'lum hamda qiyin yechimga ega funksiyalarni xususiyati ma'lum bo'lgan oddiy funksiyalarga almashtirish yoki shu oddiy funksiyaga yaqinlashtirish, deb tushuniladi (12.15-rasm). Xohlagan teng chiziqlar yordamida tasvirlangan yuzani quyidagicha approksimasiyalash yoki joyda ko'rinishiga yaqinlashtirishni quyidagicha ifodalash mumkin:
f(x,y) — yaqinlashtirilayotgan funksiya, e — qoldiq, approksimasiyalanishi mumkin bo'lmagan qoldiq. Agar funksiyani f(x,y) bir necha yuza tenglamasi qatoriga ajratsak, unda
Qatorlarni tashkil etuvchilarni//x,>y+y/x,_y>) ...... fa(x,y) aniqlash
zarur bo'ladi. Buning uchun z ning qiymatini kartadan topish va kvadrat tenglamani yechish kerak:
Matematik apparatning xususiyatlariga e'tibor bermasdan, shuni ta'kidlash joizki, barcha hollarda ham approksimasiya tenglamasi tekislikni iloji boricha o'xshashroq tasvirlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
Matematik statistika usullarining bir qancha turlari mavjud bo'lib, ular karta orqali fazoda va makonda tarqalgan statistik ko'plikni va ular hosil qilgan statistik yuzalarni o'rganishga bag'ishlangan (12.16-rasm).
Bu usullar quyidagi hollarda ishlatiladi:
1 . Voqea va hodisalaming tarqalish funksiyalarini va xususiyatlarini o'rganish;
a — dastlahki yuzaning blok-diagrammasi: b, d, e - I, 2 va 3 darajali yaqinlashtirish bo'yicha tuzilgan blok-diagrammalar. 2. Voqea va hodisalar orasidagi bog'liqliknirig mohiyati va yaqinlik darajasini o'rganish;
3. Voqea va hodisalaming alohida faktorlari ta'sir doirasini ajratish. Voqea va hodisalaming tarqalishini tadqiq qilish asosida statistik terma yotadi, ya'ni bir xil qiymatga ega bo'lgan ko'plik. Ular tasodifiy, ma'lum bir tizim asosida, ayrim kalitli (tayanch nuqtalar, hududlar) Joylardan yoki rayonlardan tanlab olinadi. Termalar intervaliga qarab guruhlanadi, so'ngra tarqahsh gistogrammasi tuziladi, keyin har xil statistika hisoblanadi, masalan, o'rganilayotgan hodisaning fazoda tarqalishi haqidagi miqdorli ko'rsatkichlar statistikasi (12.17-rasrn).