Bitiruv malaka ishining ilmiy-amaliy ahamiyati. 1. Bakalavriyat yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan “Kartografiya” fanidan talabalarga “Meliorativ kartalarni ” tuzish jarayonida MapInfo dasturi asoslaridan foydalanishning o‘ziga xos jihtlarini tadqiq etish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
2. Mazkur tadqiqot mavzusiga oid ishlanmalardan Oliy ta’lim bakalaviriyat mutaxaisligining geografiya, agrokimyo, ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kompyuter texnologiyalari asosida karta tuzish ishlarini muayyan mavzular bo‘yicha darslarni tashkil etish jarayonida foydalanish mumkin.
Bitiruv malaka ishining mazmuni va hajmi. Bitiruv malakaviy ish kirish uch bob, xulos takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, 65 bet sahivada bajarilgan. Birinchi bobda Geografik axborot tizimi va uning dasturlari haqida tushuncha bayon etilgan. Ikkinchi bobi kartalashtirishning geografik axbarot tizimi deb nomlanib, unda kartalarni yaratishni jihatlari, xaritalar tuzishda elektron o‘quv materiallarining o‘rni muhokama etiladi. Uchinchi bobda geografik axborot tizimi texnologiyalar asositda tuproq meliorativ kartalarni tuzishning o‘ziga xos jihatlari asoslab beriladi. Unda dastlab, O‘bekiston yangi tuproq kartasiga qo‘yiladigan talablar va meliorativ kartalarini yaratishning texnologlogiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Xulosa va takliflar to‘g‘risida olib borgan tadqiqotlar asosiad o‘zining eng muhim xulosalarini va takliflarini bayon qilgan. Ishning oxiriga mazkur ishni bajarish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
I. БОБ. КАРТОГРАФИК УСУЛНИНГ ГЕОГРАФИЯДАГИ АҲАМИЯТИ
Keyingi yillarda tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqalarini o‘rganishda – geogrofiya xaritalarining aerokosmofotosyemka materiallarining ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Ular territoriyani o‘rganishda asossiy qurollar bo‘lib, ayrim regionlarni tabiiy muhitni va jamiyatning rivojlanishini tahlil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Xaritalar uzoq muddat ichida turli o‘zgarishlarga uchrab kelgan. geogrofiya xaritalarning taraqqiyotida fan va texnikaning rivojlanishi matematik hisoblash sistemalarining va avtomatik vositalarining keng qo‘llanilishi muhim o‘rin tutadi. Qo‘lda tuzilgan xaritalar qatorida yangi zamonaviy EHM va kosimik materiallari asosida yaratilgan xaritalar ishlatilmoqda. Murakkab avtomatik sistemalar xaritani chizishda insonga yordam berib, tabiat va jamiyatga sodir bo‘layotgan jarayonglar mohiyatini chuqurroq o‘rganish va tushunish qulayligini yaratdi. Geografik xaritalar va kosmik materiallarini birgalikda ishlatish “Geografiyaning jonini “ geografik muhitni komponentlararo aloqalarini fazoviy vaqt mobaynida o‘zgarishini o‘rganishda yordam beradi. Ma’lumot, manbalarining ko‘payib borirshi hamda ularning tez qayta ishlash va tahlil qilish zaruriyatini zamonaviy texnik vositalardan foydalanishni talab etadi. Geografik ma’lumot sistemalarining paydo bo‘lishini va ulardan idora qilish rejalashtirish ishlarida, o‘qitishda qo‘llanishni sonsiz ma’lumotlardan oqilona foydalanishga asosiy sababchi deb hisoblasa bo‘ladi.
Dunyo va jamiyatni o‘rganishda xaritaning tarixini kuzatsak uning inson dunyo qarashini o‘zgarishiga bog‘liqligi ko‘zga tashlanadi. Dunyoni tushunish, tabiat va jamiyatni o‘zgarishini kuzatishda insonga ishonchli yordamchi bo‘lib, uning turli savollariga javob berishi mumkin. Yirik sovet geografiyachisini N.N. Baranskiy xaritaning noyob hususiyatlarini alohida ta’kidlab, “Xarita geografiyaning alfa va omegasi, geografiyani tadqiqotining boshlang‘ich va so‘nggi lahzasi“ deb ko‘rsatgan edi. N.N.Baranskiyni fikricha geografik fikrlashning rag‘batlantiruvchisi bo‘lib, geografik muhitinging rivojlanishi va tarqalishi qonuniyatlarini dunyodagi o‘rganilmagan, noma’lum hodisalarni aniqlashda uning ahamiyati katta.
Ingliz kartografigi D.Robinson kartografiyada 3 inqilob bo‘lganini ko‘rsatadi. I/XVIII – XIX asrlarda timatik va topografik xaritalarning tuzilishi ikki II / XX asr boshida kartografiyaning paydo bo‘lishi va 3 / kartografiyada avtomizatsiyalashtirishni XX asr oxiri bilan bog‘laydi. Har bir inqilob kartografiyaning yangi bosqichi bo‘lib, o‘z davrida xarita tuzish va undan foydalanish muammosini yaratgan. XVIII- X1X asrlarda xaritalardan keng foydalana boshladi. Bu vaqtda xaritalar turli xil tadqiqotlarning muhim vositasi bo‘lib qoldi. Chunonchi yerni o‘rganishda, unga oid turli ma’lumotlarni to‘plashda, ularni kartografik jihatdan umumlashtirish va taqqoslashda katta ahamiyat kasb etib, shu bilan birga geografik tadqiqotlarni rivojlanishiga ham sababchi bo‘lgan. Hozirgi kunda xaritadan inson faoliyatining turli sohalarda foydalaniladi. Fandagi ko‘p nazariy va amaliy izlanishlar kartografik usul yordamida bajariladi. Yirik masshtabli topografik timatik xaritalar bilan bog‘langan fanlar – geologiya, geomorfologiya, tuproqshunoslik, kompleks tabiiy - geografik landshaftshunoslik tadqiqotlari tabiiy geografiya va sayyorashunoslik kartografik usulining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. 1948-yilda sovet kartografigi K.A. Salishev kartografiyaning vazifalarini va mazmunini ko‘rib chiqib hodisalarining o‘zaro aloqadorligini aniqlashda xaritalar asosiy vosita bo‘lishini uqtirgan. Xalqaro kartografik uyushma “Xarita, plan va boshqa turli tasvirlarni yaratish hamda ulardan foydalanish maqsadi bilan bajariladigan turli ishlarini ilmiy, texnikaviy, badiiy “kartografiyaning asosiy vazifasi tushunadi. Bundan ma’lumki kartografik usul, A. N. Brilliant ta’riflab berganidek, xaritadagi tasvirlangan hodisalarni o‘rganish maqsadi bilan xaritadan foydalanish masalalarini o‘rganadigan kartografiyadagi qismidir. 1986 yil 17b.
Atrof - muhitni muhofaza qilish va resurslardan samarali foydalanish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, xalq xo‘jaligi rivojlanishini turli xaritalar bilan ta’minlash geografiyaga oid hamma tadqiqotlarni materiallardan foydalanishning asosiy maqsadi bo‘lib qoladi.
Kartografik usul ta’rifi va ko‘rsatilgan vazifalarni e’tiborga olsak, uning asosiy maqsadi – xaritalarni o‘rganish asosida voqelikni bilish ekanligi namoyon bo‘ladi. Kartografik usuldan foydalanishda xarita mazmuni erkin o‘qish, uni tuzishning asosiy qoidalarini, tasvirlash usullarini va yaratish ususlini tushunish bilan birga maxsus geografik fanlarni chuqur bilash ham zarur. Kartografik tasvirni qayta ishlash usullarining ko‘pligi ularning imkoniyatlarini ham aniqligini bilish talab qilinadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada xaritalardan foydalanish usullari bilan qisqa tarzda tanishish mumkin.