Картографик усулнинг геогрофиядаги аҳамияти ва ўрни


Xaritalarni tahlil qilishning tarixi va uslullari



Yüklə 9,42 Mb.
səhifə4/17
tarix15.08.2023
ölçüsü9,42 Mb.
#139393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3 geografik tadqiqotlarda kartografik metodlardan foydalanish masalalari

1.2 Xaritalarni tahlil qilishning tarixi va uslullari
Kartografik tasvir eramizdan avvalgi XIV asrda paydo bo`lib, u hozirgacha amaliy maqsadlar uchun ishlatilib kelinlpti. Qadimgi Misr, Yunon, Gretsiyada oddiy masalalarni yechish-masofadarni o‘lchash, maydonlarni hisoblash, joyning katta-kichikligini taqqoslash, joyda oriyentirlash ishlarida xaritadan foydalanilgan edi. Qadimgi grek geogrofiyachisi Strabon "mamlakatni idora qilishda, uning kattaligini, xususiyatlarini, joylanishini" bilish zarurligini uqtiribgina qolmay» balki globus yaratib, uning tasvirini qog‘ozga tushirish yo`llarini aniqlagandi. Klavdiy Ptolemey “Geogrofiya” asarini yaratganda juda ko‘p xaritalardan foydalanib,shu davrdagi YER va unga tegishli xodisalar to`g‘risidagi bilimlarni sharhlab bergan edi. O‘rta Osiyoda ulug‘ riyoziyotchi va geografiyachi al-Xorazmiy esa 830 yilda "Yer tasvirlar kitob"ini yaratganda turli regionlarni, mamlakatlarni, shaharlarni iqlim nazariyasi bilan bog‘lab xaritalar asosida izohlagan edi. XVI asrning oxirida Yevropada paydo bo‘lgan astronomik kuzatishlar asosida yaratilgan xaritalar tasvirining riyoziyot qonunlarini e’tiborga olib tuza boshlagan. So`ng aniq va batafsil tuzilgan xaritalarni "kartograflar qiroli" Girard Merkator yaratgan edi. R.Merkator taklif qilgan proyeksiya dunyo -xaritalarida turli joylarni taqqoslash imkonini berar edi. Uning yordamida esa turli o‘lchashlar xatoliklarni e’tiborga olib bajarish yuli ma’lum bo‘ldi. Ushbu proyeksiyada hozirgi kunda xam foydalaniladi. Merkator yana xaritadan shunday qo‘llanma yaratdiki, unda masofalarni o‘lchash usullari va navigatsiya bilan bog‘liq masalalarni yechish yullari batafsil ko‘rsatiladi.
XVIII asrda xaritalar mavqei ham o‘zgardi. Yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar tobora ko‘payib borayotganini tufayli tabiiy hodisalarni tushunish harakati yanada avj oldi. Global qonuniyatlarini noma’lum tabiiy hodisalarni o‘rganish va o‘rganilmagan obyektlarni oldindan xabar qilishni faqat xarita orqli o‘rganish mumkinligi aniqlandi.
Xarita tadqiqotlarning samarali vositasi sifatida qo‘llanishi A.Gumboldt va V.V.Dokuchayev ishlarida ko‘rish mumkin. Ular tabiiy muhitni zonalar fundemental qonuniyatlarni yaratishda turli xaritalarrni tuzib ularni taqqoslash natijasida yer yuzasida iqlim zonalarini o‘simliklar va tuproqlarni tarqatish qonuniyatlarini aniqlashdir. Xaritalardan foydalanib A.Vegenev qit’alarni dreyf qilish - mobilizm gipotezasini yaratgan. Bu fikr olimga Braziliya va Afrika qirg‘oqlari shaklini xarita orqali o‘rganganida keldi. A.Vegener qirg‘oqlar o‘xshashligini "qadimiy zamonlarda yaxlit Gondvana qismlarga bo‘linib ayrim qit’alar paydo bo‘lgan" - degan fikr bilan bog‘lagan bo`1sa, bu fikrning tarafdorlari aniq geologik va tektonik xaritalardan foydalanib yangi isbotlarini topishyapti.
Geografiya olimlari tabiiy geogrofik hodisalarni tahlil qilishda qit’alar, okeanlar joylashishiga, shakllariga, o‘rtacha chuqurlik va balandliklarni hisoblashishiga, tog‘ sistemalarining taqsimlanishiga asosiy e’tibor bera boshlashdi. 1753 yili fransuz geografiyachisi F.Byuash Yerning asosiy tog‘ tizmalarini va daryolar o‘zanlarini, boshqacha aytganda, asosiy orografik chiziqlarini birinchi bo‘lib xaritalar orqali o‘rgangan edi.
Rus kartografik va geodezisti A.A.Tillo /1839-1899 yy./ kartografik usulning paydo bo`lishiga o‘z xissasini qo‘shgan. Rossiyaning gipsometriya xaritalarini birinchi bo‘lib qit’alar markazlarining koordinatlarini hisoblab, natijada shu markazlarni simmetrik holatda joylanganligini aniqladi. Zamonaviy izlanishlar litosferaning siljish qonunlari shunday taqsimlanishining sababi deb topildi. Turli maqsadlar uchun xaritadan foydalashsh yo‘llarini A.A.Tillo birinchi bo‘lib ko‘rsatib bergan. U izogenik xaritalarni o‘rganib, magnit og‘ishini Rossiyaning Yevropa qismida aniqladi va turli davrdagi chop etilgan xaritalarni taqqoslash uslubiyatini taklif qildi. Gipsometrik xaritalarni tahlil qilib, dunyo suv ayirg‘ichini aniqladi, ekstremal chuqurlik va balandliklarni 20-30-40 parallellarda joylanishini ko‘rsatdi, shuningdek, "Uzluksiz ravishda joylashgan bir qator mamlakatlarni, otilib chiqqan tog‘ jinslari bilan qoplangan va uzunlik bo‘yicha joylashgan" rift zonasini ham birinchi bo‘lib xaritalarda ko‘rsatdi. Shunday ishlar asosida bir necha kartometrik ishlar, ya’ni maydon yoki koordinatlar hisoblantan edi va bir biri bilan taqqoslantan edi.
XVIII asr oxirida Rossiyada xaritalardan foydalanish ko‘proq davlat maydonini hisoblash bilan bog‘liq bo‘ladi. 1787 yilda V.L.Kraft xarita orqali Rossiyaning maydonini xisoblagan bo‘lsa, F.I. Shubert, N.S.Zernov va D.Prevoshikov mazkur ishlarni yanada aniqlashtirib, davom ettirgan va nihoyasiga yetkazgan edilar.
Natijada bunday ishlar turli masshtabdagi xaritalardan foydalanishni kengaytirgan.
A.P.Karpinskiy o‘z fundamental geologik tuzilishlarini va gipotezalarini kartografik ma’lumotni tahlil qilish asosida tuzgan. Qit’alar shaklini va tog‘ tizmalarini o‘xshashligini ko‘rib, noma’lum bo‘lgan Antarktitada tog‘ tiemalariga joylanishini oldindan aniq aytib berdi.
1895 yilda D.N.Anuchin A.A. Tilloning gipsometriya xaritalar»' dan foydalanib va A.II.Karpinskiy tuzgan geologik xaritalarni o‘rganib, asosiy orografik elementlar tuzilishida tektonik jarayonlar sabab bo‘lishni ko‘rsatdi. Bu fikr zamonaviy morfostrukturali geomorfologiyaning asosi bo‘ldi.
Sovet davrida xaritadan foydalanish kengayib bormoqda Y.M.Shokalskiy /1856-1940 yy/ A.A.Tillo ishlari asosida xaritada turli o‘lchashlarni bajarishshng riyoziyot nazariyasini yaratgan va kartometrik ishlarning aniqligini baholash yo`llarini taklif qildi. Y.M.Shokalskiy izlanishlari bir necha marta turli Akademiyalar mukofotlariga sazovor bo‘ldi. N.M.Volkov "Kartometriya prinsiplari va usullari"/1956 i./ kitobida turli o‘lchashlar yo`llarini va aniqligini ko‘rsatgan. S.D. Muraviyskiy daryo va ko‘llarning morfometriyasini matematik usullardan foydalanib o‘rgandi va kartografik hamda matematik usullarni birgalikda ishlatish yulini e’tirof etdi. N.N.Varanskiy iqtisodiy geografiyada xaritaning ahamiyatini va ishlatish yullarini o‘rgandi. A.V.Gedimin, A.F.Aslanikashvili, K.K.Markov va boshqa geografiyachilar, kartograflar xaritalardan turli amaliy va nazariy yechish yo`llarini topishdi.
Xaritalardan keng foydalanishda, turli usullar yaratilishiga kartograflar hamda geograflar, geologlar, matematiklar, iqtisodiy fanlar bilan shug‘ullanuvchi olimlar o‘z xissasini qo‘shganlar. Texnik vositalardan foydalanish e’tiborga olib, usullar quyidagi gruppalarga ajratiladi:
1. vizual – ko‘z bilan chamalab tahlil qilish va izohlash;
2.instrumental tahlil qilish turli asboblardan foydalanib xaritada turli o‘lchov ishlari bajarilmoqda/.;
3 avtomatik tadqiqotlar /EXM va avtomatik vositalardan, foydalanib kartografik tasvirni o‘rganishda turli o‘lchov ishlari, hisoblashlari, baholashishlari avtomatik ravishda bajarilmoqda.
A.M. Berlyant taklif qilganday kartografik tasvirni tahlillar asosiy 4 gruppaga ajratiladi:
1. Xaritaning izoxi - xaritadagi tasvirlangan xodisalarni
obyektlarni sifat jihatidan ta’riflash usuli;
2. Grafik usullar - xarita aoosida turli grafiklar, promalar, diagrammalar, blok diagrammalarni tuzish usullari;
3. Grafoanalitik usullari – kartometrik va morfometriya xaritada turli o‘lchov ishlarini va xisoblashlarini bajarish uslubiyati;
4.Matematik kartografik modellashtirish-statistik, matematik ma’lumot va boshqa matematik apparatdan foydalanish, xarit opi-,--li olingan ma’lumotlar asosida matematik modellar yaratshi ь-ch i lil silip! usuli.
Itona xarita yoki ular majmuinya Urganishda ushbu usullard-ui aloxida xamda birlashtirib foydalanish muglkin. Kuz -bilan chamgch'.~ izoxlashni kartometrii ishlar baksarishk bilan tuldirish mumkin. Kundan kunta yangi uoullar yaratilglokda va turli sohalardagi bilimlardan foydalanilmoqda. Shu sababli kitobda hozirgi kunlarda keng qo‘llaniladigan va tajribaga boy usullar to‘g‘risida ma’lumotlar qisqacha keltirilgan.
Xaritani izohlash - an’anaviy usullardan biri bo‘lib, uning maqsadi xaritadagi tasvirlangan hodisalarning taksimlanishini o‘zaro aloqalarini faqat yaxshilanishini aniqlashdir. Izohlashning dastlabki bosqichda xaritaning sifatini baholash zarur, zamonaviyligi, aniqligini, kartografik proyeksiyalash xususiyatlarini va xatoliklarni e’tiborga olib, xaritaning oldiga qo‘yilgan vazifaga muvofiqligini aniqlash kerak. Xaritani izohlashdan avval unda tasvirlantan joyning umumiy va asosiy xususiyatlariga e’tibor beriladi. Ayrim xislatlarini tahlil qilish umumiy tomonlarishi o‘rganishdan keyin bajariladi. Xulosada aniq ravishda izohlash natijalari keltiriladi. Izox, albatta qisqa, ravon, dalillarga asoslantan materiallarga boy bo‘lishi kerak. Shu maqsad bilan jadvallar grafiklar, turli sonli ma’lumotlar, hamda isbotlar keltiriladi, Baholash elementlari qanchalik ko‘p kiritilsa, izohning sifati shuncha oshadi.
Xarita izohlashning asosiy prinsiplarini A.M.Berlyant shunday deb ko‘rsatadi:
I/ mantiqiylik, barqarorlik, muntazamlik;
2/ dalillarni xarita orqali tanlab olishda muntazamlik srinsipi asosiy prinsip deb hisoblanadi;
3/ taqqoslash elementlarini ishlatish, sonli ko‘rsatkichlardan foydalanib solishtirish prinsipi;
4/ hodisalarni tadqiqot nuqtai nazaridan xolis baholash prinsipi;
5/ xulosalarni va takliflarni muntazam ravishda aniq yo‘l bilan keltirish prinsipi.
Turli mavzuiy xaritalarni solishtirib kompleks profillarni ham tuzish mumkin va ular yordamida ayrim yo‘nalish bo‘yicha tabiiy komponentlarni hamda iktisodiy xodisalarni tarqalishini birlashtirib o‘rganish qulay
Xaritadan o‘qib olingan ma’lumotlar turli xildagi diagrammalarni tuzish uchun asos qilib qabul qilinadi. Shunday diagrammalar hodisaning o`zgarishi, dinamikasini, o‘zaro alochalarni, o‘rganishdan tashqari fazoviy taqsimlashini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Oqsoq-ota vodiysining orogidrografik elementlarini o‘rganilib ro­za-diagramma tuzilgan va 2 -rasmda keltirilgan. Uning yordamida erozion shakllarni asosiy tarqalish yo‘nalishlarini o‘rganish lozim.

3-rasm. Oqsoq-ota vodiysining orogidrografik elementlari­ni tahlil qilish asosida tuzilgan roza-diagramma.
Xarita orqali orogidrografik elementlarining - gidrografik tur, jarliklar azimutlari haqida ueunliklari aniqlandi. Roza-diagrammaning nurlari tegishli azimutdagi elementlar uzunligiga proporsional qilib tuzilgan. Ushbu usulda tektonik yoriqlar roza-diagrammalari' bilan solishtirib orografiyaning va tektonik strukturasi orasidagi munosibligini o‘rganish qulayligi ko‘rinib turibdi. Roza-diagrammalarni tuzib turli dinamik jarayonlarni - oqimlarni,
shamol yo‘nalishi, tezligini, migratsiya yullarini o‘rganish imkoniyati bor.
Ko‘ndalang hamda bo‘ylama profillarni birlashtirish yo‘li bilan strukturasini o‘rganishda blok-diagraglmalar qo‘llanilmoqda.
lokdiagramma joyning perspektiv 3 o‘lchovda bo‘lgan tasviri bo‘lib, turli mavzudagi xaritalarda ko‘rsatilgan xodisalarni yaqqol solishtirish imkoniyatini yaratadi.



4 -rasm. Joyning relyefi /a/ va geologik /b/ xaritalari,


tatskoslash asosida tuzilgan aksonometrik blok-diagrammasi /v/ /Berlyant, 1988/.

turli yo`nalishlarda har xil o‘lchash ishlarini bajarish mumkin. Blok-diagrammalarni tuzish uchun aksonometrik perspektiv proyeksiyalardan foydalaniladi. Koordinatalar sistemasini tekislikda ko‘rsatish uchun bitta yoki ikkita nuqtadan nurlar o‘tkaziladi. Nuqtalar joylanishini o‘zgartirib, blok-diagrammalarni o‘z o‘qi atrofida "aylantirish" yoki "egish" mumkin. Zamonaviy avtomatik grafopostroitellar ishlatilishi bilan murakkab grafiklarni tuzish ishlarini osonlashtirish imkoniyati yaratildi. Joy relyefining raqamli modelini tuzish maqsadi bilan xaritadan balandliklar tanlanadi va EHMga kirgiziladi. Maxsus dasturlar yordamida turli masshtabdagi, proyeksiyadagi blok-diagrammalar tuziladi.


Grafik usullar yordamida joyning turli hodisalar yig‘indisini
Yoki ayirmasini xarita orqali hisoblash mumkin. Shu vazifani yechish uchun izoliniya usulidan tuzilgan xaritalardan foydalaniladi, bunring uchun ular ustma –ust tushirilib, izoliniyalar tutashgan joylarda ko‘rsatgichlar yig‘indisi yoki ayirmasi hisoblangan holda yangi yakunlovchi izoliniyalar tuziladi.

Yüklə 9,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin