Картографик методлардан географик тадқиқотлардан фойдаланиш масалалари
РЕЖА:
I. БОБ. КАРТОГРАФИК УСУЛНИНГ ГЕОГРАФИЯДАГИ АҲАМИЯТИ
1.1.Ўзбекистонда картография шаклланиши ҳолатининг муаммолари ва истиқболлари.
1.2 Харитани таҳлил қилишнинг қисқа услуби ва тарихи
1.3. Xaritalar va atlaslar.
II. БОБ. КАРТОГРАФИК ВА ГЕОГРАФИК ТАДҚИҚОТЛАРНИНГ АНИҚЛИГИ ВА РИВОЖЛАНИШДАГИ ЎРНИ.
2.1 Карталарда воқеа ва ҳодиса жараёнларнинг боғлиқлик динамикаси.
2.2. Географик карталарнинг илмий –амалий аҳамияти.
2.3. Matematik va kartografik modellashtirish usullarining amalga oshishirilishi.
ХУЛОСА ВА ТАВСИЯЛАР
ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР.
КИРИШ.
O‘zbeksiton Respublikasi Konustitutsiyasining qabul qilinganligining 20- yilligi munosabati bilan O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti so‘zlagan nutqida bugungi kunning eng dolzarb masalasi iqtisodiyotning rivojlanish sur’atlarini yanada oshirish, shu yo‘l bilan aholi turmush farovonligini ta’minlash ekanligini qayd qilib o‘tgan edi.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda yosh avlodni zamon ruhi va talabi hamda ishlab chiqarish extiyojlariga to`liq javob beradigan darajada o‘qitish va tarbiyalash Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy talabi hisoblanadi. Belgilangan ushbu vazifalar ta’lim va tarbiya tizimidagi barcha bo`g‘inlarning o‘zaro hamkorligi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Ta’lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari shu faoliyatdan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda.
Keyingi yillarda Geografik axborot tizimidan (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan iborada GIS so‘zi ishlatiladi) foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. GISga tabiat va jamiyat obyektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, tahlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparat-dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi.
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, tahlil qilish va ma’lumotlarni kompyuter yoki yetarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturli texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jihatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, geografiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya, mavzuli kartografiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda.
Ana shunday usullar bilan yaqindan tanishish maqsadida tadqiqotimiz mavzusini “Tuproq meliorativ kartalarini GAT texnologiyasi asosida ishlash masalari” deb nomladik.
Tadqiqotning o‘rganilganlik darajasi. Tuproq meliorativ kartalarini geografik axborot tizimi texnalogiyalariga asosan yaratish ko‘plab xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan olib borilgan tatkikotlarda yoritilgan jumladan A.H., Robinson J.L., Morrison P.C., Muchrcke A.J., Kimerling S.C. Guptil. (1995), V Plewe ( 1997), A. M Berlyant (1997), M.N.De Mers M.N. (1999). MaplnfoProfessional (2000). V.P. Raklov (2003) Geoinformatika (2005).
R.F.Tomlinson R.F. (2004) , S.A Kadnichanskiy (2005) I.K. Lurye I.K. (2008), E.Y. Safarov (2009-2010), L.X. G`ulomova (2002-2010) va boshqalar.
Bitiruv malaka ishining maqsadi. Фанни ўқитилишдаги мақсади - картография ва топография асослари курсининг география фанини ўрганишдаги мақсади географ талабаларга географик картанинг асоси бўлган топографик картани яратиш асосида географик картани тузишни уни ўқиш ва ундан фойдаланишнинг ўргатишдир.
Bitiruv malaka ishining obyekti. Mazkur ishning tadqiqot obyekti sifatida meliorativ kartani yaratish sohasida GAT texnologiya asosida yaratishning o‘ziga xos dasturiy tuzilmalari olindi.
Bitiruv malaka ishining predmeti. Tuproq meliorativ kartasini bevosita yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan Geografik axborot tizimining dasturiy ta’minotlaridan biri xisoblangan map info dasturi olindi .
Bitiruv malaka ishining vazifalari.
1. Bitiruv malakaviy ishining mavzusiga doir ilmiy, didaktik metodik, dasturiy ta’minot manbalarni o‘rganish, tahlil qilish.
2. O‘rganilayotgan mavzu zamonaviy dasturlash tizimlari orqali meliorativ kartalarni yaratishning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib berish.
3. Bu soha bo‘yicha olingan ilmiy bilim va tajribalarni boshqa hududlar tuproq-meliorativ kartalarini tuzish jarayoniga tadbiq qilish yo‘llariga oid ilmiy-metodik tavsiyalar berish.
Tadqiqot metodlari. Ilmiy va adabiy manbalarni tahlil etish, kompyuter texnologiyalarning zamonaviy dasturlash tizimlarini tahlil qilish, analitik tahlil, dala kuzatish ishlari, kartografik qiyoslash
Tadqiqotning metodologik asosi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus hamda xalq ta’limi Vazirliklarining buyruqlari. Prezident I.A.Karimovning ta’lim tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondoshuvlari, tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.
Bitiruv malaka ishining ilmiy yangiligi. Zamonoviy ta’limni tashkil etishga quyiladigan muhim talablardan biri o‘quvchilar dunyo qarashini kengaytirish va chuqurlashtirishdan iboratdir. Shu sababli kompyuterlarning dasturiy tizimlari bilan yaqindan tanishish asosida tuproq meliorativ kartalarni tuzishning o‘ziga xos texnologiyalari bilan yaqindan tanishtirish..
Dostları ilə paylaş: |