1.3.Xaritalar va atlaslar xususiyatlari
Geografiyada va Yer hamda jamiyatni o‘rganadigan boshqa fanlarda turli manbalardan va tadqiqot usullaridan foydalaniladi geografiya, sotsiologiya izohlashlar, nazariyalar va gipotezalar va atlaslar, aero va kosmik sur’atlar, turli jadvallar, diagrammalar, profillar, kesmalar, matematik va tenglamalar ishlatiladi. Ular yordamida haqiqat va tabiatni o‘rganishda ushbu medallarga haqiqat bilan ayrim munosabatda bo‘lishlik sharti qo‘yilgan. Xaritalar va atlaslarning xususiyatlarini o‘rganib ularning iikoniyatlarini, nuqsonlarini va fazilatlarini aniqlash kerak.
Xarita haqiqatning modeli bo‘lib, fazoviy va vaqt o‘xshashligi xususiyatiga ega. Haqiqiy obyekt va xarita oralig`idagi maskanlik shunday namoyon bo‘ladi: u orqali aniq ravish" '/o‘lchash mumkin. O‘lchashlarning aniqligi -,.- xaritaning masshtabiga, qabul qilingan shkalalariga bog‘liq;
2. Bant o‘xshashligi yoki ayrim davrga tegishli obyektlarning xaritalarini, rivojlanishini aniq ravishda kursatilishini kuzatishimiz mumkin.
Xaritaning mavhumligi ham generalizatsiyaga bog‘lik va bu xususiyati turli ma’lumotlarni xarita orqali sistemali ravishdir, yagona geografik obrazi sifatida o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Xaritadagi mavhumlik darajasi boshqa modellardagi erokosmik rasmlarda, jadvallarda» grafiklarda kuzatilmaydi.
Kartografik tasvirning tanlab ko‘rsatish qobiliyati tabiat va jamiyatning turli tomonlarini bir-biridan ajratib aloida ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Ayniqsa analitik xaritalar shunday qobiliyatga ega. Misol uchun, izoterma xaritalar iqlimning ayrim tomonini ko‘rsatishadi; lekin xaritalar majmui orqali zotan murakkab hodisalarni taxlil qilish qulayligini ko‘rishimiz mumkin, Xaritalarda aksincha, turli xodisalarni yagona ravishda tasvirlsh ham mumkin va umumlashtirilgan ma’nolarni, ko‘rsatkichlarni kiritib haqiqatdagi alohida kuzatiladigan xodisalarni yaxlit tasvirini yaratish, tushuniladi. Ushbu xususiyat kartografik nushaligi deb nomlanadi . Tanlab olish kobiliyatini va sintezligini turli modellarda ham kuzatish mumkin: izohlashlarda, tenglamalarda,sxemalarda va profillarda.
Xaritaning metrik xususiyati uning eng ravshan xususiyatlaridan biri. Xaritaning masshtabi turli belgilar shkalalari, turkumlari turli xil o‘lchashlarni va yerga hisoblashlarni bajarish imkoniyatini beriladi. Boqacha aytganda sonli va sifatli kursatkichlarni o‘rganishni, o‘lchashlarni absolyut yoka nisbiy o‘lchovlarni bajarishda, bandliklar asosida-baxolanada namoyon bo‘ladi. Metrik xususiyatlariga unga xarita matematik modellar yaratish asosi sifatida qabul qilinmoqda. Ushbu xususiyatlarni rasmlarda, fotogrammetrik modellar, grafik va sxemalarda kuzatishimiz mumkin.
Kartografik tasvirning bir ma’noligi xaritadan va joydagi nuqta joylashishining munosibligi deb tushuniladi. Demak, xaritada nuqta, belgi, chiziq joydagi faqat bitta nuqta, belgi, chiziqqa tegishli.
Tasvirning uzluksizligi xaritaning boshqa modellardan nuqtalik xususiyati hisoblanadi. To‘la bo‘lmagan ma’lumotlar asosida to‘g‘ri xaritani yaratib bo‘lmaydi. Joylarni yaxshi o‘rganilmganda xaritaning bu xususiyati fazilatga aylanib ketadi» joy notekis ravishda yoki yetarli darajada o‘rganilmaganda esa, aksincha bu xususiyat nuqsonga aylanadi. Matematik tenglama, joy izoh tuzilishi to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar asosida ham yaratiladi.
Kartografik tasvirning yaqqolligi uning fazilatlaridan biridir, xarita matematik modellardan shu tufayli ajralib turibdi. Bu xususiyat joyning taksgomanshpshi, uning yaxlitlagini, murakkab-litiyey, ayrim elementlarini kuzatish imkoniyatini beradi. Turli tadqiqotlarda muxandislik ruxiyoti ko‘rsatganday, haqiqatni vizual, ya’ni ko‘z orqali yakkol kurib kabul kilinishi eng samarali yul deb hisoblanadi. Inson dunyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 90% ini ko`z orqali qabul qiladi.
Xaritaning obzorligi spetsifik xususiyatlaridan biri va shu tufayli fazo va aloqalarni o‘rganishda eng katta qulaylikni yaratadi. Boshqa modellar bu xususiyatga ega emas, kosmik rasmlarning bu xususiyati xaritalarga nisbatan pastroq deb hisoblanadi.
Xaritaning legendasi logik xususiyatiga ega va A.M.Berlyant ta’riflaganday, "legenda-xaritaning kaliti" bulib tasvirni tushunishga yordam beradi, hamda harakatda tasvirlangan hodisalarni sistematik ravishda o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu xususiyatlar xaritaning fazilatlarini boshqa modellarga nisbatan ancha qulay ekanligini ko‘rsatadi. Lekin, xarita nuqsonlarga xam ega. Shaklning o‘xshashligi yordamida turli ma’nodagi obyektlarni xaritada ko‘rsatish tasvirning rasmiylashishiga olib keladi. Misol uchun, bir xil shakldagi belgi yordamida turli ma’nodagi obyektlarni tasvirlash mumkin va xaritani uqish paytida tushunmovchilikka olib kelishi mumkin. Shu sababli EHMning xarita o‘qish, o‘rgatish ishlarida qiyinchilik paydo bo‘lmoqda. Yagona xaritada turla xodisalarni birlashtirib tasvirlash imkoniyati ham iqlim, tuproqlar, o‘simliklarni, suvlarni bitta xaritada tasvirlaganda umumiy tasvirni o‘qib bo‘lmaydi. Dinamik jarayonlarni ham xarita orqali tasvirlash yo‘li yo‘q natijada xodisaning o‘zgarmasligi to‘g‘risida fikr paydo bo‘lipsh mumkin, ayniqsa, quyidagi dinamak jarayonlar - shamol» harorat, havo oqimlari va tabiiy ofatlar xaritada faqat bitta davrga tegishli mo‘ljallab ko‘rsatiladi. Shu nuqsonni yo‘qotish maqsadida xaritalardan iborat filmlar yaratsh yo‘li bilan xodisaning o‘zgarib turishini kuzatish va baxolash mumkin.
Atlaslar va xaritalar majmuasi K.A.Salishev ko‘rsatganiday, yagona xaritalardan iborat bo`lib, geografik sistemalarning modellari sifatida qabul qilinadi. Uning ayrim komponentlarini boblarga ajratilgan analitik xaritalar yordamida o‘rganish mumkin. Komponentlar o‘zaro munosibiligi turli kompleks xaritadarda tasvirlanadi. Muhandislik geografik iqtisodiy-geologik, landshaftlarni baholash, aholini xalq xo‘jaligida ish bilan shug‘ullanayotishi to‘g‘risidagi xaritalar turli geografik sistemalarning elementlarini o‘zaro aloqadorini va munosibligi aniqlashda ahamiyati katta. Turli davrda yaratilgan xaritalar maxsus dinamik jarayonlarni tasvirlaydigan xaritalar ularnshg dinamisini ko‘rsatadi. Oldindan aytib beruvchi va baholash xaritalarida esa tabiat yoki jamiyat: rivojlanishi extimoliy yo`llari ko‘rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, atlasdagi xaritalar geografik sistemalarning asosiy xususiyatlarini tasvirlab, boshqa modellarni yaratishda asos qilib qo‘llanilmoqda.
Xaritalarni boshqa modellar bilan birgalikda ishlatish hozirgi kunda murakkab masalalarni yechishda keng qo‘llanilmoqda. Xarita mavhumligining turli gipotezalar va ilmiy izlanishlar uslubiyatini takomillashtirish yo`llarini aniqlashda qulayligi ma’lum. Xaritalarda nazariy modellarni ishlatish natijasida turli vazifalarni yechish mumkin:
I/ haqiqiy obyektlarni tahlil qilish va ularning xususiyatlarini tartibga keltirib o‘rganish imkoniyati yaratildi;
2/ nazariy jihatdan maxsus xususiyatlarni ajratib, shu maqsadga muvofiq modellarni tuzish mumkin;
3/ ideal kazachiy modellarni va haqiqatni solishtirib asosiy ta’sir qiluvchi omillarni taqqoslab tahlil qilish lozim;
4/ nazariy qonuniyatlarni yaratish va aniqlab o‘zlashtirish mumkin.
Xaritalarni va fizik modellarni birlashtirib ishalatish tajriba natijalarini chuqur o‘rganish imkoniyati paydo bo‘ldi. Misol uchun, jarlik, terrasalar, tektonik xarakatlarni o‘zgarishini va dinamikasini o‘rganishda xarita turli o‘lchashlarni va baholashlarni bajarish uchun nihoyatda qulay.
Keng qo‘llanilgan matematik - kartografiya modellashtirish matematik hisoblarni kartografik jihatdan joyni o‘rganishda yordam beradi. Natijada matematik modellashtirishniig xato va nuqsonlarini kuzatib, yuuqotish yullari paydo buladi.
Xaritalardan va aerokosmik materiallardan foydalanib, joyning umumiy va ayrim maxsus xususiyatlarini o‘rganish imkoniyati yaratilmoqda. Rasmlarni va xaritalarni o‘qish usullari, xususiyatlash bir-biriga o‘xshashligi tufayli kartografik-aerokosmik usul rivojlanishini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |