!2.4-rasm. Janubiy Amerika va Afrika materiklari chegaralarini 200 m izobata bo'yicha birlashtirish.
12.2. Tadqiqotlarning kartografik usuli Tadqiqotlarning kartografik usuli — bu kartalarda tasvirlangan hodisalarni kartalardan foydalanib bilish usulidir. Kartalarda tasvirlangan hodisalarni bilish bu yerda keng ma'noda tushuniladi va kartalar orqali hodisalarning tarkibini, bir-biri bilan bog'liqligini, bamikasini va evolyusiyasini vaqt va makonda o'rganish, rivojlanishini qilish, ular haqida turli miqdor va sifat ko'rsatkichli ma'lumotlar anglatadi. Tadqiqotlarning kartografik usuli fanda va amaliyotda qo'llanilishi xilma-xil. Har bir fan sohasida borliqni tushunishda, amaliy ishlarda, loyihalashda, yerlarni o'zlashtirishda, aholishunoslikda, tabiatni muhofaza qilishda va boshqa turli masalalarni yechishda kartografik usul qaror qabul qilish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Kartalardan foydalanish ularni tuzish bilan chambarchas bog`liq. Bu «kartani tuzish — undan foydalanish» chizmasida yaqqol ko'rinadi (12.5-rasm). Kartalarni tuzishda ma'lumotlar manbasi sifatida atrof-muhit olinadi, kartalashtirishda kuzatishlar natijasi ma'lumotlarini tanlab kartaga aylantiriladi va borliqning modeli tuziladi. Kartografik modellashtirishda ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha murakkab ilmiy ishlar bajariladi, u yaqinlashtirish, tahlil va sintez qilishlar bilan bog'liq.
Bunday ishlar kartaning maqsadiga va kimlarga mo'ljallanganligiga, tadqiqotchining bilim darajasiga, obyektning o'rganilganligiga, karta-lashtirishning ilmiy metodologiyasiga, tasniflashning mantiqan to'g'riligiga, generalizatsiya darajasiga va h.k. bog'liq.
Kartalardan tadqiqot usuli sifatida foydalanish jarayonida ma'lumotlar qaytadan ishlanib, ishning maqsadiga, tadqiqotchining saviyasiga, tajribasiga va bir qancha boshqa ko'rsatkichlarga bog'liq. Shuni aytish kerakki, olib borilayotgan tadqiqotlar jarayonlari ma'lum darajada xatoliklarga ega. Shuning uchun olingan ma'lumotlar va xulosalar albatta real borliq bilan tekshirib ko'rilishi kerak, zarur bo'lganda ularga o'zgartirishlar kiritiladi.
Kartalarni yaratish va ulardan foydalanish tizimida bir-biriga bog'liq ikkita usul mavjud:
1. Kartalashtirish yoki kartografik tasvirlash usuli - uning maqsadi real borliqdan kartaga o'tish demakdir (voqea va hodisalar modelini hosil qilish).
2. Tadqiqotlarning kartografik usuli - tayyor kartadan foydalanib borliqni bilish.
Yuqorida nomlari keltirilgan usullar bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kartalardan foydalanish imkoniyati boshqa kartalarni tuzish tartibining ketma-ketligini belgilaydi.
Tadqiqot natijasida yangi kartalar tuziladi, ular yana o'z navbatida tadqiqotga jalb qilinadi, masalan, gipsometrik karta joyning nishabligini aniqlash uchun qayta ishlanadi, undan esa o'z navbatida yuzaning yuvilish intensivligi darajasini tasvirlovchi karta keltirib chiqariladi va h.k.
Bundan tashqari, tuzilgan kartalar o'z navbatida boshqa kartalarni tuzishda manbaa sifatida ishlatiladi, masalan, baholash va bashoratlash
12.5-rasm. «Kartalarni yaratish va ulardanfoydalanishli» tizimi. kartalarini tuzishda bir qancha analitik kartalar manbaa sifatida jalb qilinadi.
Kartalardan foydalanishning yana bir tomoni - kartograf bo'lmagan tadqiqotchilar yuqorida nomlari keltirilgan ikkita usuldan alohida-alohida foydalanishadi, masalan, tuproqshunos geomorfologik va geobotanik kartalardan ularni tuzish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan holda foydalanadi.
II. БОБ. КАРТОГРАФИК ВА ГЕОГРАФИК ТАДҚИҚОТЛАРНИНГ АНИҚЛИГИ ВА РИВОЖЛАНИШДАГИ ЎРНИ.
Kartalar bilan ishlash usullarining quyidagi ikki yo'nalishini ajratish mumkin:
1. Alohida olingan bitta kartaning tahlili
2. Kartalar seriyasi tizimini tahlili.
1. Alohida olingan bitta kartani tahlil qilishning quyidagi bo'limlari ajratiladi:
— kartadagi tasvirni o'zgartirmasdan, qanday bo'lsa shundayligicha o'rganish va tahlil qilish;
— kartadagi tasvirni aniq bir tadqiqot maqsadida qayta ishlab tahlil qilish;
— kartografik tasvirni tashkil etuvchilarga ajratish ~ bu alohida, o'ziga xos qayta ishlash bo'lib, normal va anomal tarkibli rivojlanishni, hodisalar va jarayonlarning rivojlanishi va joylashishini ajratib ko'rsatishdir.
2. Kartalar seriyasini tahlil qilishning quyidagi ko'rinishlari mayjud:
— har xil mavzuli kartalarni tasvirlangan hodisalari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni va hodisalar tabaqalanishini aniqlash maqsadida taqqoslash;
— turli vaqtda tuzilgan kartalarni voqea va hodisalar dinamikasini va evolyusiyasini aniqlash maqsadida taqqoslash, vaqt o'tishi bilan ular rivojlanishni bashoratlash;
— hududlardagi voqea, hodisa va jarayonlar tarqalishining umumiy qonuniyatlarini bilish uchun mavzusi o'xshash kartalarni tahlil qilish.
Kartalardan tadqiqot quroli sifatida foydalanish ishlari quyidagi bosqichlarda olib boriladi:
— vazifani aniq qo'yish — maqsadni ifodalash, vazifani yechish uchun topshiriqni tashkil etuvchilarga ajratish, aniqlik talabini be)~ gilash;
— tadqiqotga tayyorgarlik - kartografik manbalarni, uslublami-texnik vositalarni, algoritm va boshqalarni tanlash;
— tadqiqotni olib borish — dastlabki va so'nggi natijalarni olish, ularni baholash, yangi kartalarni yaratish;
— natijalarni talqin qilish — mazmunan tahlil, tavsiya va xulosalarni ishlab chiqish, ularning ishonchliligini baholash.
Tadqiqotning barcha bosqichlarida olingan natijalaming geografik tahlili namoyon bo'lishi, joydagi tafsilotlar bilan taqqoslanishi kerak, zarur bo'lganda, tadqiqotni olib borish ketma-ketligiga o'zgartirishlar kiritish ham mumkin.