3 geografik tadqiqotlarda kartografik metodlardan foydalanish masalalari
ХУЛОСА ВА ТАВСИЯЛАР Xaritalardan foydalanish tarixini o‘rganib shunday xulosa qilish mumkin: kartografik usulning rivojlanishi turli sohadagi bajarilgan izlanish turli sohadagi bajarilgan izlanishlarning birgalikda olib borilishi tufayli xaritani kompleks geografiyaviy jihatidan foydalanish va tahlil qilish usullari turli fanlarning o‘zaro to‘qnashishiga sabab bo‘lgan.
Hozirgi kunda kartografik izlanishlar dunyo, okeanlar, ulakaning geomorfologik tuzilishini, erozion jarayonlarni, turli havzalar va daryo sistemalarini, daryo o‘zanlarining morfologiyasini va dinamikasini, shaharlarning joylanish qonunlarini aniqlashga yo‘naltirilgan». Matematik usullar keng qo‘llanilmoqda. Biogeograflar, tibbiy geografiyachilarning ma’lumotlar nazariyasidan foydalangan holda hodisalar o‘zaro munosibligini aniqlamoqda. Iqtisodiy geografiyada turli ob’oktlarni joylanishini maydon nazariyasi yordamida aholi xizmat ko‘rsatish sistemalari, yullarning territoriyada «joylanshini "graf" nazariyasi orqali baholash usullari yaratilgan. Iqtisodiy markazlar qo‘shniligini va ularning bir-biriga bog‘liqligini kartografik usul yordamida o`rganish qulayligi isbotlangan. Tarixiy- geografik, tarixiy-sotsial tadqiqotlarda ham xaritalardan juda keng foydalanilmoqda.
Kartografik usulning ilmiy usul sifatida paydo bo`lishi va rivojlanishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
a/ yirik masshtabli topografik va mavzuiy xaritalarning fondlari yaratilishi, aerokosmik usulning rivojlanishi;
b/ xarita tahlil qilish usullarining paydo bo‘lishi va takomillashtrilishi, avtomatik vositalardan keng foydalanish va mavzuiy xaritaning tahlil qilish imkoniyatlarini kengayib borishi;
e/ kartografik usul nazariyasining yaratilishi
Xaritalardan foydalanish yo‘llari
Turli fanlarda xaritadan foydalanishni o‘rganish natijasida tadqiqotlarning bir necha darajalarini ajratish mumkin. Masalan, xaritani izohlash sonli va usullarni ishlatish, matematik modellashtirish hamda oldindan aytib berish.
Xaritaning obzorligi uning muhim xususiyatidan biri bo‘lib, geografik bilimlarni sistemali ravishda tasvirlash imkoniyatini yaratib, fazoviy qonunlarini aniqlashda yordam beradni. A.Gumboldt, V.V.Dokuchayev, A.A.Tillo va D.N.Anuchin ishlarida ushbu xususiyat alohida e’tiborga olishgai. Ular aniqlagan qonunklar sifatli harakterga ega bo`lgan, territoriya sifat jihatidan o‘rganilgan. Xaritani tahlil qilishda asosan ko‘z bilan chamalab tahlil qilishdan, xaritani izohlashdan va grafik usullardan taqqoslab geografik usuldan foydalanilgan edi.
Kartografik tasvirni sifat va son jihatidan tahlil qilish yullari, matematik modellashgirish, sistemali-strukturali usullari bir - biriga bog‘lanib ishlatiladi. Ulardan foydalanish esa qo`yilgan vazifalarning murakkabligiga, hududning katta-kichikligiga, tadqiqotning aniqligiga bog‘liq.
Sonli usullardan foydalanib natijada xaritaning metrik xususiyatlari muhimligi yo`nalishidir. Shunday qilib matematik apparatdan keng foydalanish yo`llari o‘rganildi. Bundan tashqari shu darajadagi matematik statistika, matematik tahlil apparati kabi asosiy qo‘llaniladigan usullari bor. Sonli matematik modellashtirish usullariga o`tish sari xaritani model sifatida ishlatish yo`llari aniqlandi: xaritanning mavhumligi va rasmiylashtirish xususiyatlari, kuzga tashlandi va ularining matematik modellar qatorida ishlatish sari o‘rganildi. Natijada kartografik usul prinsiplari asosida zamonaviy matematik apparatdan foydalangan holda avtomatik vositalar qo‘llanilmoqda.
Turli mavzuiy xaritalar va atlaslardan foydalanish orqali geografik sistemalarni har tomonlama o‘rganish yuli topildi. Xaritalar orqali geografik sistemalarning elementlarini, ularning strukturasini hamda ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash lozim. Sistemalarning harakat qilishini kuzatish mumkin.
Xarita orqali kartografiik ekstrapolyatsiyani bajarib, fazo va vaqt mobaynida o‘zgarishlar, o‘rganilmagan obyektlar, territoriyalar uchun hamda noaniq jarayonlar uchun oldindan aytib berish imkoni papdo buldi.
Kartografik usul boshqa fanlar uoyapari - geografiya, kartograprinsiplari va g‘oyalari ta’sirida rivojlanib kelmokda. Geografiya nuqtai nazaridan qaraganda xaritadan foydalanish quyidagi hususiyatlarga ega:
a/ dialektik materializm nazariyasi asosida xarita xaqiqatni obrazli-belgili nushasi deb tushuniladi va haqiqatni o‘rganish vositasi sifatida qabul qilinadi;
b/ xarita orqali o`rganiladigan xodisalar, va obyektlar sistemalar sifatida chuqur o`rganiladi;
v/ kartografii usuldan hamda boshna .usullardan, turli ma’lumotlardan keng foydalaniladi;
g/ asosiy e’tibor xaritaning tahlil qilish natijalarini mazmunli, izohlashiga ularning ishonchligiga va amal qilish ahamiyatiga qaramoqda.