Картографик усулнинг геогрофиядаги аҳамияти ва ўрни



Yüklə 9,42 Mb.
səhifə12/17
tarix15.08.2023
ölçüsü9,42 Mb.
#139393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
3 geografik tadqiqotlarda kartografik metodlardan foydalanish masalalari

ishlatiladigan to'rlar.

topograflk kartadan relyefning qiyrnalanishi, yonbag'rning ekspozisiyasi va boshqa kartalari keltirib chiqariladi.


Boshqa holatda «A» kartani ketma-ket «B» kartaga, undan «C» kartaga o'zgartirish mumkin. Masalan, relyef kartasidan relyefning vertikal qiyalanishi, so'ngra yonbag'rning yuvilish tezligi, keyin eroziya xavfi, tuproqni muhofaza qilish chora-tadbirlari kartalarini tuzish mumkin.
Juda murakkab tuzilishga ega voqea-hodisalarni o'rganishda daraxtsimon o'zgarishdan uning parallel va ketma-ketli variantlarini birgalikda qo'llab foydalanish kerak.
Geotizimlar va alohida tabiat komponentlari orasidagi o'zaro bog'liqlik yoki qaramlikni, ichki va tashqi aloqalarni tahlil qilish, ularni miqdor jihatdan baholash Yer to'g'risidagi fanlarning asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifani yechishda kartograflk usulning ahamiyati beqiyos hisoblanadi.
Mavzuli kartalar orqali vaqt va makonda o'zgaruvchan aloqalarni baholash, asosiy va ikkinchi darajali elementlarni ajratib ko'rsatish, ma'lum bir hodisaning joylashishini boshqa biri orqali bashorat qilish kabi masalalarni yechish kartograflik metod orqali bajarish ancha qulay.
O'zaro bog'liqlikni o'rganishda bir xil texnikaviy usullardan foydalanish mumkin, ularning eng oddiysi - ko'z bilan ko'rib tahlil qilish, so'ngra o'zaro bog'liq haqida bayon yozish. Grafikli usullarda tahlil qilinayotgan hodisani konturlari ustma-ust qo'yilib tahlil qilinadi.





13.8-rasm. Bir-biriga bog'liq bo'lmagan hodisalaming kartograflk tasvirini o'xshashligi:
a — qishloq ahoilisi zichligi; b - kartoshkani gullash vaqti.


13.12-rasm. Landshaftlar o'zgarishi kartasini turli vaqtga tegishli kartatar asosida ishlab chiqish.
Ko'pchilik Yevropa davlatlari o'rta asrlarda yaratilgan joy tafsilotlari ko'rsatilgan eski, lekin aniq topografik plan va kartalarga egadirlar.
13.12-rasm. Landshaftlar o'zgarishi kartasini turli vaqtga tegishli kartatar asosida ishfab chiqish.
Ko'pchilik Yevropa davlatlari o'rta asrlarda yaratilgan joy tafsilotlari ko'rsatilgan eski, lekin aniq topografik plan va kartalarga egadirlar.
Turli vaqtda chop etilgan karta va planlar yordamida quyidagi o'zgarishlarni aniqlash mumkin:
1. Tabiatda bo'layotgan notekis o'zgarishlarni, masalan, tektonik harakatlarni, daryo o'zanlaridagi va qirg'oq chiziqlaridagi o'zgarishlarni va h.k. (13.11-rasm).
2. Tabiatda bo'layotgan tez-tez o'zgarishlarni, masalan, ob-havo, ekologik sharoitdagi o'zgarishlar va h.k.
3. Tabiatdagi muntazam va siklik o'zgarishlarni (mavsumiy va fenologik jarayonlarni).
4. Epizodik va favqulodda o'zgarishlarni (zilzilalar, sel, toshqin, qor ko'chkilari, har xil surilmalar, o'rmon yog'inlari va h.k.).
Turli vaqtlarda bir xil ma'noni ifodalagan konturlarni bir-biri bilan solishtirilish orqali dinamik holat aniqlanadi, masalan, Orol dengizining o'zgarishini bundan 30-40 yil oldin tuzilgan karta orqali aniqlangan (13.11-rasm). Bu karta bilan kartometrik usullarni qo'llab dengiz suvining o'rtacha yillik kamayishi va boshqa ko'rsatkichlarini hisoblash mumkin.
Voqea va hodisalarning dinamikasini aniqlashning yana bir usuli - bu hodisaning turli davrlardagi holati orasidagi farqlari tasvirlangan kartalarni tuzish (masalan. 10-may 1970-yil, 10-iyun 1975-yil, 10-iyul 1980 va h.k.) va ularni bir-biri bilan taqqoslash. Masalan, aholining rayonlar bo'yicha o'sishi; qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligining o'zgarishi va h.k. Har xil manbalardan olingan ma'lumotlar tahlili natijalarini yaqqol ko'rsatishning yana bir usuli ~ bu jarayonlar o'zgarishi areallari kartasini tuzishdir. Bu eski va yangi tuzilgan ikkita karta konturlarini umumiy geograflk asosda bir-biri bilan grafikli taqqoslash yoki grafikli overley yo'lini qo'llash orqali amalga oshiriladi. 13.12-rasmda uchta turli vaqtlarda bitta geografik hudud uchun tuzilgan kartalar berilgan; birinchi kartada tabiiy landshaftlar ko'rsatilgan, ikkinchisida shu geograflk hududda tabiiy landshaftlarning 25 yil o'tgandan so'ng paydo bo'lganlari keltirilgan, uchinchi kartada esa ushbu tabiiy landshaftlarga bo'lgan antropogen ta'sir va uning oqibatlari berilgan. Karta legendasi matrisa (jadval) shaklda tuzilgan bo'lib, unda har bir landshaft turi, landshaft turining hozirgi holati va undagi o'zgarishlar hamda o'zgarmay qolganlari o'z ifodasini topgan. Bunday kartalar landshaftlarda bo'layotgan o'zgarishlarning miqdor va sifat ko'rsatkichlarini baholashda, inson tomonidan ta'sir darajalarini o'rganishda, ularning salbiy va ijobiy oqibatlarini hisoblashda qulaydir.



Yüklə 9,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin