13.3-msm. Yuzani qismlarga bo'lishning grafikli usuli.
Hodisalar tarkibini o'rganishda ulardagi asosiy va ikkilamchi ahamiyatga ega komponentlar aniqlanadi. Bunday komponentlarni ajratishda (asosiy fondan anomaliyani farqlash uchun) kartografik tasvir taskkil etuvchilarga ajratiladi, bu ishni bajarishda o'rtacha qiymatni hisoblash, «approksimasiya» va «filtrlash» metodlari ancha yordam beradi.
Kartada tasvirlangan hodisani Z deb olsak, uni tashkil etuvchi asosiy ahamiyatli fon omili Zf bo'lsa, undan regional, hattoki, global miqyosda bog'liq bo'lgan asosiy fonni to'liruvchi anomal yoki qoldiq omil Zo bo'ladi, unda
Z = Zf+Zo bunda Zf»Z0
Bunga ayrim ifloslangan hududlarda yuqori darajada radiasion ifloslangan areallarning mavjudligi, regional tektonik harakatlar fonida mahalliy ko'tarilish va tushishlar, zonal iqlim qominiyatlarida mahalliy iqlimning o'ziga xos xususiyatlarini keltirish mumkin.
Qismlarga bo'lish usulining eng oddiy ko'rinishi - bu o'rtacha qiymatli grafiklarni tuzishdir. Buning uchun manba kartaga doimiy
d
13.4-msm. Issiq davrda yog'in-sochin miqdori kartasi; (a), approksimasiyadan keyingi fonli (b) va qoldiq (d) yuzalar
nuqtalar to'ri joylashtiriladi, 13.3-rasmdagi har bir olti burchakli shaklda o'zgaruvchan o'rtacha Zf hisoblangani. 13. 3-d rasmdagi teng chiziqlar (izoliniyalar) kartasida Zf qiymatlari bilan qurilgan shaklda hodisaning eng yirik tuzilishini o'rtacha fonli yuza orqali tasvirlash natijasi berilgan.
So'ngra har bir nuqtadan haqiqiy va o'rtacha qiymatfar farqi aniqlab, teng chiziqlar (izoliniya) o'tkazilsa, qoldiqli yuza hosil bo'ladi, anomaliya esa asosiydan chetga chiqishlarni va ikkinchi darajali bo'laklar joylashishini ko'rsatadi.
Хuddi shu kabi natijaga tashkil etuvchilarni bo'laklarga ajratib approksimasiyalovchi yuzani hisoblashda va uning haqiqiy yuzadan chetlashgan holatni aniqlashda harn erishish murnkin.
odisalaming tuzilishini chuqurroq o'rganish uchun kartografik tasvirni qayta qurish ya'ni, yangi keltirib chiqarish kartasini yaratish maqsadida uni o'zgartirish (transshaklsiya qilish) kerak. Bu o'z navbatida tadqiqot uchun yangi ma'lumotni olish imkonini beradi. Kartografik tasvirni o'zgartirishning bir necha turlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |