Картографик усулнинг геогрофиядаги аҳамияти ва ўрни


O‘zbekistonda kartografiya shakllanishi holatining muammolari va istiqbollari



Yüklə 9,42 Mb.
səhifə3/17
tarix15.08.2023
ölçüsü9,42 Mb.
#139393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
3 geografik tadqiqotlarda kartografik metodlardan foydalanish masalalari

1.1.O‘zbekistonda kartografiya shakllanishi holatining muammolari va istiqbollari.
1960 yillardan boshlab sohalar bo‘yicha mavzuli kartalar tuzishga kirishildi. 1961 yilda respublikamiz qishloq xo‘jalik vazirligiga qarashli “Uzgiprozem” (O‘zbekiston davlat yer loyihalash instituti)ning kartografiya fabrikasida 1:1000000 masshtabli “O‘zbekiston qishloq xo‘jalik” kartasi chop etilib mavzuli kartalar nashr qilish boshlab yuborildi.
1963-65 yillarda yana o‘sha “Uzgiprozem” instituti xodimlari tomonidan respublikamizning 21 ta devoriy kartalari (geologik, geomorfologik, landshaft, tuproq, geobatanik, gidrografiya, aholi, qishloq xzjaligi, paxtachilik, chorvachilik, sel va qor ko‘chkilari, yaylov, transport kartalari va boshqalar) chop etildi va O‘zbekiston bu sohada boshqa mamlakatlardan ilgarilab ketdi.
1963 yili respublikamizning birinchi ilmiy ma’lumotnomali atlasi chop etildi (prof.L.N.Babushkin tahriri ostida). Mazkur atlasda respublikamizning tabiiy sharoiti va resurslari to‘liq o‘z aksini topgan, natijada butun O‘zbekiston va ayrim hududlarning tabiiy sharoiti va resurslari o‘rganish va unda tasvirlangan tabiiy hodisalarning dinamikasi, rivojlanish jarayoni to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyati to‘g‘ildi. Yuqorida takidlab o‘tganimizdek, atlasda respublikamizning tabiiy sharoiti va resurslari aks ettirilgani, ijtimoiy-iqtisodiy kartalar berilmaganligi uchun uni respublikamizning tabiiy geografik atlasi desa ham bo‘ladi.
Atlas kartalar orasida original ilmi va amaliy ahamiyatga ega kartalar juda ko‘p. Shunday kartalardan “Lyoss va lyossli jinslar cho‘kishi”, “Artezian havzalar, mineral va termal suvlar”, “Agroiqlim kartasi”, “Gidrografiya” va boshqalarni aytib o‘tish zarur
1980-1981 yillari Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) geodeziya va kartografiya kafedrasi xodimlari geograflar bilan hamkorlikda O‘rta Osiyo respublikalari ichida birinchi bo‘lib o‘zbek va rus tillarida respublikamizning o‘quv geografik atlasini yaratdilar (Bosh muharrir T.Mirzaliyev). Mazkur atlas (asosiy karta masshtablari 1:3500000 1:5000000) umumta’lim maktab o‘quvchilarining o‘z respublikasining siyosiy-ma’muriy bo‘linishini, tabiatini, aholisini, xo‘jaligini, madaniyatini o‘rganishlari uchun mo‘ljallangandir.
1983-1985 yillarda Respublikamiz hukumatining maxsus qarori bilan O‘Zbekiston Fanlar akademiyasining Geografiya bo‘limi xodimlari va respublikamiz olimlari ishtrokida 2 jilddan iborat yirik geografik ilmiy-ma’lumotnomali kompleks atlas (bosh muharrir Z.M.Akramov va ma’sul muharrirlar T.Mirzaliyev va A.Rafiqov) tuzilib chop etildi. Bu fundamental asar 300 dan ortiq kartani o‘z ichiga olgan. Atlasni tuzishda 30 dan ortiq tashkilotlar va 150 ko‘proq mualliflar ishtroq etgan. Atlasda respublikamizni tabiiy sharoiti va resurslariga, aholisiga, xo‘jaligiga, fan va madaniyatiga kartografik usulda yetarli darajada ma’lumot berilgan.
1984 yilda Toshkent shahrining 2500 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “Toshkent shahrining geografik atlasi” yaratildi. Atlasda shahar vashahar atrofining tabiiy sharoiti, aholisiga, sanoati, qishloq xo‘jaligi, transporti, madaniyati va tarixi to‘liq o‘z aksini topgan.
1984 yili “Uzgiprozem” kartografiya fabrikasi tomonidan chop etilgan “O‘zbekiston agrosanoat kompleksining albomi” (atlas desa ham arzugulik) respublikamizning qishloq xo‘jaligi va agrosanoati to‘g‘risida har taraflama ma’lumot bera oladigan asardir. Shu bilan birga respublikamizda aerokosmik manbalardan foydalanib kartalar tuzishga kirishilib “Priroda” (Moskvadagi Butunittifoq institutining Toshkentdagi filiali) instituti tomonidan O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi boshqa respublikalar uchun har xil masshtabdagi tabiiy geografik sohalar bo‘yicha o‘rta masshtabli mavzuli kartalar tuzilib chop etildi.
Respublikamizda kartografiya fanining ilmiy va o‘quv-uslubiy sohalariga bag‘ishlangan ilmiy asarlari yaratildi. Masalan, “O‘zbekistonda kompleks va tematik kartografiya”(1987), “O‘zbekistonda atlas kartografiyasi” (1990), “Kosmos xalq xizmatida” (1987) va boshqa monografiyalar hamda o‘quv qo‘llanmalari “Topografiya asoslari” (1964), “Geodeziya” (1975), “Topografiya asoslari va kartografiya” (1985), “Geografik kartalardan foydalanish” (1990) va boshqalar shular jumlasidandir.



Yüklə 9,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin