264
Eslatma:
Amaliyotchi talaba ko‘rsatilgan talablarga
belgilangan tartibda
ishlarni amalga oshirmasa, psixologiya kafedrasidan
berkitilgan psixolog-
uslubshunosga hisobotni o‘z vaqtida topshirmasa baholanmaydi va pedagogik
amaliyotni o‘tmaganligi qayd etiladi.
Umumiy nazorat kafedra mudiri tomonidan olib boriladi. Amaliyot davomida
olib borilgan psixologik ishlar kafedra komissiyasi tomonidan tekshiriladi.
265
4-metodika
NIZOLASHUVCHANLIK DARAJASINI ANIQLASH
SO‗ROVNOMASI
Mazkur so‗rovnoma shaxsga nizolashuvchanlik
xususiyati qanchalik xos
эkanini aniqlashga xizmat qiladi.
Har bir ―a‖ variant – 4 ball
Har bir ―b‖ variant – 2 ball
Har bir ―с‖ variant – 0 ball
1.Jamoat transportida boshlanib ketgan tortishuvga sizning munosabatingiz
qanday bo‗ladi?
a) ishtirok etaman;
b) qaysi tomonni haq deb bilsam, uning oldini olib, biror narsa deyman;
c) faol aralashib, butun zarbani o‗zimga olaman.
2. Majlislarda rahbariyatni tanqid qilib chiqasizmi?
a) yo‗q;
b) yetarli asosga ega bo‗lsam, tanqid qilaman;
c) har qanday sabab bilan nafaqat rahbariyatni,
balki uning oldini
olganlarni ham tanqid qilaman.
3. Do‗stlaringiz bilan tez – tez tortishib turasizmi?
a) hafa bo‗lmaydiganlari bilan tortishaman;
b) faqat ayrim jiddiy masalalarda tortishaman;
c) tortishuv menga suv va havodek zarur.
4.
Yaqinda
kelib,
navbat
boshiga
suqilib
kirayotgan
kishiga
munosabatingiz qanday bo‗ladi?
a) ichimdan norozi bo‗laman-u, indamayman;
b) e‘tiroz bildiraman;
c) o‗zim navbat boshiga turib, odamlarni tartibga chaqiraman.
5. Uyda dasturxonga
tuzi past taom tortilganda, reaksiyangiz qanday
bo‗ladi?
266
a) arzimagan narsani deb dod –voy solmayman;
b) indamay tuzdonni olaman;
c)
piching qilaman, ovqatlanishdan namoyishkorona bosh tortaman.
6. Ko‗chada yoki transportda oyog‗ingizni bosib olishsa, reaksiyangiz
qanday bo‗ladi?
a) aybdor odamga kinoyali qarab qo‗yaman;
b) ikki og‗iz e‘tiroz bildiraman;
c) bisotimdagi hamma ―chiroyli‖ so‗zlarni to‗kib sochaman.
7. Yaqinlaringizdan biri sizga yoqmaydigan
narsa harid qilganda
reaksiyangiz qanday bo‗ladi?
a) indamay qo‗ya qolaman;
b) qisqacha fikr bildirib qo‗yaman;
c) tanqid qilib tashlayman.
8. Lotoreyada omadingiz chopmasa, bunga qanday munosabatda bo‗lasiz?
a) o‗zimni xech narsa bo‗lmaganday ko‗rsataman, ammo ichimda boshqa
o‗ynamaslikka o‗zimga va‘da beraman;
b) hafaligimni berkitmayman va bir kunmas olamimni olmasam bo‗lmaydi
deb o‗ylab qo‗yaman;
c) anchagacha kayfiyatim buzuq bo‗lib yuraman.
Dostları ilə paylaş: