24
muxandislik psixologiyasi
— avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari
operatorining faoliyatini,
odam — texnika
o‗rtasida funksiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‗rganadi;
yuridik psixologiya
— huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‗liq
masalalarning psixologik asoslarini o‗rganadi;
harbiy psixologiya
— kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon
bo‗ladigan
xulq-atvorini,
zobitlar
bilan
oddiy
askarlar
o‗rtasidagi
munosabatlarning psixologik jihatlarini o‗rganadi;
savdo psixologiyasi
— jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari,
ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat
ko‗rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar
psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarini
o‗rganadi;
Dostları ilə paylaş: