Kasbiy faoliyat psixologiyasi


Shaxs dunyoqarashi va e‘tiqodini o`zgartiruvchi omillar. Milliy va



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

Shaxs dunyoqarashi va e‘tiqodini o`zgartiruvchi omillar. Milliy va 
ma‘naviy qadriyatlarning roli. 
Dunyoqarash — shaxsning shaxsligini (individ 
emas), uning ma‘naviyatini, ijtimoiylashuvi darajasini ko`rsatuvchi kuchli 
motivlardandir. Shuning uchun ham uning shakllanishi va o`zgarishi masalasi 
muhim masalalardan bo`lib, hamma vaqt va davrlarda ham o`ta dolzarb bo`lib 
kelgan. O`zbekiston o`z mustaqilligiga erishgach, jamiyatda tub islohotlar 
boshlandi. Ana shu islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri — ma‘naviy-
ma‘rifiy islohotlar bo`lib, uning asosiy maqsadi jamiyat a‘zolari dunyoqarashini 
istiqlol ruhida shakllantirishni maqsad qilib qo`ydi. Davlatimizning yoshlar 
borasidagi siyosatining asosini ham ularda yangicha hurfikrlilik bilan yangicha 
dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu o`rinda psixologiya o`zgarishlar sharoitida 
e‘tiqod, dunyoqarash va ideallar o`zgarishiga sabab bo`luvchi omillar xususida 
quyidagilarni ajratadi: 
1.
Ma‘naviyat va ma‘rifat.
Avvalo, ma‘rifat xususida. Bu — odamning 
tabiat, jamiyat va insonlar to`g`risidagi turli bilimlari, tushunchalari, ma‘lumotlari 
majmui bo`lib, uning mazmuni bevosita shaxs dunyoqarashining mazmun — 
mohiyatini belgilaydi. Demak, yoshlarga qaratilgan va ular o`qib, o`rganishi uchun 
yo`naltirilgan barcha turdagi ma‘lumotlar (kitoblar, ommaviy-axborot vositalari 
orqali, muloqot jarayonida), ular asosida shakllanadigan yangicha tasavvurlar 
yangicha dunyoqarash uchun zamindir. Mustaqillik yillarida eski, o`zini tarix 
oldida oqlamagan mafkuradan voz kechildi, yangi mustaqillik g`oyasi, uning 
asosiy tamoyillari, yoshlarni ma‘rifatli qilish borasidagi vazifalar Davlatimiz 
rahbari SH.M. Mirziyoyev asarlarida muntazam, aniq bayon etilgan. SHuning bilan 
bir qatorda mamlakatimizda yangi «Ta‘lim to`g`risidagi Qonun» va «Kadrlar 


153 
tayyorlashning milliy dasturi» qabul qilindi. Ular yoshlarning eng ilg`or ilm-fan 
yutuqlaridan boxabar qilish, buyuk allomalar merosini chuqur va teran o`rganish, 
zamonaviy texnologiyalar asosida ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, yoshlarni 
ma‘rifatli qilishning barcha shart-sharoitlarini yaratishni nazarda tutadi. Bu say‘i - 
harakatlar ma‘naviyat borasidagi islohotlar, o`zbek madaniyati, san‘ati, adabiyotini 
rivojlantirish ishlari, tariximizni tiklash borasida amalga oshirilayotgan 
olamshumul ishlar tabiiy, yoshlarimizda yangicha dunyoqarashning shakllanishiga 
asos bo`ladi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin