Ijtimoiy ta‘sirlarning shaxs tomonidan anglanishi
. Ijtimoiy normalar,
sanktsiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini malum
manoda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning
komilagi, uning ahloq — ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning
o`ziga ham bog`liqdir. Odamning o`z-o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi
avvalo uning diqqati, ongi bevosita o`ziga, o`z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari,
hissiy kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. Ya‘ni, ijtimoiy xulq-shaxs
tomonidan uni o`rab turgan odamlar, ularning xulq-atvorlariga e‘tibor berishdan
tashqari, o`zining shaxsiy xarakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda
tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.
Ijtimoiylashuv eng avvalo odamlar o`rtasidagi muloqot va hamkorlikda turli
faoliyatni amalga oshirish jarayonini nazarda tutadi. Tashqaridan shaxsga
ko`rsatilayotgan ta‘sir oddiy, mexanik tarzda o`zlashtirilmay, u har bir shaxsning
ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtai nazaridan sub‘ektiv tarzda
idrok etiladi. Shuning uchun ham bir xil ijtimoiy muhit va bir xil ta‘sirlar odamlar
tomonidan turlicha xarakatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, 10 - 15 ta o`quvchidan
iborat akademik litsey o`quvchilarini olaylik. Ularning bilimni, ilmni idrok
qilishlari, ulardan ota-onalarining kutishlari, o`qituvchilarning berayotgan darslari
va unda yetkazilayotgan ma‘lumotlar, manbalar va boshqa qator omillar bir xilday.
Lekin baribir ana shu 15 o`quvchining har biri shu ta‘sirlarni o`zicha, o`ziga xos
tarzda qabul qiladi va bu ularning ishdagi yutuqlari, o`quv ko`rsatgichlari va
iqtidorida aks etadi. Bu o`sha biz yuqorida ta‘kidlagan ijtimoiylashuv va
individualizatsiya jarayonlarining o`zaro bog`liq va o`zaro qarama-qarshi
jarayonlar ekanligidan darak beradi.
Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro`y beradigan shart-sharoitlarini
ijtimoiy
institutlar
deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab, mahalla, rasmiy
151
davlat muassasalari (bog`cha, maktab, maxsus ta‘lim o`choqlari, oliygohlar,
mehnat jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv o`choqlariga
maktab va boshqa ta’lim
maskanlari
kiradi. Aynan shu yerda ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari maxsus
tarzda uyg`unlashtiriladi. Bizning ijtimoiy tasavvurlarimiz shundayki, maktabni biz
ta‘lim oladigan, bola bilimlar tizimini o`zlashtiradigan maskan sifatida qabul
qilamiz. Lekin aslida bu yer ijtimoiylashuv tarbiyaviy vositalarda yuz beradigan
masqandir. Bu yerda biz ataylab tashkil etilgan, oxirgi yillarda joriy etilgan
«Ma‘naviyat darslari», «Etika va psixologiya» kabi tarbiyalovchi fanlarni nazarda
tutmayapmiz. Gap har bir darsning, umuman maktabdagi shart-sharoitlar, umumiy
muhitning tarbiyalovchi roli haqida. Masalan, dars paytida o`qituvchi butun diqqati
bilan yangi darsni tushuntirish bilan ovora deylik. Uning nazarida faqat dars,
mavzuning mazmuni va undan ko`zlangan maqsad asosiyday. Lekin, aslida ana shu
jarayondagi o`qituvchining o`zini qanday tutayotganligi, kiyim-boshi, mavzuga
sub‘ektiv munosabati va qolaversa, butun sinfdagi o`quvchilarga munosabati
hamma narsani belgilovchi, ijtimoiy tajriba uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan
omildir. Shu nuqtai nazardan o`quvchilar didi, kutishlari va talablariga javob
bergan o`qituvchi bolalar tomonidan tan olinadi, aks holda esa o`qituvchining
ta‘siri faqat salbiy rezonans beradi. Huddi shunday har bir sinfda shakllangan
muhit ham katta rol o`ynaydi. Ba‘zi sinflarda o`zaro hamkorlik, o`rtoqchilik
munosabtlari yaxshi yo`lga qo`yilgan, guruhda ijobiy munozaralar va baxslar
uchun qulay sharoit bor. Bu muhit tabiiy o`z a‘zolari ijtimoiy xulqini faqat ijobiy
tomonga yo`naltirib turadi.
Yana bir muhim ijtimoiylashuv muhiti – bu mehnat jamoalaridir. Bu
muhitning ahamiyati va o`ziga xosligi shundaki, bu yerga shaxs odatda ancha aqli
pishib qolgan, ma‘lum tajribaga ega bo`lgan, hayot haqidagi tasavvurlari
shakllangan paytda keladi. Qolaversa, egallangan mutaxassislik, orttirilgan mehnat
malakalari va bilimlar ham juda muhim bo`lib, shu muhitdagi ijtimoiy normalar
xarakteriga ta‘sir qiladi. Lekin baribir shaxsning kimlar bilan, qanday o`zaro
munosabatlar muhiti ta‘sirida ekanligi uning yetuklik davridagi ijtimoiylashuvining
152
muhim mezonlaridandir. Shuning uchun ishga kirishdagi asosiy motivlardan biri –
o`sha jamoaning qanday ekanligi, bu yerdagi o`zaro munosabatlar, rahbarning
kimligi va uning jamoaga munosabati bo`lib, ko`pincha oylik-maosh masalasi ana
shulardan keyin o`rganiladi. Shuning uchun mehnat jamoalarida yaxshi, sog`lom
ma‘naviy muhit, adolat va samimiyatga asoslangan munosabatlar har bir inson
taqdirida katta rol o`ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |