Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

 
Talabalar nutqini o`stirishda pedagog (so`zi) muxim ahamiyatga ega: bir 
tomondan, uning nutqi talabani o`qitish va tafakkurini rivojlantirishning muxim 
omili bo`lib xisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, pedagogning 
nutqi obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo`lmog`i, talaba diqqatini o`ziga 
tortmog‗i lozim. Zotan, nutq pedagogning o`z mutaxassisligi qay darajada loyiq 
ekanligini ifodalaydigan o`lchov, ko`rsatkich xisoblanadi. Shuning uchun nutq 
ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish xar bir pedagogning eng 
asosiy ijtimoiy burchi va mas‘uliyati xisoblanadi. Ta‘lim – tarbiya ichida nutqning 


181 
ta‘sir kuchi nixoyatda kattadir. Pedagogning nutqi talabalarning o`zlarini tuta 
bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga ham ta‘sir etuvchi kuchli vositadir. 
Pedagogning nutqida uning xissi, intilishlari iroda va e‘tiqodi aks etadi. U nutq 
yordami bilan talabalarda xursandchilik, ruxlanish, muxabbat, sadoqat, 
g`azablanish, nafratlanish xislarini tug`diradi. Xalq bilan birga turish, birga 
yashash muosharat deb ataladi. Odamlarning bir-birlari bilan bo`lgan 
munosabatlarining go`zalligi, muloyimligiga «Muosharat odobi» deyiladi. 
Insonning eng ulug`, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar 
orasida, ya‘ni jamiyatda o`z o`rnini topib yashashida. Bu faoliyatning murakkabligi 
shundaki, ko`pchilikka qo`shilish, ular bilan (alohida) ahil bo`lib yashash uchun 
insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo`lishi kerak. Muomala va 
munosabat ko`pchilikning diliga tog`ri kelmaydigan qo`pol va dilozor odamni 
ko`pchilik yoqtirmaydi. Insonlar xushfe‘l, shirinsuxan, mard, muomalasi shirin 
kishilarni dildan yoqtirishadi va xurmat-e‘tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib 
o`rin topish, inoq, ittifoq yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. 
Kamtarin inson xech qachon o`zining yutug`i bilan, boy-davlatliligi bilan, ilm-
xunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo`ladi. Ammo insondagi 
kamtarlik samimiy bo`lmog`i zarur.
So`z inson qalbini eritadi, so`z inson qalbini jaroxatlaydi. «Tig` yarasi ketar, 
so`z yarasi ketmas» degan xalq maqoli bekorga aytilgan emas. Chunki so`zning 
qudrati benixoya katta. Inson o`z so`ziga, tiliga nixoyatda extiyotkor bo`lmogi 
lozim. Ayrim yoshlarimizda so`zga, tilga e‘tibor ancha sust. Eng avvalo, yoshlarga 
muomala madaniyatini, kattalar oldida maxmadonalik qilmaslikni, kattalar gapini 
bo`lmaslikni, yoshi ulug`larga gap qaytarmaslikni o`rgatishimiz zarur.
Muomala madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda 
shuning uchun ham biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak. 
Insonning qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligini muomala orqali namoyon 
bo`ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-
birlariga so`z yordamida yetkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so`zlashuv 


182 
munosabatlarini nihoyatda go`zal va muloyim bo`lishini xayot taqozo etadi. So`zga 
boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo`ladi. 
Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. So`zlashuv ham o`ziga xos 
san‘atdir. Bu san‘atni mukammal o`rganish xar bir insonga zarur. Shu bilan birga, 
ona tilini mukammal o`rganmoq xar bir insonning muqaddas burchidir. Tilni 
bilgach: uni ishlata bilish san‘atini egallamoq inson uchun zarurdir. 
Shirin so`zlik va go`zal nutq xech qachon, xech qayerda sotilmaydi. Bunga 
erishmoqlikning birgina yo`li bor. Bu ham bo`lsa, tinimsiz shirin so`zlashni mashq 
qilmoqlikdir. Bu esa, asosan, ko`p kitob o`qish yo`li bilan amalga oshiriladi. 
Muomala insonning kimligini ko`rsatuvchi yuzidir.
Muomala 
kategoriyasi 
umumiy 
psixologiya 
fanining 
asosiy 
kategoriyalaridan biri xisoblanib, u o`z ichiga shaxslararo munosabatning eng 
muxim mexanizmlarini qamrab olgan. Psixologiya fanida muomala kategoriyasi 
keng aloqani mujassamlashtirib, odamlar o`rtasida o`zaro munosabatni aks ettiradi. 
Muomalaning eng muxim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday 
ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muxim rol o`ynaydi. Muomala 
hamkorlik faoliyatining extiyojidan vujudga kelib ko`p qirralari jarayonidir. 
Muomala quyidagi tarkibiy gismlardan tashkil topgan:

1) kommunikativ (bir tomonlama axborot o`zatish); 
2) muomala o`z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o`zaro 
axborot almashinuvini qamrab olgan bo`lib, kommunikativ jabxa sifatida 
tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir-birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida 
muomalaning muxim vositalaridan biri tilga va nutq faoliyatiga bevosita murojaat 
qiladilar; 
3) interfaol (ikki tomonlama ta‘sir) muloqotga kirishuvchilarni o`zaro ta‘siri, 
ularning nutq faoliyatida nafaqat so`z orqali fikr almashinuvi, balki xatti xarakati 
va xulq-atvori o`zaro ta‘sir o`tkazish tushuniladi; 
4) o`zaro bir-birini idrok qilishi, anglashi. Bunda muloqotga kirishuvchilar 
o`zaro bir-birini idrok qilishi jarayoni namoyon bo`ladi. Ya‘ni, ulardan biri 
ikkinchisining ishonchiga loyiq aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega 


183 
inson sifatida idrok qilinadi. 
Pedagogik muomala-bu pedagogning talabaga ta‘sir o`tkazish ularning bir-
birlari bilan hamkorliklarining faoliyatidir. 
Hamkorlik o`zaro axborot almashinuvi-turlicha kommunikativ vositalar 
yordamida pedagog tomonidan talabalar bilan o`zaro munosabatni tashkil qiladi. 
Pedagogik faoliyatda muomala muayyan dastur asosida maqsadni amalga oshirish, 
rejalashtirish va o`tkazish funksiyasini bajaradi. Ya‘ni muomala: 
- o`quv faoliyatini yakka xol bajarishning vositasi; 
- tarbiya jarayonini ta‘minlashning ijtimoiy-psixologik tizimi; 
- ta‘lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini ta‘minlovchi pedagog bilan talabalar 
o`zaro munosabatining muayyan tizimini tashkil qilishning usuli; 
- talaba individualligini takomillashtirish, iste‘dodini qaror toptirish 
imkonini beruvchi jarayon sifatida xizmat qiladi. 
Muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o`qitish 
va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham pedagogga, uning axloqiy 
sifatlariga talabalar bilan muomalasiga nisbatan aloxida yuksak talablar qo`yiladi. 
Muallim xayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida 
shakllanayotgan insonlar-yosh talabalar bilan muloqotda bo`ladi. Talabalar ta‘lim-
tarbiya jarayonida umuminsoiiy va milliy axloq normalarini o`zlashtiradi. Talaba 
muomala odobini asosan pedagog timsolida anglab oladi. Pedagoglar jamoasida 
pedagoglar 
o`rtasidagi 
muomala-munosabatlar 
insonparvarlik, 
ixtiyoriylik 
tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda, ikki hil bo`lib, biri-rasmny, ikkinchisi-
norasmiy muomala deyiladi. Rasmiy muomala-munosabatlar O`zbekiston 
Respublikasining qonunlari, direktiv xujjatlariga asoslanadi. Norasmiy muomala 
pedagogik etikaning qonuniyatlariga asoslanadi va jamoaning xar bir a‘zosi 
tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muomala odobi psixologik qonuniyatlar, 
odob normalari, qoidalarida talablari pedagoglar jamoasining fikri asosida 
bajariladi. Yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish bir kishining ishi emas. Uni pedagoglar 
jamoasi bajaradi. Ta‘lim-tarbiyada ko`zda tutilgan maqsadga erishish uchun o`quv 
yurti butun jamoasi, hamma pedagoglar birlashib xarakat qilishlari lozim. Xar bir 


184 
muallimning xatti-xarakati, xulqi, muomalasi pedagoglar jamoasining maqsadi 
talablariga mos bo`lmog`i kerak. Jamoaning ayrim pedagogga ta‘siri pedagoglar 
jamoasida shakllangan muomala odobi munosabatlariga bog`liq. Xar bir talabaning 
tarbiyasi uchun ma‘suliyatning birligi pedagoglar jamoasining talabaga nisbatan 
talablaridan biridir. Darsda talabalarning intizomi pedagogik jamoadagi muomala 
odobi axloqiy munosabatlar darajasini ko`rsatadi. Kollejda o`quv intizomini 
saqlash butun pedagoglar jamoasining ishi. Pedagoglar jamoasida o`zaro yordam 
va ishonchning mavjudligi muomala odobiga amal qilishning muxim shartidir. 
Muomala odobiga rioya qilish pedagoglar jamoasining maqsadiga pedagoglarning 
axloqiy saviyasiga bog`liq. Pedagoglar jamoasida o`zaro muomala munosabatlar 
o`quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga mas‘uliyat va intizomni saqlashga 
asoslanadi. Pedagogik jamoada sog`lom aqliy-ruxiy muxit mavjud bo`lsa, axloqiy 
norma va yo`l-yo`riqlar bajarilibgina qolmasdan, balki ular xar bir muallimning 
e‘tiqodiga, odatiga aylanadi. Pedagoglar jamoasining shaxs va jamoa uchun foydali 
ishlariga asoslangan ta‘siri natijasida muallimning ma‘naviy qiyofasida chuqur 
sifat o`zgarishlar sodir bo`ladi. Ijtimoiy burchni tog`ri anglash, xulqini tog`ri 
baxolay olish odati shakllanadi. Jamoada o`zaro muomala yaxshilanadi. Muomala 
jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta‘minlash uchun ijtimoiy 
nazorat va ijtimoiy qonun-qoidalar muxim ahamiyatga ega. Bu nazoratda uchta 
muxim ta‘sir etish vositasi ishtirok etadi: ma`qullamaslik, qoralash, jazolash. 
Muomala jarayonida talaba yoki talaba xulqi ijtimoiy qonun-qoidalar 
maromiga zid kelsa, u xollda uning xatti-xarakati qoralanadi, e‘tiroz, tanbex, 
eslatish kabi vositalar bilan ta‘sir o`tkaziladi. Muomala vaqtida odob, odoblilik 
muxim ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifalari: axborot almashuv, o`zaro ta‘sir, 
o`zaro idrok qilish, turli amalga oshishini idora qilib turadi. Xar bir fikr 
bildirilganda, muloqotdosh qabul qilayotganini faxmlab turish, tashqi ko`rinishlari 
o`zgarishiga e‘tibor berish, uzr so`rash tavoze bilan murojaat qilish evaziga 
muomala odobi ushlab turiladi. Muomala jarayonida ba‘zi bir xatti-xarakat 
o`ylamay bildirilgan fikr, ortiqcha imo-ishora odobsizlikka olib keladi. Odobsizlik 
esa, nizoli vaziyat, qarama-qarshilik, ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqaradi. Buning 


185 
natijasida muomala fikr almashuv o`zini vazifasini nizoli vaziyatga bo`shatib 
beradi. Pedagogik muomalada psixologik aloqa o`rnatish aloxida ahamiyatga ega, 
chunki talaba bilan o`zaro munosabat, xurmat ishonch negizida quriladi. 
Bunda pedagog talabaning xuquqiy majburiyatini, uning kollejda, jamoat 
joylarida, oilada bajaradigan vazifasi nimadan iborat ekanligini e‘tibordan chetga 
chiqarmasligi lozim. 
Pedagogning talabalarga ta‘sir o`tkazish samarasi uning prinsipialligi va 
talabchanligida o`z aksini topadi. Bundan tashqari u o`ziga ham o`ta talabchan 
bo`lmog`i, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda obro`-e‘tibor qozonmog`i lozim. 
Muomala jarayonida va hamkorlik faoliyatida pedagogning talabalarga ta‘sir 
o`tkazish natijasida ularda:
- o`z-o`zini va o`zgalarni xurmat qilish; 
- o`z-o`zini va boshqalarning faoliyati, xulqini baxolash; 
- o`z-o`zini boshqarish; 
- o`z-o`zini nazorat va o`zgalarni nazorat qilish; 
- o`z -o`zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash shakllanadi. 
Do`stona muomalada talaba bilan pedagog o`rtasidagi bilimlarni puxta 
o`zlashtirishni ta‘minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga 
xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonda sodir bo`ladigan muomala odobi, muallimning axloqiy 
madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi 
sifatida o`ziga, o`z kasbiga talabalarga bo`lgan munosabati uning muloqotida 
yaqqol namoyon bo`lishi mumkin. Pedagogik jarayondagi aloqalar tizimida 
pedagog bilan talaba o`rtasidagi muomala munosabatlar katta o`rin egadlaydi. 
Pedagoglar jamoasida ijodkorlik muxiti muomala odobining shakllanishida jamoat 
tashkilotlarining roli kattadir. Ular muallimning obro`sini oshirish jamoat ishlariga 
faol qatnashtirish yo`li bilan pedagogning axloqiy pedagogik madaniyati, 
ma‘suliyatini oshirishiga ko`maklashadi. Muallim xar-bir so`zini o`ylab gapirishi, 
boshqalarning, kasbdoshlarining so`zi, fikri, muloxazalarini tinglay olishi ham 
pedagogik jamoada o`zaro muomala munosabatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. 


186 
Ota-onalar o‗qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‗lishidan qat‘iy 
nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‗qitish mahoratini kutadilar, o‗quvchilar esa, 
o‗qituvchilarni uch hil xislatlari bo‗yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin