Kasbiy faoliyat psixologiyasi


birinchidan , o‗qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni  yaxshi ko‗rish xislatlari;  ikkinchidan



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

birinchidan
, o‗qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni 
yaxshi ko‗rish xislatlari; 
ikkinchidan,
o‗qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan 
bog‗liq tashqi xislatlari va xulq atvoriga qarab; 
uchinchidan,
o‗qituvchining o‗z 
fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta‘lim jarayoni bilan bog‗liq xislatlariga 
qarab xarakterlab beradilar. 
Shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga 
qo‗yiladigan talablar bilan birga, o‗qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan 
qo‗yiladigan ijtimoiy talablar ham o‗sib bormoqda. 
O‗qituvchiga jamiyat tomonidan qo‗yiladigan talablar, turli hilda ijtimoiy 
kutishlar, pedagogning individualligi, shu tariqa talablarga javob berishga 
sub‘ektiv tayyorligi muayyan o‗qituvchining pedagogik faoliyatiga naqadar 
tayyorligidan dalolat beradi. Shunisi muhimki, zamonaviy o‗qituvchi uchun zarur 
bo‗lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko‗rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan? 
Ko‗pchilik psixologlar, shu bilan birga o‗zbekistonlik psixolog olimlar 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‗qituvchilar uchun eng zarur 
xislatlarni 
aniqlab 
olish 
imkoniyatini 
beradi. 
Rossiya 
psixologlaridan 
N.V.Kuzmina, 
V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o‗zbekistonlik psixologlardan 
R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va 
boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar o‗qituvchilik kasbini atroflicha 
o‗rganib, uning kasbiy xislatlarini ancha batafsil ko‗rsatib berish imkoniyatini 
yaratdi. O‗qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‗qituvchiga 
qo`yiladigan maxsus talablarni o‗z ichiga qamrab olishi lozim. Bo‗lajak o‗qituvchi 
u yoki bu hildagi fan tomonidan qanday talablar qo`yilishini bilish va shu asosida 
o‗quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o‗quv yurtlarida 
muayyan mutaxassislik bo‗yicha o‗qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilgan. 
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, 
LMashhurov, T.Hamroqulov, E.Hidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‗zbek 


187 
tili va adabiyoti, o‗zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy 
tarbiya o‗qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi 
qator mutaxassisliklar bo‗yicha o‗qituvchi professiogrammasining taxminiy 
modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdilar. 
Professiogrammada muhim xislatlari borgan sari birmuncha ortib borishini 
hisobga olgan holda o‗qituvchining quyidagi xislatlari ko`rsatib berishi lozim: 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin