191
- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta‘limning ifodali vositalari) va pedagogik
taktga ega bo‗lishi;
- o‗z
bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Har bir o‗qituvchi ana shu talablarga to‗la javob bera oladigan bo‗lishiga
intilishi shart.
O‗qituvchi jamiyat tomonidan qo‗yilgan talablar bilan bir qatorda o‗z
faoliyatida tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma‘muriyati, hamkasblari,
o‗quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan
chiqarmasligi lozim.
O‗qituvchining o‗z ishidan nimanidir kutayotganligining o‗ziyoq muhim
ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan
o‗qituvchiga qo‗yiladigan talablarga kelsada, o‗ziga xos xususiyatlarga ega
bo‗ladi, lekin bu talablar hamma vaqt ham bir biriga mos kelmasligi mumkin.
Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha xalq ta‘limi
bo‗limlari va maktab direktorlari o‗qituvchining ayrim xislatlari naqadar
muhimligini har hil baholaydilar. Jumladan, xalq ta‘limi bo‗limlarining mudirlari
o‗qituvchidan birinchi navbatda o‗z fanini yaxshi bilishini va dars berish
metodikasini mukammal o‗zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari
o‗qituvchiga qo‗yiladigan bunday talablarni uchinchi o‗ringa qo‗yadilar. Shu bilan
birga xalq ta‘limi bo‗limlarining mudirlari o‗qituvchilarning o‗quvchilar va ota-
onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‗lishini bilishini naqadar
ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e‘tibor bermaydilar, maktab direktori esa,
bunday xislatlarni o‗qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar ichida birinchi o‗ringa
qo‗yadilar.
Dostları ilə paylaş: