Ilg‘or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo‘llash tajribasi
AQSHda kasb tanlashga yo‘llashishlari XX asrning boshlarida shakllana boshladi. Bu davrda, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish tez o‘sishi jarayonida bo‘lganligi sababli, umumiy ta’lim va maxsus malakali kadrlarga bo‘lgan talab ham ortgan edi. Bu muammoni hal qilish uchun, 1908-yilda Boston shahrida F.Parsons tomonidan shahar maktablari o‘quvchilari uchun birinchi kasb tanlashga yo‘llash maslahat byurosi tashkil etiladi. Byuroning faoliyati kasbga yo‘naltirishni boshlanishi hisoblangan.
Uning vazifasi to‘g‘ri kasb tanlashda o‘quvchilarga maslahat berishdan iborat edi. O‘quvchilar tavsiyalarni o‘tkazilgan so‘rovno- malar va test natijalari asosida olganlar. Shu bilan birga yoshlar haqida ma’lumotlar, muayyan kasb talablariga mos holda qilingan.
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri
Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo‘yiladigan eng muhim masalalardan biri — malakali kadrlar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy fazilatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir. Bu o‘rinda inson ruhiyati qonunlarini o‘rganuvchi psixologiya fanining o‘rni benihoya katta. Yosh avlodni yangi ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash OO‘Yda ta’lim olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar,ma’ruzamatnlartayyorlashning ham yangicha usullari talab etilmoqda. Yangi pedagogik texnologiya usullarini mukammallashtirish va amaliyotga tatbiq etish davr talabidir.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulqi va o‘zini tutish sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahamiyatga egabo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi
Ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maq- sadlar, mo‘ljallar, istaklar, qizikishlar va h.k.). Tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimullardir. Shaxs xulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiya deb ham ataladi.